I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Orol dengizini saqlash to‘g‘risida qabul qilingan asosiy hujjatlar



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Orol dengizini saqlash to‘g‘risida qabul qilingan asosiy hujjatlar. 
Orol 
dengizi hududlarini rivojlantirish strategiyasi hali Ittifoq tarqalm agan 
paytlarida ishlab chiqilgan bo‘lib u uncha murakkab emas edi. Bunga asosan 
Orol bo‘yi hududlarida ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirish, foydali 
qazilmalardan foydalanish, keng sanoat korxonalarini tashkil etish ko‘zda 
tutilgan edi. Ishlab chiqarishni bunday tashkil qilish suv miqdorini ko‘p 
ishlatishni talab qilar, buning ustiga suvning sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
35-yil o ‘tgandan keyin bu tadbirlarning ko'rsatgan salbiy holatlari aniq 
bo‘la boshladi va bu muammo ancha murakkablashdi. Chunki qazilma boy- 
liklar qazib olinadigan hududlarida sanoat tez va keng miqyosda rivojlandi. 
Yangi sanoat korxonalari barpo etildi. Bu korxonalar ko'p miqdorda suvni 
iste’mol qila boshladilar va qishloq xo'jalik sohasiga mo'ljallangan suvlar 
miqdori bora-bora kamayib bordi. Buning ustiga Orol basseyni hududida 
yashaydigan aholining soni 3,4 mlnga ko'paydi yoki bu 1960-yildagi aholi 
soniga nisbatan 2,5 marta ortiqdir. Aholi o ‘z ehtiyojlariga ham ko'proq suv 
iste’mol qila boshladi. Sanoat korxonalari va yangi shaharlar paydo bo'ldi. 
Natijada bu hududlarda qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan suvlar miqdori 
qisqarib shaxsiy, shahar va sanoat korxonalariga ko'proq berila boshlandi. 
Buning ustiga kerakmi, kerak emasmi, tejamlimi, tejamli emasmi buni 
e ’tiborga olmasdan bir qancha kanallar qazildi. Ana shunday kanallardan 
biri bosh Q oraqum kanalidir. Bu eng katta irrigatsiya inshooti bo'lib, 
Afg'oniston chegarasidan tortib Turkmanistonning cho’llari ustidan Ashxabad 
tomonga 1400 km masofaga olib borildi.
Sovet Ittifoqi tarqalmasdan oldin suv resurslarini taqsimlashni Markaziy 
hukumat bajarar edi, hozir-chi? Bugungi kunda bu hududda 5 ta mustaqil 
davlatlar yuzaga keldiki, ularning har birining Orol hududidagi suvlarga 
bo'lgan ehtiyoji deyarlik bir xil. Ular xohlasalar va kelishsalar bu hudud- 
dagi suvning hozirgi holdagi taqsimotlarini saqlab qolish mumkin. Lekin 
har qaysi davlat o'zining iqtisodiy, siyosiy, milliy ehtiyojidan kelib chi- 
qib, bu suv resurslaridan oqilona foydalanish choralarini ko'rishi m um ­
kin. Ana shunday vaziyatda davlatlararo kelishmovchiliklar ham paydo 
bo'lishi turgan gap. Shuning uchun ham Orol dengizi atrofidagi krizis zud- 
lik bilan qarorlar qabul qilishni taqozo qiladi. Bu sohadagi loqaydlik Orol
202


bo‘yi davlatlari iqtisodiyotini rivojlantirishga o ‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. 
Shu sababli Q ozog'iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkm aniston va 
0 ‘zbekiston davlatlari Orol dengizi hududi bo‘yicha umumiy davlatlararo 
dastum i qabul qilish va hayotga tatbiq qilish uchun harakat qilmoqdalar. 
Bu davlatlarning birinchi sharti davlatlararo kooperatsiyaning huquqiy asos- 
larini tasdiqlash edi.
1993-yilda besh davlat boshliqlari Orol basseyni bo‘yicha tashkil qi- 
lingan kengashning ustavini qabul qilishdilar. kengashning 25 a ’zosi bor, 
ya’ni kengashga har bir davlatdan 5 kishi a’zo bo‘lib kirgan. Bu kengash 
bir yilda 2 marta yig‘iladi. Bundan tashqari kengashning xalqaro Orol 
fondi va ijrokomi ham tuzildi.
Ijrokomi Orol muammosiga bag‘ishlangan barcha harajatlami rejalash- 
tirish, koordinatsiya qilish, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini 
ta ’minlab turadi. 1994-yil yanvarida besh davlat boshliqlari Orol m uam ­
mosiga bag'ishlangan loyihani m a’qulladilar, bu loyiha Orol dengizi das­
turi degan nom oldi (Faza—1). Besh davlat boshliqlari Orol dengizi muam- 
mosini m a’qullab, texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun Yevropa 
davlatlari tuzgan Sobiq Ittifoqdan ajralgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish 
dasturi (Tasis) fondidan yordam berishga da’vat etdilar. Bu yordamning 
asosiy maqsadi suv resurslaridan to ‘g‘ri foydalanish asosida Orol atro- 
fidagi muhitni va irrigatsiya holatlarini yaxshilashga qaratilgan. Tasis — 
Yevropa Jamiyati tom onidan Mustaqil hamdo'stlik mamlakatlari va M on- 
goliya bilan Yevropa davlatlari o ‘rtasida iqtisodiy, siyosiy aloqalarni mus­
tahkamlash va bu davlatlarga bozor iqtisodiyotiga o'tishda har tom on- 
lama yordam ko'rsatish maqsadida tuzilgan tashkilotdir. Bu tashkilot key­
ingi to ‘rt yil ichida (1991—1995) ham do’stlik mamlakatlariga 2.268 ekyu 
ajratdi. Bu esa 2000 dan ortiq loyihalarni bajarishga qaratilgandir.
Hozirgi kunda faqat Orol masalasigina emas, yana Kaspiy dengizi su­
vining ko‘tarilishi ham muammo bo ‘lib turibdi. Oxirgi 5 yil ichida uning 
suvi 2 m etiga ko‘tarilgan. Bu jarayon davom etayapti. Shu tarzda davom 
etadigan bo‘lsa 2020-yilga borib u yana 5 m ga ko'tariladi. Natijada to ‘rtta 
davlat — Ozarbayjon, Turkmaniston, Rossiya va Qozog‘istonning minglab 
kv. km. yerlari suv ostida qolib ketadi. Ko‘plab turaijoy, tem ir va avtomo- 
bil yo‘llari dengiz tagida qoladi. Shu respublikalar uchun Kaspiyning or- 
tiqcha suvini qayerga yo‘qotish katta muammodir. Agar shu m uam mo hal 
qilinsa va eng oqilona loyiha ishlab chiqilsa, yuzlab, minglab gektar 
hosildor yerlar qutqarib qolinadi. Bizningcha, Kaspiy suvini Orol den­
giziga o ‘tkazish sarf-xarajatlari suv toshqini sarf-xarajatlari bilan solish- 
tirganda, Kaspiy suvining bir qismini Orolga o'tkazish afzalroq bo‘ladi. 
Uning ustigar ikki dengiz orasidagi masofa 500 km. atrofida. Bu degan so‘z,
203


qo'shim cha ish o ‘rinlari va yangi kanal vujudga keladi. U chta respublikani 
(Qozog‘iston, Turkmaniston, 0 ‘zbekiston) bir-biri bilan bog'lovchi yan­
gi transport yo‘li paydo bo'ladi. Ozarbayjon, Rossiyadan yuklar suv yo'li 
orqali to 'g 'ri Qoraqalpog'istonga kelib tushadi.
Orol dengizining qurishi natijasida keladigan zarar haqida boshqa 
m a’lum otlar ham bor. M.Orlova va Oxunovlarning m a’lumotlariga ko'ra, 
sobiq Orol dengizi tubidagi tuzlar katta masofaga tarqalib ketmoqda. Hat- 
to Orol tuzi Himolay tog'larida va Mongoliyada ham topilgan.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish