185
kondensatori musbat zaryad bilan zaryadlangan. VS3 tiristoriga ochuvchi impulslar
yuborilganda
u ochiladi, va C
13
- VS1 –VS3 - C
13
yopiq kontur hosil bo‗ladi.
Bunda esa C
13
kondensator qayta zaryadlanishi yuz beradi. Qayta zaryadlanish toki
ta‘sirida VS1 tiristori yopiladi, va tok VS3 tiristor orqali motor «B» va «C»
fazalariga hamda VS2 tiristoriga o‗ta boshlaydi. C
13
kondensatori zaryadi ishorasi
teskariga o‗zgaradi. Undan keyin VS4 tiristori ochiladi va tok «C» fazadan «A»
fazaga o‗tadi (teskari yo‗nalishda). Berilgan chastota davri vaqtida tiristorlarning 6
ta ulanishi sodir bo‗ladi. Natijada motor statori chulg‗amlaridan berilgan chastotali
3 fazali o‗zgaruvchan tok o‗ta boshlaydi.
Tokning kattaligi RT tok rostlagichi orqali nazorat qilinadi.
RT chiqish
signaliga asosan tiristorlarni boshqarish burchagi o‗zgartiriladi va UZ1
to‗g‗irlagich chiqishida to‗g‗irlangan kuchlanishning kerakli qiymati o‗rnatiladi.
O‗zgartirgichning chiqish chastotasi invertor ventillari boshqaruv bloki (IBT) bilan
berilgan kattalikda aniqlanadi.
Tok invertorining afzalliklari quyidagilardir: sxemaning nisbatan soddaligi,
uni tiristorlarda ishlatish imkoni borligi, o‗zgartirgichlarni
katta quvvat va yuqori
kuchlanishlarga ishlash imkoni borligi. Tok invertorli yuritmalarda rekuperativ
tormozlanish rejimini qo‗llash imkoni bor. Buning uchun o‗zgarmas tok bo‗g‗inida
tok yo‗nalishini o‗zgartirmasdan boshqaruvchi to‗g‗irlagich
invertor rejimiga
o‗tkaziladi (
α
burchagi π/2 dan katta qiymatga qo‗yiladi).
Tok invertorining kamchiligi stator chulg‗amlaridagi tok shaklining
nosinusoidalligi,
shuningdek, bir nechta motorlarni bitta o‗zgartirgichdan
ta‘minlashning iloji yo‗qligi. f
1
< 5 Gs bo‗lganda tok shaklining nosunusoidal
bo‗lishi rotorning notekis aylanishiga sabab bo‗ladi bu esa 6.11 sxemada tezlikni
rostlash diapazonini cheklab qo‗yadi.
Hozirgi paytda o‗zgartirgichlarning aksariyat qismi avtonom kuchlanish
invertori sxemasi bo‗yicha tayyorlanmoqda. Bu esa to‗liq
boshqariluvchi kuchli
yarim o‗tkazgichli uskunalar- IGBT - tranzistorlar va yopiluvchi tiristorlar ning
paydo bo‗lishi bilan bog‗liqdir. To‗liq boshqaruvchi
uskunalardagi kuchlanish
invertorli elektr yuritmaning andozaviy sxemasi 6.12 - rasmda keltirilgan. Uning
186
alohida jixati VS1 -VS6 teskari diodlarning borligi va filtr – kondensatori (s) ning
borligi.
Do'stlaringiz bilan baham: