Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Ishlab chiqarish muhiti havosida kimyoviy birikmalarni aniqlash va baholash



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

 
Ishlab chiqarish muhiti havosida kimyoviy birikmalarni aniqlash va baholash.
Mashg‘ulotning jihozlanishi: 
zaharli kimyoviy birikmalarni ruxsat etsa bo‘ladigan 
miqdorini ifodalovchi jadvallar 
Mavzuni asoslash 
Sanoatning deyarli hamma sohalarida kimyoviy birikmalarni qo‘llashda keng imkon 
berilgan. Kimyoviy birikmalar texnologiya jarayonida xom ashyo va ish joylarida esa ikkilamchi 
mahsulot sifatida zaharli birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. 
Sanoat sharoitida zaharlanish ikki xil: o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir kasb 
kasalligi ish joylarida zaharli birikmalarning (parlar, gazlar) miqdori yuqori bo‘lganda kuzatiladi. 
Surunkali zaharlanish organizmda zaharli birikmalarning asta-sekin yig‘ilishi (material-
kumulyasiya) yoki funksional o‘zgarishlar (funksional kumulyasiya) natijasida rivojlanadi. Yangi 
sintez qilingan har qanday kimyoviy birikma qo‘llanishidan oldin, har tomonlama sinab ko‘rilishi 
shart. Kimyoviy birikmalarga baho berish deganda, sinov ma’lumotlari asosida chiqariladigan 
xulosa ko‘zda tutiladi. 
Bu sinovlarda sintez qilingan kimyoviy birikmaning xo‘jalik uchun foydaliligi odamga va 
hayvonlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadi.
Ishlab chiqarishda sintezlangan kimyoviy birikmalarni sinash uchun davlat sanitariya 
inspeksiyasi tomonidan ruxsat bo‘lishi va uni belgilangan qoida asosida o‘tkazish kerak. SHundan 
keyin laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilib, hayvonlarga so‘ng odamlarga uning ta’siri amalda 
o‘rganiladi. Ayrim a’zolarga va butun organizmga, jumladan nafas yo‘llari, me’da-ichak yo‘llari, 
shikastlanmagan teri va shilliq pardalar orqali yaxshi so‘rilish va so‘rilmasligi aniqlanadi. 
Har qanday kimyoviy birikmaning oragnizmga ko‘rsatadigan zaharli ta’sirini aniqlashda 
toksikologiyada (laboratoriya hayvonlari uchun) eng kam zaharli miqdor (PDK-predelno 
dopustimaya konsentratsiya), o‘ldiradigan eng kam miqdor, o‘ldiradigan o‘rtacha miqdor, 
o‘ldiradigan eng katta miqdor tushunchalaridan foydalaniladi. Eng kam zaharli miqdorda tajriba 
hayvonlariga birikma bir yo‘la yuborilsa, vaqtincha seziladigan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Tajriba hayvonlariga (sichqon, kalamush, quyon va h.k.) kimyoviy birikma yuborilganda shu 
hayvonlardan bittasini o‘ldiradigan miqdor LD
min
bilan belgilanadi. O‘ldiradigan o‘rtacha miqdor 
deganda tajribadagi hayvonlarning yarmini, ya’ni 50%ini o‘ldiradigan miqdor tushuniladi. Odatda, 
bu miqdor LD
50
bilan ifodalanadi va tekshirilayotgan moddani bir necha hayvonga turli miqdorda 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
121 
yuborib, olingan natijalarni solishtirib ko‘rish va statistika, patomorfologiya hamda boshqa 
usullardan foydalangan holda aniqlanadi. 
O‘ldiradigan eng katta miqdor deb, tajribadagi hayvonlarning hammasini o‘ldiradigan 
miqdorga aytiladi. Bu miqdor LD
max
bilan ifodalanadi. Kimyoviy birikmaga gigiyenik va 
toksikologik jihatdan baho berishdan maqsad, o‘sha moddaning hayvon organizmiga surunkasiga 
uzoq vaqt kirib turganida zaharli ta’sir ko‘rsatmaydigan miqdorini aniqlashdir. Buning uchun 
odatda laboratoriya shiroitida hayvonlar yangi kimyoviy birikmaning boshlang‘ich miqdori 
aniqlanadi, moddaning boshlang‘ich miqdori yoki dozasi deb, o‘sha moddadan uzoq muddat 
davomida (4-6 oydan 10-12 oygacha) hayvonga har kuni berib turilganda uning organizmida 
bilinar-bilinmas vaqtincha o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan eng kam miqdorga aytiladi. 
Boshlang‘ich miqdori odatda hayvon vaznining har kilogrammiga to‘g‘ri keladigan modda miqdori 
bilan ifodalanadi. Kimyoviy birikmaning boshlang‘ich miqdori tajribada maxsus usullar bilan 
aniqlangandan keyin shu ma’lumotlardan foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlarida, ichimlik suvida, 
havoda va tashqi muhitning boshqa manbalarida yo‘l qo‘yiladigan miqdor (PDK), ya’ni me’yori 
belgilanadi. 
Ko‘pchilik zaharli birikmalar o‘tkir va surunkali zaharlanish alomatlarini (benzol, uglerod 
oksidi, fosfor va xloroorganik birikmalar). ba’zilari esa faqat o‘tkir zaharlanish (sinil kislotasi) yoki 
surunkali zaharlanish (qo‘rg‘oshin, marganets va h.k.) belgilarini paydo qiladi. 
Kimyoviy birikmalarning organizmga kirishi, to‘qimalarga tarqalishi uning fizik-kimyoviy 
xossasiga bog‘liq. Shu jihatdan asosiy ko‘rsatkich kimyoviy birikmaning yog‘larda va lipoidlarda 
erish xususiyatiga bog‘liq. 
Erish miqdori E.N.Lyublina va A.A.Golubevalar tavsiya etgan formula bilan aniqlash 
mumkin: 
K=0.053 M.M.-3.68; K-tarqalish koeffitsienti; 
M.M.-molekulyar miqdor (molekulyar og‘irlikning hajm og‘irligiga nisbati). 
Kimyoviy birikmalar organizmga nafas organlari, me’da jarohatlanmagan teri va shilliq 
qavatlar orqali kirish mumkin.
Nafas a’zolari bilan kirgan kimyoviy birikmalar yuqorida aytganimizdek chuqur 
o‘zgarishlarni keltirishi mumkin, chunki bu a’zolar orqali yuqori fizikaviy faollikka ega (yuqori 
dispesrli va gazsimon) zaharli birikmalar oragnizmga kiradi va katta qon aylanish sistemasi (jigarga 
kirmasdan) orqali to‘qimalarga tarqalib o‘z ta’sirin ko‘rsatadi. 
Alimentar yo‘l bilan kirgan zaharli birikmalar me’dadan jigarga o‘tib, qisman parchalanib, 
o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. 
Jarohatlanmagan teri hamda shilliq qavatlar orqali organizmga asosan yog‘da va lipoidlarda 
eriydigan zaharli birkmalar kiradi. 
Havo tarkibidagi kimyoviy birikmalarni tahlil qilish uchun bir qancha asboblar, jumladan 
fotokalorimetrlar, spektrofotometrlar, polyarograflar, xromatograflar va boshqalar qo‘llaniladi. 
Kimyo sanoatida tezlik bilan kimyoviy tahlil qilish maqsadida tezkor (ekspress) usuli 
qo‘llaniladi. Shu maqsadda universal gazni tahlil qiluvchi shaxta indikatorlari va boshqa asboblar 
ishlatiladi. 
Bunday asboblarda qo‘shimcha tarzda indikatorlik naychalar yig‘indisi, reaktiv qog‘oz, 
standart shkalasi maxsus eritmalar va h.k. mavjud. 
Korxonada zaharli birikmalar miqdorini doimiy nazorat qilish uchun avtomat usulda zaharli 
birikmalar miqdorini qayd etuvchi, gazni tahlil qiluvchi va gaz miqdori oshganda fotometrik, 
temokimyo, ionizatsion usullarga asoslangan ogohlantiradigan signal beruvchi moslamalar 
o‘rnatiladi. 
Havodan namuna olishda Polejaev, Zaysev, Petri, Rixter va boshqalar tavsiya qilgan o‘ziga 
singdiruvchi 
eritmalardan 
foydlaniladi. 
Havoni 
tortuvchi 
sifatida 
aspiratordan, 
havo 
purkagichlaridan, ejektorlardan, nasoslardan, pnevmometrlardan, gaz soatlaridan, gazli 
pipetkalardan, maxsus kamera yoki butilkalardan foydalanish mumkin. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
122 
Tahlil uchun olingan havo namunasi (V
o
) yuqorida qayd etilgan me’yor sharoitga keltirish 
zarur. 
Kimyoviy birikmalardan zaharlanishning oldini olishda texnikaviy (uzil-kesil), sanitar-
texnikaviy, sanitariya-gigiyenik va profilaktik davolash usullari qo‘llaniladi. 
Texnikaviy usulni qo‘llash mehnat uslubini tubdan o‘zgartirishi mumkin, bunda texnologik 
jarayon zamonaviy moslamalarda (zich yopiq holda) ma’lum masofadan turib bajariladi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish