14
(bir turli) shikastlanish ochogi deb, faqat bir shikastlovchi
omil tasirida hosil
boladigan ochoq tushuniladi. Masalan: portlash, yongin natijasida buzilish,
kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (kop turli) shikastlanish ochogi
deganda bir necha shikastlovchi omillar tasirida yuzaga kelishi tushuniladi.
Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishiga, yongin, kimyoviy
zaharlanish kabi oqibatlarga, er silkinishi, kuchli boron, inshoatlarning buzilishidan
tashqari, suv toshqini, yonginlar, elektr
tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli
gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talofatlarga olib kelishi
mumkin.
FVlardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib
chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib,
uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin.
Oz vaqtida va aniq olingan
malumot samarali himoya uchun ota muhimdir.
FVlar quyidagilar natijasida paydo boladi:
Ogirlik kuchlari, er aylanishi yoki haroratlar farqi tasiri ostida paydo boladigan, tez
kechadigan jarayonlar;
Konstruktsiyalar yoki inshoatlar materiallarining zanglashiga yoki chirishiga, fizik-
mexanik korsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar tasiri;
Inshoatlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi
xatolar, qurilish materiallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish
ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga
rioya qilmaslik va hakozo);
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoat materiallariga tasiri (meyoridan
ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar tasiri, gaz-bug va
suyuq
agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar tasiri);Sanoat ishlab
chiqarish texnologik jarayonlarining va inshoatlarni eksplutatsiya qilish
15
qoidalarining buzilishi (bug qozonlarining, kimyoviy moddalarning, komir
konlarida metan gazining portlashi va hakozo);
Turli korinishlardagi harbiy faoliyatlar.
Kelib chiqishi va turidan qatiy nazar FVlarning rivojida
tortta harakterdagi
fazalarni ajratish mumkin:
uygonish, paydo bolish;
rivojlanish, avj olish fazasi;
eng yuqori darajasi, eng yuksak darajadagi fazasi;
pasayish, o‘tish fazasi
(oqibatini tugatish).
Uyg‘onish fazasida bo‘lg‘usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: nohush
tabiiy jarayonlar faollashadi, inshoatlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari
yigila boshlaydi va koplab texnik
nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida,
injener texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo boladi.
Uygonish fazasi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan
seysmik, meterologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda
sinchiklab organish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi.
Rivojlanish, avj olish fazasi inson omili asosiy orinni egallaydi. Statistik
malumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson hatosi tufayli roy berganligini
korsatadi.
Eng yuqori darajadagi fazada esa odamlar va atrof muhitga havf solib turgan
modda yoki energiyaning ozod bolishi, yani FV kuzatiladi.
FVning oziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xususiyatga ega. Unda energiya tola,
zaharli va biologik komponentlarning qoshilib ketishi tufayli uning rivojlanishi kop
martalab ortib ketadi.
Pasayish, otish fazasi vaqt boyicha xavf manbaning jilovlab olish davridan boshlab
to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir.Bu
fazaning davomiyligi yillar, gohida 10 yillar davom etishi mumkin.