Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlarni belgilash



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlarni belgilash 
Ishlab chiqarishga oid zaharlanishlar va spetsifik ta’sir xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar 
bilan ishlaganda profilaktik tadbirlar qatoriga umumiy tadbirlardan tashqari zararli ta’sirga 
uchraydigan organizmning himoya qobiliyatini oshirishga qaratilgan va organizmning funksional 
holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Bu yo‘nalishdagi 
tadbirlarning eng muhimlari qatorida ishchilarni davolovchi-profilaktik ovqatlantirish tadbirlari 
muhim o‘rin egallaydi.
Davolovchi-profilaktik ovqatlantirish - bu ishchilarning asosiy ovqatlariga qo‘shimcha tarzda 
bepul beriladigan ovqat ratsionlari hisoblanib, zararli kasbda ishlovchilargagina beriladi. Bu ovqat 
ratsionlar organizmning rezistentligini oshirish bilan bir qatorda eng ko‘p ta’sirga duchor 
bo‘ladigan organlar va sistemalarning funksional holatini yaxshilaydi. 
Ishchilarni davolovchi - profilaktik ovqatlar bilan ta’minlash "Mehnat haqidagi qonunlarning 
asoslari" ga muvofiq belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining "Mehnat haqidagi qonunlarining 
asosi" da keltirilganidek - "Mehnat sharoitlari zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchilarga, belgilangan 
me’yorlarda bepul tarzda sut va unga tenglashadigan mahsulotlarni berish lozim. O‘ta zararli 
mehnat qilish sharoitlarida xizmat ko‘rsatuvchilarga esa belgilangan miqdorlarda bepul tarzda 
davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish lozim". Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 
zararli kasblarda ishlovchilarga davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish SanQ va M asosida 
amalga oshiriladi. 
Davolovchi-profilaktik ovqatlar 3 turga bo‘linadi:maxsus davolovchi - profilaktik 
ratsionlar;sut va sut mahsulotlari;vitaminlar. 
Ovqatlarning zaruriy spetsifik ta’sirini hisobga olib 5 ta davolovchi-profilaktik ratsionlar 
ishlab chiqilgan. Bu ratsionlarga kiritilgan asosiy mahsulotlar qatoriga - non,un mahsulotlari
yormalar, makaronlar, dukkakli o‘simlik mahsulotlari, qant, go‘sht, baliq, jigar, tuxum, kefir, sut, 
tvorog, qaymoq, pishloq, hayvon yog‘ lari kiradi. 
Ovqat mahsulotlarining miqdori va ularning ta’sir ko‘rsatish tabiati zararli omillarning turi va 
kasblarga muvofiq belgilanadi. 
№1 - ratsion - ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan aloqada bo‘ladigan shaxslar uchun 
mo‘ljallangan. Bu ratsion organizmda yog‘ almashinuvini stimullaydigan va jigarning antitoksik 
funksiyasini oshiruvchi ovqat mahsulotlari. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
42 
№2 - ratsion - fosfor, ishqoriy metallar, simob va uning anorganik birikmalari, qo‘rg‘oshin 
birikmalari, sian birikmalari va fosgen bilan aloqada bo‘ladigan ishchilarga mo‘ljallangan. Ratsion 
oqsillarga boy, o‘zida o‘ta to‘yinmagan yog‘ kislotalarini tutuvchi, kalsiyga boy bo‘lgan 
mahsulotlardan tashkil topgan bo‘lib, organizmda zararli moddalarning to‘planishini sekinlashtirish 
xususiyatiga ega. 
№3 - ratsion - qo‘rg‘oshinning anorganik birikmalari bilan aloqada bo‘ladigan ishchilar uchun 
mo‘ljallangan. Ratsion tarkibiga qo‘rg‘oshin birikmalarini organizmdan tezroq chiqishini 
ta’minlovchi pektinga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan boyitilgan. 
№4 - ratsion - nitro - va aminobirikmalar, benzol, xlorli uglevodorodlar, margumush 
birikmalari, tellur, fosfor birikmalari bilan ishlovchilarga beriladi. Ratsion tarkibidagi mahsulotlar 
sut mahsulotlari va o‘simlik yog‘lari bilan to‘yintirilgan bo‘lib, tarkibida lipotrop moddalari bor va 
bu moddalar jigar funksiyasini yaxshilaydi. 
№5 - ratsion - tetraetilqo‘rg‘oshin, bromli uglevodorodlar, tiofos, simobning anorganik 
birikmalari, marganets, bariy moddalari bilan ishlovchilar uchun mo‘ljallangan. Bu ovqat 
ratsionining tarkibida letsitin (tuxum), O‘TYoK, to‘la qiymatli oqsillar bo‘lib, asab sistemasi va 
jigar faoliyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. 
Keltirilgan ratsionlarga belgilangan mahsulotlarni qo‘shib, issiq ovqat tayyorlanadi va uni ish 
boshlanishidan oldin ishchilarga tarqatiladi. Bundan tashqari, kimyoviy moddalar bilan bog‘liq 
bo‘lgan kasbdagilarga qo‘shimcha tarzda sut va sut mahsulotlari (0,5 1 miqdorida) belgilangan. Sut 
va sut maxsulotlarini berish bilan bog‘liq bo‘lgan kasbdagilar ham SSV tomonidan tuzilgan maxsus 
ro‘yxat asosida berilishi ko‘rsatilgan. Beriladigan sut maxsus idishlarga solingan bo‘lishi kerak, 
flyagalarda keltirilgan sut bo‘lsa, tarqatilishidan oldin qaynatilishi shart. 
Bepul tarzda beriladigan vitaminlar (A vitamini - 2 mg, B1 , B2 - vitaminlari - 3 mg dan, PP 
vitamini - 20 mg, C vitamini - 150 mg) issiq sexlarda ishlovchilar, tamaki fabrikalarida ishlovchilar 
uchun mo‘ljallangan. Sanoat korxonalaridagi mehnat gigiyenasiga kelganda shuni nazarda tutish 
kerakki, bu korxonalarda ishlovchi ayollar va o‘smirlarning mehnatlarini muhofaza qilish maqsadga 
muvofiqdir. 
Sanoatning deyarli hamma sohalarida kimyoviy birikmalarni qo‘llashda keng imkon berilgan. 
Kimyoviy birikmalar texnologiya jarayonida xom ashyo va ish joylarida esa ikkilamchi mahsulot 
sifatida zaharli birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish