Xorijiy filiallarga ega ko’pgina firmalar kadrlar siyosati bilan bog’liq bo’lgan bir
qator muammolarga duch keladilar. Xalqaro korporatsiyalarda inson resurslarini
boshqarish bo’yicha turli xil yondashuvlarning mavjud bo’lishiga qaramay, ularning
aksariyat qismi belgilangan maqsadlarga erishish hamda chet elda korxonaning iqtisodiy
rivojlanishi uchun yuqori malakali xodimlar muhim ahamiyatga egaligini e’tirof etadi.
“Sanoat konferensiyasi kengashi” nomli tadqiqot tashkiloti korporatsiyalar prezidentlari
o’rtasida dunyodagi o’zgarishlar jarayoni va ularni
boshqarish muammolariga
bag’ishlangan o’zaro muloqot o’tkazdi. “Yunilever” korporatsiyasining raisi bu to’g’risida
shunday dedi: “Biz uchun yagona va eng asosiy masala - bu tashkilot va insonlardir”.
Tashkilot shtatini to’ldirish jarayonida malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni
hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Har bir firma o’z ishini yuqori darajada yuajarish
hamda malakasini oshirish layoqatiga ega bo’lgan kadrlar va yollanma xodimlarga bo’lgan
ehtiyojni aniqlashdan boshlashi zarur. Quyida xalqaro operatsiyalar miqyosida inson
resurslarini boshqarishning mamlakat ichkarisida ushbu
resurslarni boshqarishdan
farqlarini ko’rsatib beruvchi omillar keltirib o’tilgan.
1. Mehnat bozorining xilma-xilligi. Har bir mamlakatda ishchi kuchi tarkibi va unga
qilinadigan harajatlar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, transmilliy kompaniyalar turli
mamlakatlar ishchi kuchi bozoriga bemalol kira olishlari tufayli bundan foyda ko’rishlari
mumkin. Masalan, AQShning “General motors” korporatsiyasining Meksikada joylashgan
yordamchi korxonasida asosan past malakali ishchilar ishlaydi, “IBM” korporatsiyasining
Shveysariyadagi ilmiy-tadqiqot bo’limida aksincha, yuqori malakali
fizik mutaxassislar
ishlaydi. Kompaniyalar xorijiy resurs va bozorlarga kirganlarida, ular tomonidan ishlab
chiqarilayotgan ayni bir turdagi mahsulot mehnat bozorlaridagi mavjud tafovutlar
ta’sirida turlicha bo’lishi mumkin.
2. Ishchi kuchi harakatining muammolari. Ishchi kuchining boshqa mamlakatga
ko’chishi jarayonida insonlar oldida huquqiy, iqtisodiy, jismoniy va madaniy to’siqlar
vujudga keladi. Transmilliy kompaniyalar, aksincha, bu
jarayondan, ayniqsa, mehnat
bozoridagi tafovutlar zarur mutaxassisliklar yetishmovchiligini olib kelganda katta foyda
oladilar. Bunday vaziyatlarda ko’pincha kompaniyalarda kadrlarni tanlash va tayyorlash,
147
mehnat xaqi to’lash va xodimlarni rag’batlantirish, ularni bir joydan
ikkinchi joyga
ko’chirish bo’yicha o’z uslubiyatlarini ishlab chiqishga to’g’ri keladi.
3. Boshqarish uslubi va tajribasi. Boshqarish uslubiga turli mamlakatlarda turlicha
yondashadilar. Buning tasdig’i tariqasida ishchilar va ma’muriyat o’rtasidagi
munosabatlarning amaldagi ijtimoiy me’yorlarini ko’rsatish mumkin. Shunga o’xshash
tafovutlar bosh firma va uning filiallari xodimlari o’rtasidagi munosabatlarda keskinlik
tug’dirishi yoki boshqaruvchi ishining o’z mamlakati ichidagi mehnat unumdorligiga
nisbatan xorijdagi faoliyati samarasini pasaytirish mumkin. Ayni vaqtda xodimlarni
boshqarishning milliy xususiyatlari bilan tanishib chiqish bir mamlakat doirasidan ikkinchi
mamlakatga ijobiy tajribalarning o’tishiga imkon beradi.
4. Milliy yo’nalganlik. Garchan kompaniyalar maqsadlari qatorida global masshtabda
yuqori samara va raqobatga erishish vazifasi ko’rsatib o’tilgan bo’lsada, aslida uning
xodimlari (ishchilar ham, boshqaruvchilar ham) global emas, balki milliy manfaatlarga
ko’proq urg’u berishlari mumkin. Xodimlar bilan ishlashning ayrim usullari tor milliy
orientatsiyani chetlab o’tishga yordam berishi mumkin.
5. Nazorat. Hududiy jihatdan olislik va xorijiy faoliyatning o’ziga xos
xususiyatlari
kabi omillar nazorat olib borishda qiyinchilik tug’diradi. Shu bois xorijiy ishlab chiqarish
boshqaruvini ta’minlash uchun kompaniyalar tomonidan ayrim hollarda kadrlar
siyosatining aniq belgilangan tamoyillariga rioya qilish talab qilinadi. Lekin masofaviy
olislik va mamlakat xususiyatlari kompaniya ma’qul topgan
kadrlar siyosatini olib
borishni murakkablashtirishi mumkin, va bu o’z navbatida turli xil siyosat olib borishga
majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: