ASOSIY QISM
6
Favqulodda vaziyatlar va ularni oldini olish.
1.1. Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi
(FVDT)ning asosiy vazifalari.
Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi
(FVDT)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
-Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy-me`yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini
belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
-Respublika hududidagi mumkin bo`lgan texnogen va tabiiy favqulodda
vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baholash;
-Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta`minlashga,xavfli
texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta`minlashga
qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini
ta`minlash;
-Aholini,boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar
zaxirasini yaratish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid
tadbirlarni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid
tadbirlarni amalga oshirish;
7
-Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan ,ularni
bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini
amalga oshirish;
-Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida halqaro
hamkorlik qilish.
Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarinig asosiy vazifasi
quyidagilardan iborat:
-Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq
xo`jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko`rsatishlarini ta`minlash;
-Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va
ilmiy–texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
-Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor
holda saqlash;
-Atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob`yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish
tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
-Boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat qilishga
tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni, shu jumladan,
evakuatsiya ishlarini o`tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta`minlash, zarar
ko`rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy
resurslar zahirasini yaratish;
-FVlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga
oshirishda qatnashish;
-Favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob`yektlarning rahbarlari tarkibi, kuch
va bositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa
8
ishlarni bajarish. FVDT boshqaruv organlarining ob`yektlar darajasidagi bazifalari
quyidagilardan iborat:
-Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish,ob`yektlar ishining
FVlar chog`ida ishonchliligi va barqarorliligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab
chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
-Boshqaruv organlarining, ob`yektlar kuch va vositalarining FV chog`ida
harakatlarga tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya–qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarga shu jumladan,
ob`yektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlikni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar
zaxiralarini yaratish;
-Ob`yektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini
FVlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish;
-Har bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning holatini,
kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo`lishligini nazorat etadi, hamda
qutqaruv va qayta tiklash ishlariga rahbarlik qiladi. Korxona FMning boshlig`i shu
korxona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FMsiga
bo`ysunadi.
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
-Aloqa va tashviqot guruhi;
-Qutqaruv, qidiruv va o`ta shoshilinch ishlarni amalga oshirish guruhi; -Yong`inga
qarshi va o`t o`chirish guruhi;
-Tibbiy xizmat ko`rsatish guruhi;
-Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga qarshi ish olib boruvchi guruh;
-Jamoa tartibini saqlash guruhi;
-Elektr ta`minoti guruhi;
-Avariya-texnikani ta`mirlash uruhi;
9
-Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko`rsatish guruhi;
-Transportda xizmat ko`rsatish guruhi;
-Moddiy ta`minot va boshqa vazifalarni bajaruvchi guruhlar;
-Bularga maxsus topshirlarni bajarish vazifalari topshiriladi.
Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig`i tomonidan rahbar etib ob`yektda doimo
ishlab kelayotgan, bo`lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadilar. FVDT kuchlariga
quyidagilar kiradi:
1. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari;
2. Hududiy va ob`yektlarning harbiylashmagan umumiy-maxsus maqsadli
tizimlari;
3. Mahalliy hokimiyat organlarinig (viloyat, shahar, va tumanlar) FVV
(favqulodda vaziyatlar vazirligi ) ning qutqaruvchi komandalarining tizimlari;
4.
FVVga
to`g`ridan-to`g`ri
hamda
tezkor
bo`ysunuvchi
respublika
ixtisoslashtirilgan tizimlari;
5.
Vazirliklar
va
idoralarning
harbiylashtirilgan
hamda,
professional-
ixtisoslashtirilgan avariya- qutqaruv va avariya tiklash bo`limlari;
6. Ob`yektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari;
7. Qizil yarim oy, hamda Qizil xoch jamiyati ko`ngilli otryadlari;
8. Vatanparvar, mudofaaga ko`maklashuvchi tashkiloti. Bularning tarkibida
respublikamiz bo`yicha, “Najodkor”, RQQM-(Respublika qidiruv-qutqaruv
markazi hamda) SQXT (Suvdan qutqarish xizmati tizimlari) tuzilgan bo`lib,
Respublikamiz miqiyosida bo`ladigan har qanday FVlarda fuqarolarni qutqarish
vazifalarini bajaradilar;
FVDT ning mablag`i quyidagilardan tarkib topgan:
-Davlat byudjeti hisobidan;
-Mahalliy byudjet hisobidan;
-Vazirlik va uning tarmoqlari hisobidan;
10
-Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag`lari hisobidan;
-Qizil xoch; va Qizil yarim oy;
-Jamiyatining birlamchi zaxiralar hisobidan;
-O`zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari va boshqalar.
Dunyoda shu davrga qadar tabiiy ofatlar doimiy ravishda bo`lib keldi va bundan
keyin ham yuz berishi ehtimoli ko`p.
1-rasm.Aholini ogohlantirish chora tadbirlari
Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf
etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni
ko‘rsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator
muammoli masalalar mavjud:
birinchidan – tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan
aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish
11
va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator
ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan bo‘lishiga qaramasdan,
favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning ta’sirchan tizimi
yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar,
ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning
tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash to‘liq
amalga oshirilmayapti;
ikkinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda
vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish
bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng ko‘lamli va samarali amalga
oshirishni ta’minlamayapti;
uchinchidan – ayrim shahar va tumanlarda quyi bo‘g‘in mavjud emasligi va
rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik chora-
tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti,
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan
muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish
hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik
qilishni ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
professional qutqaruv otryadlari ma’muriy markazlarda joylashgani olis
tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv
otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, ularni faqat
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan
cheklaniladi;
beshinchidan – hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash,
oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim bo‘lgan
12
boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi ta’sirchan
mexanizmlar mavjud emas;
oltinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari
va aloqa vositalari bilan ta’minlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda;
2-rasm.Turli xil favqulodda vaziyatlarda aholi harakati.
ettinchidan – aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan
muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot
salohiyatidan amalda to‘liq foydalanilmayapti;
sakkizinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash,
ularning xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek,
qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim bo‘lgan kuch va vositalarni
muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda;
13
Do'stlaringiz bilan baham: |