IX. Yangi mavzuni bayoni:
Mavzu materialini boshlashda Prezidentimiz I.A.Karimovning “Vatanimiz
azaldan bashariyat tafakkur xazinasiga unutilmas hissa qo’shib kelgan. Asrlar
mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik
kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda
rivojlandi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un holda Xoja
Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug’bek,
Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning
dono fikrlariga uyg’un holda shakllanishi lozim”, - deb bildirgan fikrlari maktab
o’quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda asosiy manba bo’lib xizmat
qilishini aytaman. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashda mazkur fikrdan kelib chiqib, shunday ma’naviy me’ros vakilidan biri
bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur haqida.
“Hidi, tilimi va mazasi” matnini o’rganish orqali o’quvchilarni o’zbek
xalqining milliy qadriyatlari haqida ma’lumot berishga hamda matn mazmunida
asoslangan materialga mos holda ko’nikma va odatlarni tarkib toptirishga harakat
qildim.
Mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib u yerning sultoni, ya’ni podshohi
bo’libdi. Bobur Hindistonga podshoh bo’lgan davrida ko’plab qurilishlar,
obodonchilik va xalqqa g’amxo’rlik qilish bilan birga o’zidan yodgorlik qolsin deb
Hindistonning ko’rkam joyida katta bir bog’ barpo etibdi. Bu bog’ga dunyodagi
34
turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi. Hind xalqi dunyodagi eng katta bu
bog’ga “Bog’i Boburiy” deb nom qo’yibdi. Bog’dagi daraxtlar hosilga kirib, biram
meva beribdiki, ularni hech joyga sig’dirib bo’lmabdi.
“Bog’i Boburiy”ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, sabzi, bodring
bitibdi. Ammo handalak bilan qovun bo’lmabdi. Shoh bir yil qovun ektiribdi,
bo’lmabdi. Ikkinchi yil ham ektiribdi, bo’lmabdi, uchunchi yil ham ektiribdi
baribir qovun bitmabdi. Qovun bitishga bitibdi-yu, birinchi yili gulidanoq hosilni
tashlab, ikkinchi yili palagi o’lib qolibdi, uchinchi yili pishib yetilmas, palagi
so’lib qolibdi. Boburshoh bo’lsa qovun topishni talab qilaveribdi.
Keyingi yili Boburshoh bu yili qovun ekib pishirmasanglar hammangizni
jazolayman,- deya g’azablanibdi. Bog’bonlar nima qilishini bilmay rosa boshlari
qotibdi. Oxiri Boburshohga bildirmay uzoq Farg’onadan qovun olib kelishga ahd
qilishibdi. Boburshoh bu orada bir necha oy ovga ketishibdi. Shu payt
bog’bonlarning boshlig’i o’zi bilan o’n bir kishini yoniga olib, Farg’onaga boribdi.
Karvon ot aravalarga qovun ortib, tezda Hindistonga qaytibdi.
Boburshoh ovdan qaytgach, bog’bondan qovun yo’qlatibdi. Qovunni olib
borishibdi. Boburshoh qovunni hidlab ko’rib: - Qayerda bitgan deb so’rabdi. –
“Bog’i Boburiy”da bitgan, deb javob beribdi bog’bon.- yo’q, hidi boshqacha. Faqat
bir o’lkada yetishadi xolos. Sen meni aldayapsan,-debdi Boburshoh. – Aldagan
bo’lsam, bilganingizni qiling, shohim. Bu qovun “Bog’i Boburiy”da bitgan,- deb
bog’bon so’zidan qaytmay.
Boburshoh qovunni hidlab-hidlab, uni tilmoqchi bo’libdi. Qovun pichoq
tegar-tegmas tarsillab yorilib ketibdi. Boburshoh bog’bonga qarab:-Yolg’on
gapiribsan, qovunni qayerdan keltirganingni ochiq aytasan. Bunday hidli, tilni
yoradigan qovun faqat men bilgan o’lkadagina bitadi. Sen mening savolimga
to’g’ri javob bermading, qahrim qattiqligini bilasan-a,-debdi.
Oliyhazrat, aldasam boshimni tanamdan judo qiling, mayli roziman. Siz
ko’rib turgan qovun “Bog’i Boburiy”da bitgan,-debdi bog’bon yana bilmagan
bo’lib. Tilda shunday debdi-yu, o’zini bilmaganga olibdi. Boburshoh qovunni
so’yib, bir tilim olibdi-da uni yeya boshlabdi. Qovun shirinligidan tilni yorar
35
emish. So’ng Boburshoh yana bog’bonga debdi:- Yo’q, sen meni aldayapsan,
bunaqa shirin tilyorar qovun bu yerlarda bitmaydi. Boshqa joydan keltirgansan.
To’g’risini aytsang gunohingdan kechaman. Bordi-yu, meni aldab yana yolg’on
gapirgan bo’lsang, boshingni tanangdan judo etaman,- debdi.
Boburshohni aldab bo’lmasligini bilgan bog’bon rostini aytishga majbur
bo’libdi. – Farg’ona viloyatidan keltirdik, -debdi ko’ziga yosh olib. Bog’bonning
gapidan Boburshohning ko’ngli buzilib yig’lab yuborishiga ozgina qolibdi.
Bog’bon:- Shohim, qovunni qayerdan olib kelganimni bilib oldingiz. O’limim
oldidan men ham sizdan bir so’rovimga javob qaytarishingizni tilayman,- debdi. –
Qovun bu yerdan emasligini qayerdan bildingiz?- debdi.
Hidi, pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va tilyorar shirinligidan ona yurt
qovuni ekanligini angladim. Rahmatli otam bog’idagi polizda shunaqa shakarpalak
ko’p bitardi. Uzoq Hindu yurtida meni qovun bilan siylaganing uchun gunohkor
bo’lmay, in’om-ehsonga loyiqsan, debdi. Boburshoh bog’bonga rahmat aytib, bosh
oyoq sarpo beribdi.
Mazkur dars materialini hikoya qilib bo’lgach, dars matnida ilgari surilgan
mashhur shoir va davlat arbobi Mirzo Boburshoh hayoti haqida va uning amalga
oshirgan ishlari haqida atroflicha ma’lumot beraman. Mirzo Boburning uzoq
Hinduda o’z ona Vataniga sevgisi, mehr-muhabbati, sadoqati o’ziga xos tarzda
asoslangan. Ona Vatan zaminning sahovatini birgina qovun orqali “Uning hidi,
tilimi, pichoq tegar-tegmasdan tarsillab yorilib ketadigan va shirinligi tilni yorar
bunday qovun men bilgan bir o’lkadagina bitadi”, degan iboralari Mirzo
Boburshohning o’zi yashagan ona tabiatiga yaqinlik, uning har bir ekini, narsalari
muqaddas, e’zozli, qadrli ekanligini, o’sha zaminga bo’lgan hurmati, e’tibori,
sadoqati, mehr-muhabbati bog’bonning qovunni “Farg’ona viloyatidan keltirdik”,
degan gapi Boburshohning butun vujudiga, hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgani,
uning ko’ngli buzilib yig’lab yuborishiga ozgina qolganligi kabi satrlar
Boburshohning o’z ona Vataniga bo’lgan milliy tuyg’uning shakllanganligini
isbotlaydi.
36
Yuqoridagi Boburshohning bog’bon bilan bo’lgan muloqoti uning o’ta
zehnli, fahmli, axloqli, madaniyatli, hamda yuksak ma’naviyat sohibi bo’lganligini
ko’rsatadi. Bog’bonning qovunni bu yerning qovuni emasligini qayerdan bildingiz
deb bergan so’roviga, “Hidi pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va tilni yorar
shirinligidan ona yurt qovuni ekanligini angladim”. “Rahmatli otam Bog’idagi
polizda shunaqa shakarpalak ko’p bitardi” gaplari orqali Boburshohning o’zi
yashab o’tgan ona yurtiga cheksiz muhabbat va ajdodlarga sadoqat, xotirlash kabi
ma’naviy me’rosga hurmat, e’zoz, qadrlash sifatlari mujassamlashgan. Ana
shunday yuksak milliy ma’naviy qadriyatlarni o’zida tarkib toptirgan Mirzo
Boburshoh kabi hamyurtlarimizga hozirgi umum ta’lim maktab o’quvchilarida
hurmatni, e’zozni, qadr-qimmatni rivojlantirish xullas butun o’tmish turmush
tarzidan ibrat olish va uni amalda qo’llash bilan bog’liq ko’nikma va odatlarni
tarbiyalash boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifasi bo’lmog’i darkor.
Shu jumladan o’quvchilarga mlliy qadriyatlarimizni to’liq va to’g’ridan-
to’g’ri yetkazib berishimiz uchun “Qovun sayli” didaktik o’yini o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |