5.4 - rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori yakor kuchlanishni
rostlashdagi mexanik xarakteristikalari
Asosiy tezlikdan katta bo‗lgan tezlikni rostlash qo‗zg‗atish tokini (oqimini)
kamaytirish yo‗li bilan amalga oshiriladi. (5.5) ga asosiy magnit oqimi Ф
kamaytirilganda erkin aylanish tezligi
oshadi, bir vaqtning o‗zida motor
mexanik xarakteristikasi bikirligi kamayadi (5.5 a - rasm).
5.5 - rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorining yakor kuchlanishi
nominal bo‘lib, qo‘zg‘atish toki kamaytirilgandagi mexanik (a) va elektrmexanik
(b) xarakteristikalari
130
Qo‗zg‗atish tokini nominal qiymatidan oshirish maqsadga muvofiq emas. Chunki
mashinaning magnit zanjiri to‗yinganida magnit oqimning ko‗payishi
kuzatilmaydi, biroq motorning issiqlik rejimi buziladi.
ω = f (I
ya
)
maydon amal
qilganda motorning elektrmexanik xarakteristikalari 5.5 b - rasmdagi ko‗rinishni
oladi. Bu xarakteristikalar, (5.4) dan kelib chiqib abssissa o‗qida bir nuqtadan
kesishadi, bu nuqta I
q.i.
= U
ya
/ R
ya
qisqa tutashuv nuqtasi bo‗ladi. 5.5a va 5.5 b -
rasmlarda abssissa o‗qidagi masshtablar turlicha ekanligini eslatib o‗tamiz.
5.6 - rasm. O‘zgarmas tok motorini ikki zonali (qo‘shzonali) rostlash
Maydonga amal qilgandagi mexanik xarakteristikalarni tahlil qilganda shuni
e‘tiborga olish kerakki, doimiy statik moment bilan ishlagandagi yakor toki oqim
sustlashishi bilan oshib boradi. Agar motor validagi statik moment nominal
qiymatiga ega bo‗lsa, motor yakorining nominal kuchlanishi U
yan
bilan 1- nuqtada
ishlaydi (5.5 a - rasmga qarang). Agar, masalan qo‗zg‗atish oqimini 2 barobar
susaytirsak, motor erkin aylanish tezligi 2 – marta oshadi. Agar motor momenti
nominal qiymatga teng qilib ushlansa, motor 4 – nuqtada ishlaydi. Biroq (5.3) dan
kelib chiqadigan bo‗lsak bunda yakor toki 2 marta oshadi. Shuning uchun 4 –
nuqtada motorni ishlatish mumkin emas. Bundan xulosa qilish mumkinki, tezlikni
oshirish bilan bir vaqtning o‗zida nominal momentni kamaytirish kerak bo‗ladi.
Maydon sustlashtirilgandagi nominal moment qiymati 1-2-3 chiziqlarda aks etadi.
Xudi shuning singari maydon sustlashtirilganda kollektorga ulanish shartlariga
131
ko‗ra aniqlanadigan maksimal moment ham kamayadi. Maydon susaytirilganda
tezlik maydon susayishi darajasiga Ф
n
/ Ф
sust
taxminan proporsional ravishda
oshishi, uzoq ta‘sir etuvchi ruxsat etilgan moment M
rux.
esa Ф
sust
/Ф
n
nisbatga
proporsional ravishda kamaygani bilan, motorning uzoq ta‘sir etuvchi ruxsat
etilgan quvvati P = M
rux.
· ω deyarli o‗zgarishsiz qoladi. Shuning uchun maydonni
sustlashtirib rostlashda, o‗zgarmas qo‗zg‗atish oqimidagi kuchlanishni rostlashdagi
«doimiy momentli rostlash» iborasi o‗rniga, bu yerda, «doimiy quvvatli rostlash»
iborasi qo‗llaniladi.
Ko‗pgina mexanizmlar elektr yuritmalarida tezlikni ikki zonali (qo‗sh
zonali) rostlash usuli ishlatiladi. Bu usuldagi boshqarishning mexanik
xarakteristikalari 5.6 - rasmda ko‗rsatilgan. Birinchi zanjirda motor tezligi noldan
ω
0n
tezlikkacha diapazonda yakor kuchlanishni o‗zgartirish bilan rostlanadi.
Ikkinchi zonada esa rostlash yakorda nominal doimiy kuchlanish saqlangan holda
qo‗zg‗atish tokini o‗zgartirish bilan amalga oshiriladi. Mos ravishda rostlashning
birinchi zonasida nominal moment o‗zgarmas bo‗lib qoladi, ikkinchi zonada esa
oqim kamayishiga proporsional ravishda pasayadi. Maydon susaytirilgandagi
ruxsat etilgan maksimal tezlik yako‗rining mexanik mustaxkamligi va
kollektorning ulanish shartlari bilan aniqlanadi. Bu tezlik motorlar kataloglariga
kiritiladi.
Maydonni sustlashtirish tezlikni bir zonali rostlashda asosiy tezlikni
o‗rnatish maqsadida ishlatiladi. Sinxron va asinxron motorlardan farqli ravishda
o‗zgarmas tok motori qat‘iy belgilangan nominal tezlikka ega bo‗lmaydi.
Kataloglarda nominal va maksimal tezliklar qiymati beriladi. Masalan, agar 100
kW quvvatga ega bo‗lgan motor 1000 ayl/min nominal tezlikka ega bo‗lsin. Bunda
asosiy tezlik tanlangan qo‗zg‗atish toki qyimatiga qarab belgilanadi. Masalan –
1600 ayl/min. tezlik uchun ham motor quvvati 100 kW bo‗lib qolaveradi. Bu esa
ishchi mashina kinematik sxemasini loyixalashda qo‗l keladi (qulay bo‗ladi).
Quvvati 20 kW gacha bo‗lgan yuqori dinamikali elektr yuritmalar uchun
mustaqil qo‗zg‗atishli, yuqori momentli o‗zgarmas tok motorini ishlatish samarali
bo‗ladi. Yuqori energetikali doimiy magnitlarni qo‗llash hisobiga, bu motorlar,
132
ayniqsa kichik tezliklarda (kollektorga tok ulanishi oson bo‗lganda) katta aylanishi
momentlarini hosil qilish qobiliyatiga ega. Bunday motorlarda yurgazish
momentining nominal momentga nisbati 8 -10 ni tashkil qiladi. Shunday
sharoitdagi elektrmagnit qo‗zg‗atishli motorlarda bu nisbat 2 – 4 dan oshmaydi. Bu
motorlar raqamli dasturiy boshqaruvli metall qirqish dastgoxlarida, robotlar elektr
yuritmalarida va kuzatuvchi elektr yuritmalarda ishlatiladi.
Ba‘zi bir holatlarda mustaqil qo‗zg‗atishli motorlar ketma – ket
qo‗zg‗atuvchi «engil» chulg‗am bilan ta‘minlanadi. Bu chulg‗am yakorning
nominal tokida mustaqil qo‗zg‗atuvchi chulg‗amnikiga qo‗shimcha ravishda 20%
gacha magnit yurituvchi kuch hosil qiladi. Aralash qo‗zg‗atishli yuqori dinamikli
motorlar ko‗p motori yuritmalarda ishlatiladi. (masalan konveer tasmasiga bir
vaqtda bir nechta motor xizmat ko‗rsatadi ). Bunday hollarda barcha motorlar
tezliklari bir xil bo‗ladi, biroq motorlar xarakteristikalari bir – biriga 100% mos
tushmaganligi uchun, yuklamani ularga teng taqsimlash vazifasi turadi. Ketma –
ket qo‗zg‗atishli chulg‗am bo‗lganligi hisobiga ko‗proq yuklangan motorda oqim
oshadi va teskari E.YU.K. hosil bo‗ladi, bu esa yakor tokining pasayishiga olib
keladi va aksincha kamroq yuklangan motor birmuncha kichik oqimga ega bo‗ladi
va uning E.YU.K ham past bo‗ladi, natijada yakor toki mos ravishda ortadi.
Shunday qilib zaif ketma – ket chulg‗amning bo‗lishi umumiy kuchlanishdan
iste‘mollanayotgan motorlar orasida toklar tenglashishi vujudga keladi.
Mustaqil qo‗zg‗atishli o‗zgarmas tok motorlari uchta tormozlanish rejimida
ishlaydi: rekuperativ tormozlanish rejimi, dinamik tormozlanish rejimi va teskari
ulanish rejimi.
Motor tezligi erkin aylanish tezligidan oshib ketganda ω>ω
0
rekuperativ
generatorli tormozlanish rejimidan foydalaniladi (5.7 - rasm). Bunda yakorning
E.YU.K. E
ya
yakor zanjiri iste‘mol kuchlanishi qiymatidan ortib ketadi E
ya
>U
ya
, va
yakor zanjiridagi tok yakor E.YU.K.i E
ya
ta‘siri ostida ketadi; tokning ishorasi
iste‘mol kuchlanishi ishorasiga teskari bo‗ladi, bu esa tormozlanish energiyasi
o‗zgarmas tok manbaiga berilayotganini bildiradi. Bundan rekuperativ
tormozlanishning uchta sharti kelib chiqadi:
133
1.
Iste‘mol zanjiri hosil bo‗lgan tokning iste‘mol manbasidagi kuchlanishga
qarshi xarakatlanishiga imkoniyat yaratib berish kerak; bu shart asosan bir
tomonlama o‗tkazuvchanlikka ega elementli yarim o‗tkazgichli o‗zgartirgich orqali
o‗zgarmas tok bilan ta‘minlanayotganda alohida ahamiyat kasb etadi.
2.
Iste‘mol manbasi motordan qaytayotgan energiyani o‗ziga qabul qilib olish
va uni tarmoqqa uzatish imkoniyatiga ega bo‗lishi kerak; agar yuritma avtonom
generator qurilmasidan ta‘minlanayotgan bo‗lsa, rekuperativ tormozlanish rejimini
qo‗llash mumkin emas.
3.
Tezlikning berilgan rostlash diapazonida rekuperativ tormozlash imkoni
bo‗lishi uchun, rostlash motor yakori zanjiriga beriladigan kuchlanishni
o‗zgartirish yo‗li bilan amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |