Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
161
joylarini axlatlar va chiqindilardan o‘z vaqtida tozalash hamda zararsizlantirish muhim gigiyenik
ahamiyatga egadir.
Aholi yashash joylarini qanday usulda bo‘lmasin tozalashda quyidagi asosiy prinsipga amal
qilish juda muhimdir - aholi imkoniyati boricha ana shu chiqindilar bilan kamroq aloqada bo‘lishi
va atrof-muhitga imkon qadar zarar keltirmasligi, ya’ni tabiiy muhitning tabiiy holiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmasligi kerak. Bu prinsipga aholi yashash joylarida to‘planadigan axlatlar va chiqindilarni
muntazam, o‘z vaqtida, maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan holda chetlashtirish va ularni
zararsizlantirishni esa iloji boricha germetik tarzda bajarilish sharoitidagina amal qilinishi mumkin.
Aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1) tashib chiqarish tizimi orqali;
2) aholi yashash joylarini kanalizatsiya bilan jihozlash orqali.
Tashib chiqarish tizimida kichik aholi yashash punktlarida hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilar
avval to‘planishi va vaqtincha saqlanishi lozim; bu tizimni qo‘llashda quyidagi holatlarga e’tiborni
qaratish kerak - chiqindilar to‘planadigan o‘ralar izolatsiya qilingan bo‘lishi kerak, tuproq orqali
sizilib o‘tib shu tuproqni va er osti suvlarini ifloslamasligi lozim.
Axlat idishlari va o‘ralarning to‘lishi bilan tezlikda maxsus transport vositalari yordamida
ularni aholi yashash joylaridan chetga chiqarilishi va zararsizlantirilishi kerak. Suyuq chiqindilarni
zararsizlantirish assenizatsiya maydonchalari va haydash maydonchalarida amalga oshiriladi,
bunday tozalash va zararsizlantirish usuli shu maydonlardagi tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish
xususiyatiga asoslangan holda bajariladi. Kanalizatsiya tizimi aholi yashash joylarini suyuq
chiqindilardan tozalashdagi eng yaxshi variant hisoblanadi.
Kanalizatsiyalangan shahar va ishchi poselkalarida oqizish tizimidan to‘g‘ri va unumli
foydalanilganda aholi yashash joylari doim toza bo‘lib, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar darajasi
keskin pasayadi. Kanalizatsiya deganda - turar joy binolari ichidagi har bir xonadonda hosil
bo‘ladigan suyuq chiqindilarni qabul qilish vositalari, oqizish shoxobchalari, chiqindi suvlarini
tozalash inshootlarini tushuniladi. Chiqindi suvlarini zararsizlantirish sug‘orish va boyitish
maydonlarida, filtrlash maydonlarida yoki maxsus tozalash inshootlari majmuasida amalga
oshiriladi.
Umumiy kanalizatsiya tizimi bo‘lmagan hollarda ayrim ob’ektlardan hosil bo‘ladigan suyuq
chiqindilar, agar ularning umumiy hajmi 800m
3
bo‘ladigan bo‘lsa, kichik kanalizatsiya tizimi
jihozlanishi mumkin. Bunday tozalash va zararsizlantirish turi hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilarni
obektdan uzoqroqda maxsus tashkil etilgan maydonlarda tuproq orqali tozalash yoki kichik tozalash
moslamalari orqali amalga oshirilishi mumkin, bu inshootlarning qudrati 25—100 m
3
tengdir.
Texnik vositalardan va tibbiy jarayonlardan to‘g‘ri foydalanilgan hamda to‘g‘ri tashkillashtirilgan
tozalash tizimida kanalizatsiya chiqindi suvlarini tozalangandan so‘ng suv manbalariga qo‘shib
yuborilishi yoki maxsus obektlar bo‘lsa shu suvdan qayta foydalanish imkoniyati yaratiladi. Aholi
yashash joylarini qattiq chiqindilardan tozalash (axlatlar) ham etarli darajada murakkab jarayondir.
Axlatlarni zararsizlantirishdagi ananaviy usul - axlat to‘plash joylari va keyinchalik ularni ko‘mish
usuli hisoblanadi (axlatlarni tuproq usulida zararsizlantirish), ammo hozirgi kunda axlatlarni
biotermik usulda zararsizlantirish ham mavjud bo‘lib, axlatlar maxsus kameralarga joylashtiriladi,
natijada axlat o‘z-o‘zidan qizib, uning harorati 50-70 °C gacha ko‘tariladi. Bunday sharoitda axlat
tarkibidagi oqsil va organik birikmalar aerobli sharoitda parchalanib go‘ngga aylanadi,
mikroorganizmlar, ayniqsa patogen mikroblar, gelmentlar va ularning tuxumlari o‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: