№
Tadbiriar
O 'lchov
biriigi
Ishning
umumiy
hajmi
Jumladan
birinchi
navbatda
1.
Qirg‘oqlarni
mustahkamlash
ishlari
ming km.
5,1
1,0
2.
Sellar
to'playdigan
inshootlar
qurish
Dona
301
141
3.
Seldan saqlanadigan boshqa xil
tadbiriar
mln, so ‘m (1991-
yil bahosi bilan)
103,3
54,1
4.
Irrigatsiya
tarmoqlarini
rekonstruksiya qilish
m ing km.
2,6
1,4
5.
Eroziyaga
qarshi
gidrotexnik
inshootlar qurish
ming dona
75
5
6.
Jarliklar hosil bo'lishining oldini
olish
Ming
13'4
6,4
194
likaning tekislik qismida beqaror qor qoplami va yumshoq qishlar bo‘lib
turadi. Shuning uchun respublikaning ko‘pchilik rayonlarida o'simlikning
rivojlanishi butunlay to ‘xtamaydi.
0 ‘zbekistonning iqlimi ham Yer shari iqlimiga o'xshab davriy o‘zgarib
turadi. Iqlim o ‘zgarishining asosiy belgilovchisi haroratdir. So‘nggi yillarda
haroratning o ‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu ayniqsa 1973—1990-yil-
lar yozda va 1981—1990-yiIIar qishda yaqqol namoyon bo'ladi.
0 ‘zbekistonda iqlim o ‘zgarishiga insonning ta ’siri dastawal melioratsiya
va cho‘Hashish natijasida amalga oshadi. Sug‘oriladigan dehqonchilik rayon
larida suv omborlari tashkil etilishi natijasida yoz oylari harorat nisbatan
pasayadi, havo namligi 10-15 % ga yetadi. Lekin bu juda kichik hududda
bo'Iganligi sababli 0 ‘zbekistonning barcha ch o‘l iqlimiga ta ’siri deyarlik
sezilmaydi.
Ekologik muvozanatning izdan chiqishi, tuproq eroziyasi, ildiz yashay-
digan yer qatlamida tuzlarning to ‘planishi, harakatdagi qumlarning vu-
judga kelishi, yaylovlaming buzilishi va shu kabi boshqa oqibatlar cho-‘llanishga
olib keladi.
Respublikamizning katta qismida sovuqsiz davr taxminan 200 kunni
tashkil qiladi: Ustyurtda 160 kundan Sherobodda 280 kungacha.
Havoning mutlaqo minimal harorati —30 “Cdan ham pastroq. Ayrim
hollarda —40 °C gacha yetishi mumkin.
Vegetasiya uchun samarali haroratlar yig'indisi nafaqat m o‘tadil keng-
liklar iplar, balki bir qator tropik ekinlar (g‘o ‘za, anjir, anor, shakar-
qamish, xurmo va boshqalar) yetishtirish uchun yetarlidir.
Atmosferada C 0 2 m iqdorining ortishi 0 ‘zbekistonda haroratning
ko‘tarilishi, atmosfera sirkulvasiyasining o ‘zgarishi nonormal atmosfera
hodisalari — toshqin, sel, d o l, garmsellami ko'paytiradi.
Qurg‘oqchilik bizning sharoitda o ‘ta xavfli bo‘lib, u daryolar oqimini
kamaytiradi, sizot suvlar darajasini pasaytiradi, natijada suv resurslari-
ning yetishmasligini keltirib chiqaradi. Buning natijasida aholining suv bi
lan ta ’minlanishi yomonlashadi, qishloq xo‘jalik ekinlari mahsuldorligi
pasayadi, gidroelektroenergiya ishlab chiqarish kamayadi.
Global haroratning birinchi navbatda mamlakatning hozirda suv yetish-
masligidan qiynalayotgan hududlarini juda og‘ir ahvolga solib qo‘yadi.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq rayoni hozirdayoq ekologik fojia zonasiga kiradi.
Mutaxassislaming fikriga ko‘ra, yaqin yillar ichida Zarafshon daryosining
quyi oqimida joylashgan tumanlar ham uning taqdirini bo‘lishlari mumkin.
Vaholanki, Zarafshon vodiysi butun Markaziy Osiyoning g‘alla va paxta yet-
ishtiradigan asosiy joylardan birigina bo‘lib qolmasdan, balki u jahon sivili-
zatsiyasi madaniy o‘choqlaridan biridir.
195
Ekspertlaming ta ’kidlashicha, 2030-yilga borib 0 ‘zbekistonda haroratning
ortishi 3,5 °C va hattoki 4 °C ga yetishi mumkin. Mutaxassislar fikricha
global haroratning ortishi ayniqsa O'zbekistonning Shim oli-G ‘arbiy vilo-
yatlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Janubiy va yondosh tog‘li rayonlarda ha
roratning ortishi uncha yuqori bo'lmaydi. XX asming 60-yillaridan boshlab
0 ‘zbekistonning ekotizimlarida mislsiz o ‘zgarishlarbo‘ldi. Yuqori sur’atlarda
magistral kanallar o'tkazildi, suv omborlari qurildi, sug‘oriladigan yerlar
kengaydi, yaylovlarga suv chiqariladi.
Antropogen ta ’sir natijasida mamlakatning faqatgina qurg'oqchil zo-
nalarininggina emas, balki to g li rayonlarning ham cho'liashuvi amalga
oshmoqda. 2020—2030-yillarga borib O'zbekiston hududidagi quruq sub-
tropik va mo'tadi) mintaqa o'rtasida chegara 2° kenglik shimolga siljiydi,
ekstremal harorat ko'tariladi, yog'inlar m iqdori norm adan 15—20 %
o'zgaradi.
Bu esa, o 'z navbatida sovuqsiz davrlarni ko'paytiradi, o'simliklaming
vegetatsiya davrini o'zgartiradi. Ijobiy oqibatlar bilan birgalikda qishloq xo'jalik
ekinlari hosilining kamayishiga olib keluvchi xavfli ob-havo hodisalarining
ehtimoli kutilmoqda. Xususan, yozgi haroratning ortishi kuzda ozuqa zahi-
ralarining shakllanishiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi.
Haroratning ko'tarilishi ayrim tropik zararkunandalar va kasallik tar-
qatuvchi organizmlarning bostirib kirishiga olib kelishi mumkin. Yowoyi
hayvon va o'simlik turlari o'zlarida evolyutsion mustahkamlangan qarshilik
ko'rsatish imkoniyati yo'qligi sababli ularga bas kelolmay qolishlari ehti
moli bor.
Iqlim zonalarining siljishi o'simlik va hayvon turlarining ko'chishi yoki
evolyutsion tarzda moslashuvi zaruriyatini keltirib chiqaradi. Lekin ko'pchilik
turlar uchun mamlakatning tog'li qirg'oq ham da quruq zonalarida yaroqli
yashash joylarining kamligi sababli bunday imkoniyatlar nihoyatda chek-
langan bo'ladi. Kam sonligi va arealining cheklanganligi tufayli hozirdayoq
yo'qolish arafasida turgan turlar (masalan: qor barsi, Paster lolasi, piyozi
anzur, Turkiston chinni guli va hokazolar) ayniqsa kuchli xavf ostiga tu-
shadilar. Ularning butunlay qirilib ketish xavfi ham bor.
Xo'sh, bugun biz nima qila olamiz va qilishimiz kerak? Biz yashashimizga
imkon beradigan atrof-muhit sharoitlari muvozanatini topishimiz kerak.
Bu m asala in so n iy a tn in g paydo b o 'lg a n d a n beri b irin c h i b o r
to'nashishim iz lozim bo'lgan o 'ta murakkab muammodir.
Yer va uning atmosferasi umumiy, hamm a uchun yagonadir. Shuning
uchun BMTning dunyoning ko'pchilik mamlakatlari tom onidan imzolan-
gan iqlim o'zgarishi to'g'risidagi “Tegraviy konvensiyasi” oxirgi vaqtda
eng jiddiy xalqaro shartnomalaridan biridir. Shartnomaning maqsadi is-
196
siqxona gazlari miqdori, iqlim tizimiga xavfli antropogen aralashuvning
oldini oladigan darajada barqarorlashtirishdir. Bu maqsadga erishish uchun
nima qilishimiz lozim?
Birinchi navbatda, issiqxona gazlari emissiyasini nazorat qilish majburi-
yatini olgan mamlakatlar emissiya
m e ’y o rla rin i
kamaytirishni boshlashlari
kerak. Industrial mamlakatlar, kompaniyalarqazilma, yoqilg'i vaboyitilgan
materiallami samaraliroq ishlatadigan yangi texnologiyalarga o‘tishlari loz
im. Qayerda imkoniyat bo‘lsa, shamol, suv va quyoshning kuchi kabi tikla-
nadigan energiya manbalariga o ‘tish kerak. Fermerlar sholipoyalardan
metanning chiqarilishini kamaytiradigan texnologiya va uslublarga intilishlari
zarur. Chorvachilikka kelganda, chorva boshlarining mahsuldorligini oshirishga
harakat qilish zarurdir. Bu chorva sonini va o‘z navbatida metan emissiyasini
kamaytiradi. Issiqxona gazlarining miqdorini atmosferada kamaytirishning yana
muhim yo‘llari bu transport, turarjoy qurilishi, chiqindilarni qayta ishlash va
boshqa faoliyat turlari uchun to ‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgar bo‘lgan shahar va
viloyat m a’murlari, mahalliy boshqaruv idoralari ham bu borada m a’lum
rol o ‘ynashlari lozim. Ma’muriyat jamoat transportini yanada mukammalroq
tizimlarini rejalashtirishi va yarata boshlashi, ekologik yanada tozaroq yoqilg‘ini
ishlatishni rag‘batlantirishi mumkin.
Qurilish m e’yorlari shunday belgilanishi lozimki, uy va ofislaming yangi
binolari kam energiya sarflash bilan isitilsin yoki sovutila olsin. Bunday
tadbirlar va texnologiyalarning joriy qilinishi har bir mamlakat qonun-
chiligi bilan asoslangan bo‘lishi lozim. Bunda iqtisodiy rag'batlantirish ham
rol o ‘ynaydi.
Issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish borasida 1997-yilning dekab-
rida Yaponiyaning Kioto shahrida bo‘lib o ‘tgan BMTning iqlim o'zgarishi
to ‘g‘risidagi “Tegraviy konvensiyasi” tom onlarining uchinchi konferensi-
yasida katta qadam tashlandi. Agar oldingi konferensiyalarda issiqxona
gazlari emissiyasini qisqartirish sohasida aniq bir fikrga kelinmagan bo‘lsa,
tomonlarning uchinchi konferensiyasi oldida m a’lum toifadagi mamlakat
lar uchun gazlarning qisqartirilgan hajmlarini belgilash vazifasi turardi.
M uzokaralar natijasida 200 8 -2 0 12-yillar oralig‘i davrgacha issiqxona gaz-
larini 1990-yil darajasiga nisbatan Yevropa ittifoqi mamlakatlari 8 % ga,
AQSh 7 % va Yaponiya 6 % ga qisqarish majburiyatini oladigan varianti
qabul qilindi. Boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun ham eng yuqori
“chegaralar“ belgilandi.
Iqlim o'zgarishi to ‘g‘risidagi “Tegraviy konvensiya” chuqur ziddiyatli
dunyoda ishlashiga m o‘ljallangan va yondashuvlarning qarama-qarshiligi-
dan ko‘ra birlashuviga asoslangan. Konvensiya dunyoning kelajakda qanday
siyosiy harakat qilishga maqbul qarashni aks ettiradi va keyingi yuz yillikda
197
bu m uam m olar qaysi yo‘l bilan yaxshiroq yechilishi mumkinligini hal
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |