48
siyosiy munosabatlar
— ijtimoiy boshqaruvni (elementlar nazorati)
mafkuraviy
munosabatlar
— ma'naviy ishlab chiqarish funksiyasi va boshqlar.
Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir.
Sotsiologiya nazariyasida
barcha ijtimoiy tizimlar ikki xil munosabatda mavjud bo’ladi:
1. Sotsietal` munosabatlar.
2.
Ijtimoiy munosabatlar
1.
Sotsietal munosabatlar
sistemasiga: jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy
va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega.
Sotsietal` sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. Ya`ni,
bunda iqtisodiy munosabat
belgilovchi omil bo’ladi. Demak, sotsietal munosabatlar sistemasi tuzilishi:
1)
iqtisodiy:
(asoschisi A.Smit: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsuli,
mehnat taqsimoti natijasida har birin individ o’zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun
ham ishlashga majbur bo’ladi, u boshqalar uchun ishlaganda o’zi uchun ham ishlaydi);
Sotsietal sistemalarning bir-biri bilan o‘zaro uzviy aloqada bo‘lishi dialektik
xarakterga ega edi. Shuning uchun aynan shu sistemada ishlab
chiqarish kuchlari va
ishlab chiqarish munosabatlari, bazis va ustqurma, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong kabi
falsafiy kategoriyalar ishlatiladi. Siyosiy iqtisod nazariyasining asoschisi A. Smit
jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishini quyidagicha ifodalagan edi: «Dunyodagi barcha
narsalar mehnatning mahsulidir, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o‘zi uchun
ishlaydi va boshqalar uchun ishlashga ham majbur bo‘ladi, u boshqalar uchun
ishlaganda. aksincha o‘zi uchun han ishlaydi». Biz sotsnologik nuqtai-nazardan jamiyat
— bu birgalikda
yashovchi kishilarning, o‘zaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo‘lib,
o‘z faoliyatlarida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi uyushmasidir. Jamiyat tashkil topishi
uchun eng kamida ikki kishi bo‘lishi kerak va bular o‘zaro hamkorlikda bo‘lib turishlari
kerak, bu jamiyatning oddiy ko‘rinishi bo‘lib, uning murakkab shakllalarini
shakllantirib boradi, ya'ni oilaning
qurilishi bu oddiy jamiyat, bu jamiyatda A. Smit
ta'rifi bo‘yicha jamiyat a'zosi ham o‘zi uchun, ham o‘zga bir kishilar uchun ishlaydi,
murakkab jamiyatni shakllanishiga o‘z oilasi bilan xissa qo‘shadi. Biz bu misollarni
yana partiyalar tuzilishida, diniy yoki zamonaviy guruhlarning paydo bo‘lishida ko‘rib
borishimiz mumkin, qaysidir bir dinning rivojlanishi natijasida
dindorlar jamiyati
oddiylikdan murakkablik sari boradi, partiya tashkilotlari va guruhlar tuzilishida ham
aynan shunday sotsietal sistema munosabatlarini ko‘rib borishimiz mumkin.
2)
ijtimoiy:
a) ijtimoiy munosabatlar asosiy elementi
ijtimoiy jamoalar tashkil
etadi (sinflar, millatlar, professional,
demografik, hududiy, siyosiy guruhlar); b)
elementi (kishilar jamoaga birikadigan insonlar); v) oila tashkil etadi.
3)
Do'stlaringiz bilan baham: