Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Jamiyat to‘g‘risidagi qarashlarini G. Spenser organitsistik



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/203
Sana27.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#584910
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   203
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Анд

Jamiyat to‘g‘risidagi qarashlarini G. Spenser organitsistik
(jamiyatni 
tabiatning organizmini analogi deb qarab, ijtimoiy hayotni biologik qonuniyatlarning 
belgisi sifatida qarash) ta'limot nuqtai-nazaridan olib qaraydi. Jamiyatning taraqqiyoti 
biologiyaning yangi yutuqlari bilan shakllanib, rivojlanib boradi. Jamiyat a'zolari 
jamiyat farovonligi uchun emas, balki jamiyat jamiyat a'zolari farovonligi uchun xizmat 
qilishi kerak, deb Spenser individualizmi organitsistik konsepsnsiyasiga yondoshadi,— 
insonni sotsiologiyaning eng asosiy muammosi sifatida olib qaraydi. Jamiyat tabiat 
fenomenining umumlashmasi sifatida, uning taraqqiyoti(evolyutsiya) differentsial 
bo‘laklar va funksiyalarning tabiiy jarayoni sifatida qaraladi. Individualizmning 
axloqiy-ijtimoiy muammosi yangi muammo bo‘lib, differensiallashgan jamiyatda 
individ ham ishtirok etadi, evolyutsiya unga tug‘ulgan muammoni yechishga ruxsat etib 
turadi. 
XIX asrda «jamiyat» tushunchasi yangi ma'no bilan boyitiladi.
Jamiyat 
taraqqiyotining mexanik strukturasi organik strukturasi bilan birgalikda olib qaraladi. 
Muammoni yechish yo‘lini sotsiologlar jamiyatni 
2 yo’nalishini tarixiy nuqtai 
nazardan o‘rganib, ikki qarama-qarshi tendensiyani: an'anaviy va zamonaviy 
jamiyat turlarini bir-biri bilan solishtirib o‘rganadilar. Bunday jamiyat 
yo’nalishini Tyonnis va Dyurkgeym «status» va «kontrakt» (shartnoma» 
dixotomik g‘oyalarini ilgari surgan holda o‘rganib chiqadilar
. Unda gipotetik 
tabiat» ko‘rinish va «ijtimoiy shartnoma» ko‘inishining ratsional tomonlari aks 
ettiriladi. Tyonnis o‘zining «jamoa» («gemaynshaft uyushmasi) va «jamiyat» 
dixotomiyasida organitsistik metodologiya muammolashtirgan. Uning konsepsiyasida 
individning umumiylikka yoki individlarning ichki umumiylikka munosabatlari 
to‘g‘risida fikr bormay, balki individlarning o‘zaro munosabatining anglangan 
erkinliklarini bildiruvchi ijtimoiy umumiylik to‘g‘risida so‘z boradi. Erkinlik yoki 
«mohiyatan» yoki «saylangan» bo‘lib, «mohiyat erkinligi» birligi (samost), «organizm 
va organik bo‘laklarga xos» birlikni tashkil etadi, har bir bo‘lak ushbu birlikni aks 
ettiradi va jamoa gemaynshaft—uchun yashaydi. Aksincha, har bir ijtimoiy 
munosabatlar yuqori turuvchi, qaramog‘ida ma'lum bir kuch va imkoniyatlarga ega 
bo‘lgan sun'iy individni namoyon qilib, natijada jamiyat ijtimoiy umumiylik nuqtai 
nazardan fikr yuritadi». Jamiyatni 2 xil tushunish to‘g‘risidagi dihxotomiyada, ya'ni 
keng ma'noda «jamoa»ni jamiyat tarkibiga qo‘shib va tor ma'noda «jamoa»ni jamiyat 
tarkibidan chiqarib, Tyonnis turli xil ijtimoiy aloqa va ta'limotlarni tahlil qildi. Tyonnis 
davlat tushunchasining jamiyat bilan o‘zaro aloqadorlikda ko‘radi, tarixiy taraqqiyot 
jarayonida barcha yirik rivojlangan davlatlar «birlik* tendensiyasi sari intilib boradi deb 
qaraydi. Bu bashoratni yoki oldindan ko‘ra bilishni, har qalay hozirgi kunda Evropa 
iqtisodiy ittifoqni tuzish uchun rivojlangan davlatlarning o‘zaro muzokaralar olib borib, 
ba'zi bir muvaffaqqiyatlarga erishganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu nafaqat 
Tyonnisning, balki sotsiologiya fanining jamiyatni o‘rganishdagi yutug‘iga deb 
hisoblamoq mumkin. 


51 
Mana shu dixotomiyani Tyonnisdan keyin Dyurkgeym qo‘llab-quvvatlab, uni 
rivojlantirdi. Agar Tyonnisni jamoani organizm bilan o‘zaro mos kelmasligi qiziqtirib, 
jamiyatni tasavvur qilishda u ijtimoiy birlik dixotomiyasiga amal qilgan bo‘lsa, 
Dyurkgeym ijtimoiy aloqaning organik va mexanik turlarini bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘yadi va jamiyatni bir qadar ijtimoiylikning tabiiy va organik turi deb e'lon qiladi. 
Dyurkgeym jamiyatdagi birlikni «tiniq axloqiy xodisa» deb talqin qilib, jamiyatning 
axloqiy mustahkamligini o‘z tadqiqotlarining markaziga qo‘yadi. Mexanistik va 
organistik birlikni farqlash uchun ikki xil xulosaga keladi: 1) guruhlarning barcha 
a'zolari ozmi yoki ko‘pmi ma'noda e’tiqodlar va hissiyotlarning jamlanmasini tashkil 
etadi, natijada kollektiv turini hosil qiladi. 2) jamiyat — bu turli xil maxsus 
funksiyalarning sistemasidir. 
Organik birlikning mexanik birlikdan farqi shundaki, u mehnat taqsimoti natijasida 
vujudga keladi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy birlikning oliy funksiyasi sifatida axloqiy 
funksiyalarni vujudga keltiradi va «shaxs individualligini» vujudga kelishini va 
rivojlanishini ta'minlaydi. 
Jamiyat va uning rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina sotsiologlar o‘z 
ta'limotlarini yaratganlar, jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarni boyitib, o‘zlarining ulkan 
hissalarini qo‘shganlar, bular Zimmel, Parsons, Lumin, Chikago maktabi 
namoyondalari va boshqalar. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish