Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Fermentatsiya deb

produtsentni kultivatsiya qilish (o‘stirish) va maksiml darajada antibiotikni hosil qilinishiga aytiladi. 
Antibiotiklar mikroorganizmlar tanasida sintezlanadi yoki kultural suyuqlikda biosintez jarayonida 
ajraladi. Fermentatsiya jarayoni uchun asosiy jihoz bo‘lib. fermenterlar hisoblanadi. Ularning 
hajmlari turlicha, hatto 100 000 litrgacha bo‘lishi mumkin. Fermenterlar isitish va sovutish 
sistemalari, sterillangan havo aralashmasini berish, aralashtirgich, ovqatli muhit va kultural 
suyuqlikni kiritish va chiqarish mexanizmlari bilan jixozlangan. Texnologik jarayonning mazkur 
bosqichi qo‘llanadigan jixozlarning germetikligi bilan ta’riflanadi. Bunda havo muhitining 
antibiotiklarni biosintezlash uchun qo‘llanadigan moddalar, hamda fermentatsiya jarayonining 
yakuniy bosqichi bo‘yicha hosil bo‘ladigan biomassa bilan ifloslanish mumkinligi amalda bartaraf 
qilingan. Antibiotiklarning kultural suyuqlikda bo‘ladigan juda ko‘p moddalar bilan birikib
erimaydigan birikmalarni hosil qilishi, konsentratsiyani oshirish uchun hamda undagi 
aralashmalarni to‘liq cho‘kishini ta’minlash maqsadida, suyuqlikni suyuqlikning Rn 1,5-2,0 
bo‘lguncha shovul va xlorid kislotasi bilan nordonlashtiriladi. Ishlov berilgan kultural suyuqlikni 
mitseliyalar va cho‘ktirilgan ballast moddalardan holi qilish uchun «nativ eritma» deb ataluvchi 
tiniq filtrat olinguncha suziladi (filtrlanadi). Ishlov berilgan filtral suyuqlik suzish ochiq turkumdagi 
romli filtr- presslarda amalga oshiriladi, natijada nativ eritmaning sochilishi yuzaga keladi. Filtr-
presslarga mahsulotni qo‘lda solishda ishchilar, tarkibida antibiotiklari bo‘lgan kultural suyuqlik 
bilan aloqada bo‘lishi mumkin. Antibiotiklarni olishning keyingi bosqichi ajratish va kimyoviy 
tozalash hisoblanadi. Mazkur bosqichda antibiotikli eritmani konsentrlash va tozalash shunday 
bo‘lguncha olib boriladiki, toki undan tayyor dori preparatini olish mumkin bo‘lsin. Nativ eritmada 
antibiotiklarning miqdori juda kam, shuning uchun uni toza holda ajratib olish, tozalash va tayyor 
dori shakliga keltirish - juda murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayondir. Masalan, 1 kg 
antibiotik olish uchun 600 litrga yaqin kultural suyuqlikni qayta ishlash kerak bo´ladi. 
Antibiotiklarni ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o‘tkazishda quyidagi usullardan birini 
qo‘llash mumkin: 1) turli eritmalardan, foydalanish bilan ekstraksiya qilish usuli; 2) cho‘ktirish 
usuli; 3) ion almashtirish usuli. Antibiotiklarni biosintezlashda ekstraksion va ion almashtirish usuli 
keng qo‘llanishga egadir. Oxirgi yillarda antibiotiklarni ajratish va tozalashdagi ion almashtirish 
usulidan boshqa turdagi dori preparatlarini olishda ham foydalanilmoqda. Bu usulning asosiy 
ustunligi shundan iboratki, bunda zaxarli va portlashga xavfli eritmalardan foydalanishga umuman 
xojat qolmaydi: usul iqtisod tomonidan ham foydali, chunki uning texnologiyasi oddiy va 
qimmatbaho jixozlar va xom-ashyolarni talab qilmaydi. Nativli eritmadan antibiotiklarni 
ekstraksiya qilish ekstraktor-separatorlarda amalga oshirilib, uning asosiy kamchiligi 
ekstraktorlarga mahsulotni qo‘lda solinadi, natijada mazkur sex havosi eritmalar bilan ifloslanishi 
mumkin. Masalan, tetratsiklin va oksitetratsiklikni ishlab chiqarishda izooktanol moddasi bilan 
havo muhiti ifloslanishi mumkin. Antibiotiklarni ajratish va kimyoviy tozalash jarayonida 
qo‘llanilayotgan jixozlarning yaxshi takomillashtirilmaganligi tufayli havo muhitiga eritmalardan 
tashqari olein kislotasi, natriy ishqori, shovul kislotasi, butil va etil spirtlari, butilatsetat va b.q 
tushishi mumkin. Ionli sorbsiyalash usuli shundan iboratki, nativ eritma sulfokationit SBS-3 
solingan ion almashtiruvchi kolonnalarga markazdan qochuvchi nasoslar yordamida uzatiladi. Ion 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
153 
almashinishi natijasida antibiotik ionitlarga sorbsiyalanadi, so‘ngra uni ammiak-boratli bufer 
eritmada desorbsiya qilinadi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish