Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Savdolarni tashkil etish uchun materiallar tayyorlash va buyurtma yuborish



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2-bob. Savdolarni tashkil etish uchun materiallar tayyorlash va buyurtma yuborish
8. Savdolarni o‘tkazish uchun sotuvchi (ijaraga beruvchi):
operator bilan platformada savdolarni o‘tkazish bo‘yicha elektron xizmatlar ko‘rsatilishi
yuzasidan shartnoma tuzadi;
sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi axborotni qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qiladi;
operatorga buyurtma va unga ilova qilinadigan elektron hujjatlarning namunalari
yuborilishini ta’minlaydi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
9. Operator sotuvchi yoki ijaraga beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron
xizmatlarni ko‘rsatadi.
10. Savdolarni o‘tkazishga tayyorgarlik sotuvchining (ijaraga beruvchining) ichki tartibotlariga
va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani e’lon qilishdan oldin sotuvchi (ijaraga
beruvchi) har bir sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti bo‘yicha operatorga
yuboriladigan buyurtmaga quyidagilarni ilova qiladi:
a) sotish (ijara) obyekti yuzasidan ma’lumot, ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
b) sotish (ijara) obyektining balansda saqlovchisi haqidagi ma’lumot (pochta va elektron
manzil, telefon, faks);
v) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar bo‘yicha ijara haqini hisoblash (ijara haqining
tayanch stavkasi);
g) mavjud yuklatilgan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
d) sotish obyekti (ulush) bo‘yicha:
belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan savdoga chiqarish to‘g‘risidagi buyruqning skaner
qilingan nusxasi;
sotiladigan davlat mulki obyektini baholash hisoboti — sotib olish qiymati evaziga sotishda;
davlat ulushini sotishda:
xatlov komissiyasining a’zolari va rahbari tomonidan imzolangan jamiyatning mol-mulk
xatlovi va moliyaviy majburiyatlari dalolatnomalari;
jamiyat ijroiya organining birinchi rahbari tomonidan imzolangan va jamiyat muhri bilan
tasdiqlangan oxirgi yil uchun moliyaviy hisobotlarning nusxalari;
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;
davlat ko‘chmas mulk obyektini sotishda:
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;
xususiylashtirish bo‘yicha komissiyaning a’zolari va rahbari tomonidan imzolangan xatlov
dalolatnomalari — xarid qiymatida sotilgan taqdirda;


davlat ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlari, shu jumladan, kadastr xaritasi (rejasi) va
boshqa huquqlarni belgilovchi hujjatlarning nusxalari (mavjud bo‘lganda);
yer uchastkasiga (yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga — mavjud bo‘lganda) bo‘lgan
huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
e) faoliyatning ixtisosligini saqlab qolish zarurligi haqida ko‘rsatma;
j) faoliyatning ixtisosligi saqlanishi muddati (agar uning saqlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa);
z) sotiladigan davlat ko‘chmas mulk obyektini tasarruf etish huquqiga ta’sir etadigan mavjud
yuklangan majburiyatlar yoki cheklashlar to‘g‘risida ma’lumot;
i) madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha organning
xulosasi (zarur bo‘lganda);
k) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar bo‘yicha:
balansda saqlovchi xatining skaner qilingan nusxasi;
ikki tomonlama imzolanadigan elektron shartnoma;
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona.
Sotuvchining (ijaraga beruvchining) qaroriga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq
platformadagi axborot bazasiga qo‘shimcha ma’lumot kiritilishi mumkin.
12. Sotish (ijaraga berish) obyektini platformada realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Sotiladigan davlat mulki obyektini kamida bir yil ijaraga oluvchi ijarachi arizaga O‘zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari asosiy fondlarni modernizatsiyalash va kapital
ta’mirlash amalga oshirilganligi haqidagi ekspertizasi xulosalarini, bandlik va mehnat
munosabatlari organining sotiladigan davlat mulki obyektini ijaraga berish davrida yaratilgan yangi
ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotnomasining elektron (skaner qilingan) nusxalarini ilova qiladi.
14. Obyektning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish operator tomonidan bayonnoma
rasmiylashtirilgan kundan boshlab o‘n ish kun ichida:
davlat mulkini ijaraga berish elektron shaklda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yo‘li
orqali;
davlat mulki obyektlarini auksion yoki tanlovda sotishda yozma shaklda, hozir bo‘lish tartibida
amalga oshiriladi.
Sotuvchi (ijaraga beruvchi) auksion yoki tanlov obyektini auksion yoki tanlov g‘olibiga zarar
yetkazilmagan holda topshirishi shart.
15. Savdolar yakunlari ular bo‘yicha bekor qilingan yoxud oldi-sotdi shartnomalari bekor
qilingan yoki haqiqiy emas deb hisoblangan davlat mulki obyektlarining savdolarga qo‘yilishi
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
davlat mulki obyektlarini davlat mulki obyektining boshlang‘ich narxi bo‘yicha sotib olish
qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki
savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi
o‘rtasidagi muddat ikki yildan oshmasa;
bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llanganda, davlat mulki obyektlarini davlat
mulki obyektining oxirgi savdolarga qo‘yilishi sanasiga kelib uning shakllantirilgan narxi bo‘yicha
sotib olish qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki
ularni savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish
sanasi o‘rtasidagi muddat bir yildan oshmasa;
ijaraga beriladigan davlat mulki obyektining ijara haqi tayanch stavkasining yillik miqdori
bo‘yicha ijaraga berishda — agar savdolar natijalari bekor qilingan sanadan boshlab yoki
savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi
o‘rtasidagi muddat joriy yil uchun oxirgi tasdiqlangan eng kam ijara stavkasidan boshlab bir yildan
oshmasa;
davlat mulki obyektlarini Davlat tender komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining
qarorida belgilangan tartibda tanlov savdolari orqali sotishda — agar savdolar yakunlari bekor


qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki
haqiqiy emas deb tan olish sanasi o‘rtasidagi muddat ikki yildan oshmasa amalga oshiriladi.
16. Agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qo‘yish sanasi va
shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi o‘rtasidagi muddat ikki yildan
oshgan bo‘lsa, davlat mulki obyekti takroriy baholanishi va belgilangan tartibda savdolarga
qo‘yilishi zarur.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish