I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Orolni asrashga oid zaruriy chora-tadbirlar



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Orolni asrashga oid zaruriy chora-tadbirlar. 
Hozirgi sharoitda Orol 
havzasida mavjud bo'lgan suv resurslaridan oqilona foydalanish tam o- 
yilini amalga oshirish, unga zarur bo'lgan suv hajmini ajratib olish va 
uni to'lig'i bilan dengizga quyishga erishishdan iborat. Bu sohada nimalar- 
ni amalga oshirish mumkin?
1. 
Darhaqiqat, suvdan foydalanishda o'lkada katta kamchiliklar mavjud. 
1960-yilda m intaqada 5 mln. gektar yerni sug'orish uchun 40,4 km 3 kub 
suv sarflangan. Zovur suvlari miqdori 5—6 km3 kub atrofida bo'lgan. 1995- 
yilga kelib salkam 7 mln. gektar yerni sug'orish uchun 86 km 3 ko'p suv 
sarflandi, zovur suvlarining miqdori 3 4 -3 6 km kubni tashkil qildi. Agar 
biz ekinlarga m e’yorida suv olishga erishsak, sizot suvlari ham deyarli 
vujudga kelmaydi. Endilikda ekinlaming turi, tuproqlaming mexanik tarkibi, 
sho'rlik darajasi, shamol tezligini e ’tiborga olib, yomg'irlatib, tomchilatib 
va tuproq ostidan sug'orish usullarini qo'llashga o'tish ayni dolzarb masala. 
Ushbu yangi sug'orish usullari amaliyotga tatbiq qilinsa, suvdan 40—50%, 
hatto 70 % gacha tejashga erishiladi.
Sug'oriladigan dehqonchilik uchun hozirgi kunda yiliga olinayotgan 55 
km kub suvni nazarda tutsak, u holda respublikada ancha suvni tejash 
mumkin bo'ladi. Sug'orish shoxobchalari va magistral kanallam ing ish 
koeffitsienti o'rtacha 64 % ni tashkil etadi. Agarda mazkur ko'rsatkich 
90 % ga yetkazilsa, 26 % suv tejab qolinadi. Buning uchun ularning 
o'zanlari suv o'tkazm aydigan material bilan qoplansa, ushbu natijaga 
erishiladi. Albatta, mazkur tadbir katta miqdorda sarmoyalarning sarf 
qilinishini talab qiladi.
M azkur suv tejash ishlarini nafaqat O'zbekiston, balki Orol havzasidagi 
barcha davlatlar baravariga amalga oshiigandagina katta samaraga erishiladi. 
Ayniqsa, Turkmaniston va Janubiy Qozog'istonning sug'oriladigan yer- 
larida sug'orish m e’yorlari kattaligi m a’lum. Agarda havzada hozirgi mavjud 
egat oralab sug'orish usulini yangi sug'orish texnologiyasi bilan almash- 
tirilsa, sug'orish tarmoqlaridan suvning yerga siljib o'tishi kamida 90—95 % 
yetkazilsa, yiliga kamida 50 km kub suvni tejab qolish mumkin. Hozirgi 
sug'orish usuli mavjud bo'lib turgan sharoitda joylarda unihg m e’yorini
204


borgan sari kamaytirib borish va biologik m e’yorini barcha vohalarda 
qo ‘llashni ta ’minlash lozim. Chunki sholi, g‘o ‘za, beda va boshqa ekin- 
larning sug‘orish m e’yorlari hali ham kattaligicha qolmoqda. Janubiy 
Qozog‘iston, Turkmaniston, Buxoro, Xorazm viloyatlari Qoraqalpog'iston 
Respublikasida sho‘rlangan yerlarni yuvishni tegishli hajmdagi suv bilan 
amalga oshirishga katta ahamiyat berish zarur, chunki yuvish jarayonida 
ko‘pincha isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda agarda sug‘orish m e’yorlarini 
8—10 ming m etr kubgacha kamaytirishga erishilsa, faqat 0 ‘zbekistondan 
6—7 km kub suvni tejab qolish mumkin bo ‘ladi. Q o‘shni respublikalarni 
ham qo‘shib hisoblasa, bu ko‘rsatkich 10 km kubdan ortadi, bu tad- 
birdlar Orol suvini ko ‘paytirish bilan birga uning havzasidagi tabiiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlami yaxshilaydi.
2. O rolning asosiy manbayi hisoblangan A m udaryo va Sirdaryo 
havzalarifii qattiq nazorat qilib iloji boricha ikki daryo suvini ko‘paytirib 
Orolga tashlash lozim. Amudaryo havzasidagi Sariq ko‘l suvlarining bir 
qism ini R angun, N orak, Surxon, T olim arjon, Q uym azor, Z am in, 
T uyam o‘yin, F o ttik o i suv om borlarini Vaxsh, Qarshi, Amu-Buxoro, 
Qoraqum va boshqa kanallar suvining m a’lum qismini Amudaryoga qayta- 
rish kerak. Hozirgi vaqtda birgina Qoraqum kanali orqali Amudaryodan 
har yili 12 km kub suv olinmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, shuning 7 
km kub gacha hajmi buglanib, qumga singib yo'q bo ‘lmoqda. Kanal eni 
qisqartirilib betonlashtirilsa 5—6 km suvni iqtisod qilib, Amudaryoga qayta- 
rish m um kin. Sirdaryo havzasidagi T o ‘xtagul, A ndijon, K attaqum , 
Chorvoq, Chordara suv omborlari, ba’zi kanallar suvining m a’lum qis­
mini hamda H aydarkoi suvining hammasini tozalab Sirdaryoga yuborili- 
shi lozim.
3. Yana bir kechiktirilib b o ‘lmaydigan m uhim masalalardan biri, 
sug'orishni jadallashtirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida 
tashkil etilgan suv omborlarining holatidir. Bu suv omborlariga Amudaryo 
va Sirdaryo yuzasidan k o ‘p suvlar o lin ib, d ary o lar suvini keskin 
qisqarishiga sabab bo'lmoqda. Lekin suv omborlari suvining ko‘p qismi 
bug‘lanib ketmoqda, yildan-yilga loyqalar hisobiga ularning sathi ham 
qisqarib bormoqda.
Eng achinarli tomoni shundaki, barcha suv omborlari atayin tashkil 
etilgandek, jug‘rofiy o ‘ringa ko‘ra aholi zich yashaydigan shaharlar va 
qishloqlar yuqorisida (ustida) qurilgan, buning ustiga bu hududlar yangi 
tektonik harakatlar zonasiga kiradi va bu joylarda kuchli yer qimirlash 
bo'lmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Shulami hisobga olib ko‘pgina 
suv omborlarining bahridan o ‘tish kerak.
Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, C horjo‘y vohalarida
205


vujudga kelayotgan barcha qaytarma, oqava va zovur suvlarini yig‘uvchi 
maxsus kollektorlar qazib, suvni Orolga oqizishni zudlik bilan amalga 
oshirish kerak. Sariqamish ko‘liga quyiladigan Larenik va Ozerniy kollek- 
torlarini ham Orolga yo‘llash kerak. Bu tadbiriar Sirdaryo havzasi va boshqa 
vohalarga ham taalluqlidir. Albatta, yuqorida aytilgan chora-tadbirlarni 
amalga oshirish uchun katta kuch va mablag1 talab etiladi. Buning uchun 
Markaziy Osiyo mamlakatlari ajratadigan mablag‘larni ko‘paytirish, hayri- 
hoh jahon jamoatchiligini jalb qilish, Orol jam g‘armasiga tushgan pullarni 
faqat shu maqsadlarga ishlatilish lozim.
Keltirilgan tadbiriar to ‘la amalga oshirilsa, yaqin orada Orolga yog‘in- 
sochin va yer ostidan sizib chiqadigan suvlar bilan birga yiliga taxm inan 
30—35 km kub suv tushishi mumkin. Bu esa Orolning hozirgi holatini 
saqlab qolishga imkon beradi.
Uning qimmatga tushmaydigan yana bir chorasi — hammasi bo'lib 
yiliga 10—12 km kub suv olib kelinadigan yopiq suv quvurlarini yotqi- 
zishdir. Bu quvur Irtish daryosidan, taxminan Tobolsk shahri atrofidan 
boshlanib, To‘rg‘ay darvozasi orqali to ‘g‘ridan-to‘g ‘ri Orolga olib boriladi. 
loyihaning afzalliklari shundaki, suv bug‘lanmaydi va boshqa xil isrof- 
garchilikka yo‘l qo ‘yilmaydi, ekologik o'zgarishlarga ta ’sir ko‘rsatmaydi. 
Orol dengizi suvi ko‘payishi bilan birga u chuqurlasha boradi, tez orada 
amalga oshadi. Bu loyihani Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan kelish- 
gan holda amalga oshirishlari mumkin, chunki, Orolning mudhish holati 
Rossiyaga ham o ‘z ta ’sirini ko‘rsata boshlaganligi m a’lum.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish