Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Profilaktikasi quyidagilardan iborat



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Profilaktikasi quyidagilardan iborat

1. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga aloqador shahslarning sog‘ligi ustidan qat’iy 
nazorat olib borish. Teri qatlamida qulog‘ida, ko‘zida, tamog‘ida yiringli kasalliklar va yuqori nafas 
yo‘llarida yallig‘lanish belgilari bo‘lgan shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqador ishga 
qo‘yilmaydi. 
2. Mastit kasalligiga uchragan hayvonlardan sog‘ib olingan sutni ichishni ta’qiqlash. 
3. Oziq-ovqat korxonalarining xodimlari orasida stafilokokk tashuvchanlikni aniqlash ustidan 
doimo nazorat olib borish, burun-xalqum va chirigan tishlarni o‘z vaqtida davolatishlari kerak. 
4. Sut, sut mahsulotlari, kremli konditer taomlar shuningdek tez buziladigan boshqa 
mahsulotlarni sovitiladigan xonalarda saqlash. 
Botulizm (Klostridium botulinum) 
Botulizm 
lotin tilidan – botulis so‘zidan olinib, kolbasa ma’nosini anglatadi. Chunki 
kasallikning kelib chiqishi ko‘pincha kolbasa iste’mol qilish natijasida paydo bo‘ladi. Botulizm 
kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya - Cl. Botulinum 1896 yilda Gollandiyalik cho‘chqa 
go‘shtidan qilingan kolbasani ist’emol qilish natijasida kasallikning og‘ir turi keng tarqalgan vaqtda 
E.Van Ermengem tomonidan kashf etilgan. Botulizm-klostridium botulini toksini tushgan ovqatni 
iste’mol qilish natijasida bo‘ladigan og‘ir, o‘tkir kasallik. Klostridium botilunimning oltita tiplari 
ma’lum (A, V, S, D e, G). Ularning hammasi kishilarda kasallik qo‘zg‘atishi mumkin va har bir 
tipning toksini faqat xudi shu tipga chiqargan zardob bilan neytrallanadi. Botulizmni qo‘zg‘atuvchi-
aniq anaerob u havo kirmagan joyda ko‘payadi, ya’ni baliq, yog‘li cho‘chqa go‘shtida, kolbasaning 
katta bo‘laklari ichida yoki germetik berk konserva va bankalarida hosil bo‘ladi. 
Klinikasi. 
Botulizm belgilari organizmga tushgan mikrob toksinlariga ko‘ra 2 soatdan 36 
soatgacha davom etadigan yashirin davrdan keyin yuzaga chiqadi. Kasallikning dastlabki 
alomatlari-«Ko‘z simptomlari» buyumlarning qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinishi, ravshan ko‘rishning 
pasayishi. Bemorlarning boshi og‘riydi, tovushlar butunlay chiqmay qolishi mumkin (afoniya). 
Ko‘z qorachig‘larining yorug‘likni sezishi susayadi, akkamodatsiya pasaygan, ko‘z soqqalarining 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
25 
o‘ynab turishi (nistagim), katta kichikligi har xil (anizokoriya). Yuz muskulaturasining 
harakatchanligi zarar ko‘radi, mimika hatto yo‘qoladi ham (amimiya). Og‘zini ochish qiyinlashadi, 
yutish harakati buzuladi. Tana temperaturasi normal, puls tez uradi. Kasalikning oxirgi davrida 
nafasning buzulishi asosiy siptom hisoblanadi. Botulizmda spetsifik zardob o‘z vaqtida 
yuborilmagan hollarda o‘lim hodisasi 70% gacha etadi. 
Profilaktikasi 
Dudlangan mahsulotlarni (baliqni) tayyorlash uchun baliqni sovutish asosiy shart hisoblanadi. 
Baliq zavodlarida dudlangan mahsulotlar tayyorlash uchun baliqlarni tiriklayin shikastlamasdan 
qabul qilish tavsiya etiladi. Konserva sanoatida ham konservalarning sterilizatsiya qilish rejimini 
puxta nazorat qilish kerak. Anaerob sharoitlarida va tegishli temperaturaning yuzaga kelishi toksin 
bo‘lishi uchun sharoitlar yaratadi. Bomboj belgilari bo‘lgan konservalarni savdo tarmog‘iga 
chiqarish man etiladi.
Davosi: botulizmga qarshi antitoksin zardobi yuborilishi kerak.

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish