Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
157
muvozanatda saqlashni ta’minlaydi. Lekin ba’zan suv tagida ish bajarilganda yoki suvga to‘yingan
er qatlamida ishlaganda organizm atmosfera bosimiga duchor bo‘ladi.
Toqqa ko‘tarilganda yoki samolyot, vertolyotda atmosferaning yuqori qatlamlariga
ko‘tarilganda organizm past atmosfera bosimiga duchor bo‘ladi. Shu sababli atmosfera bosimini
bilish muhim gigiyenik tadbirlardan hisoblanadi.
1980 yil 1 yanvardan boshlab atmosfera bosiminig o‘lchov birligi qilib jahon miqyosida
yagona Paskal (Pa) qabul qilingan.
Atmosfera bosimi dengiz sathida 1000 mbar-1000 Pa - 750 mm simob ustuniga teng. Demak,
1 millibar-0,75 mm simob ustuniga, 1 mm simob ustuni o‘z yo‘lida 1,33 millibarga teng.
Atmosfera bosimini aniqlash yaqin orada ob-havoda kuzatilishi mumkin bo‘ladigan
o‘zgarishlar hamda past yoki yuqori bosim sharoitida ishlaganda qanday profilaktik chora-tadbirlar
ko‘rish kerakligini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari tashqi muhitning gazlar bilan
ifloslanishi atmosfera bosimining qanday ko‘rsatkichida sodir bo‘lganini aniqlashda muhim
ahamiyatga ega.
Atmosfera bosimini simobli, metalli barometrlar hamda barograflar yordamida aniqlash
mumkin.
1. Simobli barometr. Asbob vertikal holatda o‘rnatilgan, ustki qismi berk, pastki qismi esa
simob solingan kosachaga tutashtirilgan shisha naychadan iborat. Bosimni o‘lchashdan oldin simob
ustuni maxsus vintil yordamida “0”ko‘rsatkichiga tenglanadi. Simobning naycha bo‘ylab
ko‘tarilishi, atmosfera bosimini shkala ko‘rsatkichi orqali ifodalaydi.
Simobli barometrni tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga qarab to‘g‘irlab turish kerak,
chunki harorat ko‘tarilish simobning kengayishiga, bu o‘z yo‘lida naycha orqali simob
ko‘tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari shkalaning kengayish koeffitsientini ham hisobga olish
zarur, Barometr ko‘rsatishini to‘g‘irlash simobning kengayish koeffitsientiga 0,000163 hamda
termometr ko‘rsatishiga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi.
Barometr ko‘rsatkichidan to‘g‘irlash ko‘rsatkichi olinadi, agar termometr ko‘rsatkichi musbat
bo‘lsa qo‘shiladi, termometr ko‘rsatishi manfiy bo‘lganda ayriladi.
Misol. Barometr ko‘rsatishi 755 mm simob ustuniga teng, havo harorati 20
0
S bo‘lsa,
tuzatishni topish uchun olingan ma’lumotlar ko‘paytiriladi. 755 x 0,000163 x 20 = 2.46. SHunday
qilib, to‘g‘irlash 2.46 ga teng.
Barometr ko‘rsatishidan to‘g‘irlash ko‘rsatkichi ayrilsa, haqiqiy atmosfera bosimi topiladi:
755-2,46 = 752,54
demak, atmosfera bosimi tekshirilgan sathda 752,54 mm simob ustuniga teng.
2. Metalli barometrlar (aneroidlar). Asbob quticha shaklida bo‘lib, devorlari yupqa metaldan
yasalgan. quticha ichida bosimni sezuvchi bo‘shliq hosil qilingan. Atmosfera bosimining o‘zgarishi
tufayli, quticha devorlari ko‘tariladi yoki puchayadi. Bunday o‘zgarish richag sistemasi orqali
siferblatga o‘rnatilgan ko‘rsatkichni harakatga keltiradi va atmosfera bosimini simob ustunini mm
larda ifodalovchi raqamlarda belgilaydi.
3. Barograf atmosfera bosimini avtomatik holda aniqlash maqsadida o‘zi yozuvchi
barograflardan foydalaniladi.
Metalldan yasalgan qutichalar asbobning sezuvchi qismi hisoblanadi.
Atmosfera bosimining o‘zgarish tufayli, qutichalar shaklini o‘zgartiradi va richagni harakatga
keltiradi.
Harakatga kelgan richag avtomatik holatda aylanuvchi barabanga o‘ralgan qog‘ozda
atmosfera bosimini bildiruvchi chiziqlarni ifodalaydi.
Havo mikroiqlimini baholash bilan bir qatorda uning kimyoviy tarkibini, jumladan uglerod
(IV) –oksid miqdorining ko‘payishi, uning organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zga kimyoviy
birikmalar, changlar hamda kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar bilan ham ifloslanganligin
bildiradi. SHu sababli xonalarda uglerod (IV) –oksid ko‘rsatkichi -sanitariya ko‘rsatkichi deb qabul
qilingan, uning miqdoriga qarab, xona havosini tozalash chora-tadbirlari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: