M. R. Tursunova xalqaro menejment


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

8.4.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati 
2008 yilda boshlangan va jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solgan global 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bugungi kunda ham dunyo iqtisodiyotiga o’z salbiy ta’sirini 
o’tkazib kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Bugun dunyo iqtisodiyotidagi 
ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi hali-beri nihoyasiga 
yetgani yo’q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”. Ma’lumki, TMKlar to’g’ri xorijiy 
investitsiyalar (TXI) oqimida muhim rol o’ynaydi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
davrida to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimlari sezilarli kamaydi. Tadqiqotlar 
ko’rsatishicha, TXIlarning global oqimlari 2010 yildan 2017 yilgacha uzluksiz o’sib bordi 
va 2018 yilda rekord darajani – 1979 mlrd dollarni tashkil qildi, 2018 yilda 14 % ga, ya’ni 
1697 mlrd dollargacha, 2019 yilda esa 900-1200 mlrd dollargacha pasaydi. Shunga 
qaramay, 2020 yilda ularning asta-sekin tiklanishi va 2021 yilda qo’shimcha o’sishi 
kutiladi. Tovar va xizmatlarga talabning pasayishi TMKlarni o’z investitsion dasturlarini 
qisqartirishga majbur qildi. Dastlab TXI rivojlangan mamlakatlarda 29 % pasaygan bo’lsa, 
137 


ayni vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda va Janubi-Sharqiy YYevropa hamda 
MDHning o’tish iqtisodiyotili mamlakatlarida mos ravishda 17 % va 26 % ko’payib bordi. 
Ularning global TXI oqimlaridagi ulushi mos ravishda 2017 yilda 27 % va 5 % ni tashkil 
qilgan bo’lsa, 2008 yilda 37 % va 7 % gacha ko’paydi (3.7-jadval). Biroq, 2018 yil oxiri 
va 2019 yil boshlarida bu mamlakatlar ham inqirozning ta’siridan aziyat cheka boshladilar. 
Korporatsiyalar foydasining kamayishi va aktsiyalar narhlarining keskin pasayish holati 
xalqaro qo’shilish va qo’shib olishlar jarayoniga (M&As) ham ta’sir ko’rsatdi, bu esa TXI 
larning rivojlangan, shuningdek tobora ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib 
borishining asosiy usullaridan biridir. To’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar nisbatan uzoq 
muddatli va ularning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish xizmatlarini moliyalashtirish va 
kengaytirish hisoblanadi, shu sababli ular bosh kompaniya tomonidan sinchiklab 
o’rganiladi. Boshqa tomondan, kompaniya ichida qayta sarmoyalangan daromad va 
kreditlar oqimlari TMKning qisqa muddatli likvidlik yoki qulay soliqqa tortishga 
asoslangan qiziqishi bilan aniqlanadi. Bundan tashqari TXI oqimlari, kapitalning portfel 
sarmoyalar va bank ssudasi singari boshqa harakatlanish shakllariga nisbatan 
egiluvchanroq bo’ldi, chunki TXI uzoq muddatli tavsifga ega. XVF mutaxassislarining 
fikricha, 2017-2018 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga TXI oqimlari qisqarishi 
davom etadi, lekin umuman olganda yuqoriligicha qolishi va taxminan 400 mlrd AQSh 
dollariga teng sof kirim hajmiga ega bo’lishi kutiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga 
portfel kapital va kreditlashning sof oqimlari aksincha, salbiy ko’rsatkichni namoyon 
qiladi. YUNKTAD tomonidan o’tkazilgan 2009–2011 yillar uchun Jahon Investitsion 
istiqbollar sharhi (WIPS) ko’rsatishicha, eng katta hajmdagi jahon TXI va aktsiyalar 
jamlangan Shimoliy Amerika va Yevropa Ittifoqining rivojlangan mamlakatlarida 
TMKlarning investitsion rejalarining qisqarishi kuzatiladi. 2018 yilda rivojlangan 
mamlakatlarga TXI oqimi 29 % ga, ya’ni 962 mlrd AQSh dollariga qisqardi. Bu asosan 
M&Aning xalqaro sotuvlar narhining besh yillik o’sishdan so’ng 39 % ga tushishi 
hisobiga ro’y berdi. Yevropada M&A bo’yicha xalqaro bitimlar 56 %, Yaponiyada - 43 % 
qisqardi. 
2018 yilda AQShdan, Yevropa mamlakatlaridan TXIning chiqib ketishi kamaygan 
bo’lsa, faqatgina yapon TMKlari 2018 yil boshida o’zlarining TXI chiqib ketishini 
138 


ko’paytirishga erishdi. Ular global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida firmalar 
narhining pasayishidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanib, xorijiy xaridlari hajmini 
ko’paytirdi. Yapon kompaniyalarining xalqaro M&As qiymati 2019 yilda rekord darajaga, 
ya’ni 54 milliard AQSh dollariga etdi va Yaponiyani eng ko’p TXI chiqib ketgan 
mamlakatlar guruhiga qaytardi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish