16
8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Men loyixalayotgan ishlab chiqarish ob’ekti to‘liq
avtomatik tarzda
boshqarishga mo‘ljallangan va u quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Texnologik jarayon markaziy boshqaruv pulti orqali boshqariladi. Har bir
apparatni quyidagi ko‘rsatkichlar orqali boshqarish amalga oshiriladi:
Parametrlar
Ifodalanishi
Funksiya
Ifodalanishi
Zichlik
D
Ko’rsatkish (indicator)
I
Sarf
F
Registratratsiya
R
Harorat T Boshqarish
C
Bosim
P
Signalizatya
A
Sath
L
O’chirib-yoqish
S
Qovushqoqlik
V
Qo’lda boshqarish
H
Elektr kattaligi
E
Tarkibi (konsentrantratsiya)
Q
Neftni
birlamchi
qayta
ishlashdan
asosiy
maqsad
–
berilgan
assortimentdagi mahsulotni (distillyatni) talab qilingan sifat va maksimal tanlov
orqali olishdan iborat. Bu maqsadlarni amalga oshirishda asosiy rolni boshqarish
sistemasi va AT ning texnologik jarayon avtomatizatsiyasi o‘ynaydi. Bu Sistema
quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:
- barcha texnologik uskunalar ishidagi muhim parametrlarni
aniq ifodalovchi
o’lchov asboblarining kompleksi;
- butun texnologiyada qurilmalar normal va xavfsiz ishlashini nazorat qiluvchi,
berilgan parametrlar bo‘yicha avtomatik boshqarish lokal tarmoq komplekslari;
- boshqaruvchi shaxs (operator) nazoratida muvofiqlashtiriladigan sistematik
qurilmaning shit (blok) boshqaruvi;
- berilgan muvofiqlashtiruvchi texnologik parametrlar bo’yicha
belgilangan
sifatda mikroprotseessor texnikali baza orqali butun boshli qurilma ishining
markazlashtirilgan boshqaruv sistemasi yordamida stabil mahsulot ishlab chiqarish.
17
AT uskunasida neftni texnologik haydash jarayoni quyidagi muhim
parametrlarni o‘z ichiga oladi: temperatura,
oqimlar sarf miqdori, bosim, suyuqlik
sathi, elektomashinalardagi kuchlanish va tok miqdori, neftning sifat parametri va
olinadigan ditillyat zichligi, qovushqoqligi, chaqnash harorati va boshqalar.
Hozirgi kunda barcha ishlab chiqarish birlashmalarining katta quvvatga ega
bo’lgan liniyalarini avtomatik ravishda masofadan turib boshqarishni talab etmoqda.
Ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatadaki, avtomatlashtirilgan
boshqaruv
tizimlarni (A. B. T.) sanoat korxonalariga joriy etish ishlab chiqarilayotgan mahsulot
miqdrini 5 – 7 % oshirish, zahira xom – ashyo miqdorini 20 – 25% qisqartirish,
mablag’lar almashuvini 16 – 18% ga kamaytirishni imkonini berdi.
Ishlab
chiqarish
korxonalarida
avtomatlashtirilmagan
boshqarish
sistemalarining yaratishdan ishlab chiqarish birlashmalariga joriy etishdan asosiy
maqsad iqtisodiy masalalarini o’z ichiga olgan ma’muriy
boshqarish sistemasini
ko’pgina emas, balki korxona ishini optimal rejalashtirish va operativ boshqarish
texnologik qurilmani ish rejimlarini optimallashtirish, shuning kimyoviy texnologik
jarayonlarni fazoviy o’zgarishlarini (bosim, harorat, sarf, sath va boshqalar) rostlash
kabi muammolarni yig’indisini hal etishdir.
Avtomatik –
texnologik jarayonlarni, odamning bevosita ishtirokisiz
boshqarishda nazorat – o’lcha asboblari, rostlagichlar va boshqa qurilmalrni
qo’llashdir.
Ishchilarning texnologik jarayonida ishtirok etish darajasiga ko’ra
avtomatlashtirish quyidagi turlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: