I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Kimyoviy reaksiyalar 
kimyoning asosidir. Bir xil reaksiyalar ikkala to ­
monga boradi (unda strelka ikkala tomonga qaratib chiziladi - qaytar reak­
siya), boshqalari faqat bir tomonga boradi, uchinchilari esa umuman bor- 
maydi.
Reaksiyani amalga oshirishda, kimyoviy bog'larni qayta ko'rishning ni- 
maga bog'liqligini tushunish muhimdir.Prinsipial javobni termodinamika 
qonunlari beradi. Masalan, issiqiik olish uchun m a’lum yoqilg'i talab qili- 
nadi. Issiq jismdan atrof-m uhitga issiqlikning o'tishi ular orasida energiya- 
ning taqsimlanishi bilan tushuntiriladi. M oddaning atomlari o'zlarining 
issiqiik harakati energiyalarini atrofdagi atomlarga xaotik ravishda beradi. 
bunda o'zining holati o'zgarmavdi.
Kimyoviy reaksiyalarda ham energiya tarqaladi, ammo atomlaming holati 
o'zgaradi, dastlabki moddalar boshqa bo'ladi va yangi modda hosil bo'ladi.
Termodinamik mulohazalardan foydalanib, o'z-o'zidan rivojlanadigan 
kimyoviy reaksiya sharoitini va uning yuzaga kelish sharoitini kuzatish 
mumkin. Misol uchun, siz barmog'ingizni kesdingiz va kesilgan joyni vo­
dorod peroksidi bilan kuydirdingiz, shunda u bijirlab kislorod chiqaradi:
2H, О , --------2H, O + O,
ammo teskari reaksiya bo'lmaydi. Termodinamikada buni quyidagicha tu ­
shuntiriladi: reaksiya faqat moddalar energiyasining kamayishi va entropi- 
yaning ortishi hisobiga boradi. Haqiqatan ham, entropiya ortadi, chunki 
suv molekulasida katta molekuladagiga nisbatan atomlar ancha tartibli joy- 
lashgan, reaksiya berishi mumkin, agar uning 
erkin energiya 
qiymati kamay- 
sa, F — E — TS. Buni nazariya isbotladi. Tosh bilan bo'ladigan misolni
156


ko'raylik: qachonki u tortishish kuchi asosida yerga tushsa, uning potent- 
sial energiyasi kamayadi. Shundayjarayon kimyoviy reaksiyada ham kuza- 
tiladi, u bunda uning erkin enei^iyasi ancha kichik darajaga o ‘tadi. Bu mis- 
ollarda to‘liq o‘xshashlik mavjud, chunki entropiyaning o ‘zgarishi bo‘lmaydi. 
Ammo bu reaksiyalarda entropiyaning o ‘zgarishini hisobga olish kerak
reaksiyani amalga oshirish, uning o ‘z -o ‘zidan borishini bildirmaydi. Rea- 
gentlardan birikmalar hosil bo'lishining hamma hollari orasida har xil dara- 
jadagi barqarorlikdagi birikmalar ham boladi. Barqarorligi kam bo‘lgan 
birikmalarning erkin energiyalari katta bo‘ladi, ya’ni yangi hosil bo‘lgan 
birikmalar dastlabki moddalarga nisbatan beqaror boMadi. Erkin energiya 
qiymatidagi bu farqni yengish uchun, qo'shim cha energiya zonasi talab 
qilinadi, kimyoda bu energiyaga faollashish energiyasi deyiladi. Bu kimyo­
viy reaksiyaning tezligini aniqlaydi, ammo u energetik g‘ovni yengib o'tish 
uchun yetarli bolm aganda reaksiya bormaydi. Shuning uchun katalizator- 
larqo'shish yordamida faollashish energiyasi qiymatini kamaytirish uchun 
harakat qiladilar, katalizatorlar yordamida ko'pgina texnologik jarayonlar 
amalga oshiriladi. Tirik kletkalardagi (organizmlardagi) ko‘pgina biokimyo- 
viy jarayonlar katalitik jarayonlardir. Faollashish energiyalarini hisoblash 
bilan kvant kimyosi shug‘ul!anadi va u yordamida kerakli kimyoviy reaksi- 
yalarni amalga oshirishning optimal yo‘llari (sharoitlari) ishlab chiqiladi.
XIX 
asming eng buyuk yutuqlaridan biri, kimyoviy reaksiyalarning bo- 
rish xarakterini aniqlash bo‘ldi. Ko‘pchilik tajribalar molekulalar har xil 
kimyoviy moyillikka ega ekanligini isbotladilar. Kimyoviy reaksiyalar har xil 
tezlikda borishlari mumkin, bunda ular issiqlik yutishlari yoki issiqlik chiqansh- 
lari, qaytaryoki qaytmas boMishlari mumkin. Kimyoviy reaksiyalarning bonsh 
sharoitlarini, kimyoviy moyillikka bog‘liqlik sharoitlarining qonuniyatlarini 
kimyoviy termodinamika qonunlari asosida tadqiq qilgani uchun kimyogar- 
lar orasida birinchi bo‘lib 1901-yili Vant-Goff Nobel mukofoti laureatligiiga 
sazovorbo‘ldi. Vant-Gofftenglamasi harorat ko‘tarilishi bilan atom va mole­
kulalar tezroq harakatlanishi to'qnashish sodir boMganda. ular energiya- 
lariningortishini va kimyoviy reaksiyaning boshlanishi uchun yetarli bo'lishini 
ko'rsatdi. Agar moddalarning entropiya qiymatlarini bilsak, kimyoviy reak­
siyalarning borish jarayonlarini real aniqlash mumkin boladi.
Kvant kimyosining rivojlanishi natijasida kimyoviy reaksiyalarning mikro- 
darajada borishini avrim molekulalar va ularning elektron strukturalarini 
kolrish imkoniyati yaratiladi. Ayrim obyektlarni alohida emas, balki butun 
sistemalarni izohlashda termodinamik yondashishdan foydalanish reaksi­
yalarning borish tendensiyalarini chuqur tushunish imkonivatini berdi.
1952-yil yaponiyalik tiztko-ximik Kenti Fukui (1918-yil tug'ilgan) 
molekulyar orbitalar metodi ustida ishlashni taklif qildi va o'tish holatini
157


yoki faol kompleks holatiga o'tish m uhim ekanligiga baho berdi va bunda 
reaksiyalaming borishida hatto katalitik reaksiyalarda ham tashqi qavatdagi 
elektronlar muhim rol o ‘ynashini ko‘rsatdi. EVMda qilingan hisoblar un­
ing fikrlarini tasdiqladi va Fukui g'oyalaridan hozir ham foydalanilmoqda. 
Amerikalik fiziko-ximik Roald Xofman (1910) Fukui usulini hisoblash 
darajasigacha yetkazdi va kimyoviy reaksiyalarda molekulalarning orbital 
simmetriyalarining saqlanish qoidasini ishlab chiqdi.
Ikkala olim ham 1981-yilda kimyo bo ‘yicha Nobel mukofoti laureatlari 
bo ‘lishdi. Kimyo reaksiyalarda birinchi darajaga reaksion qobiliyat, uning 
energetik va entropiylik imkoniyatlari, kimyoviy reaksiyalaming tezliklari, 
katalitik va kinetik qonuniyatlari chiqadi. Bu omillarni chuqurroq va batafsil 
ko‘rib chiqaylik.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish