Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


 Норматов У. Умидбахш тамойиллар. –Т.: Маънавият. 2000. 62-66-бетлар



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

2
 Норматов У. Умидбахш тамойиллар. –Т.: Маънавият. 2000. 62-66-бетлар. 
1
 
Қ
озо
қ
бой Йўлдош. Ёни
қ
 сўз. Адабий ўйлар. –Т.: Янги аср авлоди. 2006. 


kechmishning tubdan yangicha talqini boshlandi,”kommunistik ideallar” yo’liga jonini tikkan 
fidoyi shaxslarning kinoyaviy-fojiaviy obrazlari yaratildi. 
90-yillarga 
o’tib”Tushda 
kechgan 
umrlar”(O’.Hoshimov),”Olabo’ji”(Shukur 
Xolmirzayev),”Otamdan qolgan dalalar”(Tog’ay Murod),”Ming bir qiyofa ”,”Ko’zgu oldidagi 
odam”,”Tepalikdagi 
odam”(O.Muxtor), 
”Istilo”,”Tobut”,”Qora 
kitob”(N.Eshonqul)kabi 
hikoya,qissa,romanlarda esa “yorqin kelajak “yo’lida behuda,ma’nisiz o’tgan umrlar,adashgan 
odamlar qismati butun ziddiyati,fojealari bilan ochib berildi.Ularda hatto xx asr jahon modern 
adabiyotidagi muhim bir oqim-modern adabiyotiga xos absurd tuyg’usi,g’oyasi ko’zga 
tashlandi,lekin bu xil asarlarning tanqidchilikdagi talqini mutlaqo qanoatlantirmaydi.Bu xil 
asarlar haqida yozilmadi emas,yozildi,yozilmoqda.Hatto maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borildi, 
dissertasiyalar himoya qilindi.Biroq ularda bu asarlarning chinakam badiiyati,yangiligi jahon 
adabiyoti kontekstida yetarli ilmiy kashf etib berilgani yo’q.Bu yo’ldagi ba’zi 
urinishlar,chunonchi,milliy nasrimizdagi jahon modern,jumladan,absurd adabiyoti bilan ayrim 
mushtarakliklar borligi xususidagi mulohazalar ba’zi hamkasblarimizning keskin e’tiroziga 
uchradi.Chunonchi,munaqqid A.Rasulov: “Biz o’z adabiyotimiz namunalarini osongina G’arb 
absurd adabiyoti xirmoniga qo’shib qo’ymayapmizmi?”-deya ajablanadi va buni “xavfli bir 
holat”deb ataydi.Professor B.Sarimsoqov esa o’zbek adabiyotida absurd tuyg’usi,g’oyasini 
ifodalaydigan asar yaratilmaganini aytish bilan kifoyalanmay,umuman,absurd adabiyoti sha’niga 
jiddiy aybnomalar qo’yadi.Uningcha,”absurd asar ma’naviy –axloqiy konsepsiyasiz,muayyan 
g’oya tashimaydigan ,hayotga loqayd va ma’nisiz munosabatni ifodalaydi”.
Yaxshiyamki,zamon o’zgacha,Sho’ro davrida bunaqa “xavfli holat”ga moyillik bildirgan 
munaqqidgina emas,absurd yo’lida “ma’naviy-axloqiy konsepsiyasiz ”asar yaratgan 
yozuvchining ham sho’ri qurigan,quritilgan bo’lardi.Xolis ilmiy tahlil,baho o’rniga shu tarzdagi 
vahima,dag’dag’alar qilishdan qachon qutilar ekanmiz?!Milliy adabiyotimizda”G’arb absurd 
adabiyoti xirmoniga ”qo’shishga loyiq,aniqrog’i,G’arb adabiyoti bilan mushtarak jihatlari bor 
asarlar yaratilayotgan bo’lsa,buning nimasi xavfli! 
Asrlardan qolib kelayotgan haqiqat shuki,haqiqiy adabiyot xalqni o’z ortidan 
ergashtirishi,uning saviyasini ko’tarishi kerak,nainki ommaning didiga moslashishi!Bizda esa 
hozir teskari jarayon ketyapti:kshpchilik shoir va yozuvchilarimiz o’quvchilar darajasiga 
tushib,g’oyaviy-badiiy jihatdan sayoz va bo’sh asarlar yaratmoqdalar.O’tish davrining 
qiyinchiliklari tufayli bizda keyingi yillarda kitobxonlik darajasi bir qadar susayib shunga 
muvofiq ravishda o’quvchilarning saviyasi tushib,didi o’tmaslashib qolganligi sir 
emas.Qolaversa,chinakam adabiyot chuchun hech qachon omma talabi va didi mezon bo’lgan 
emas.Ommaning 
maishiy 
mavzudagi,sarguzasht 
xarakteridagi 
yengil-yelpi 
asarlarga 
moyilligidan kelib chiqib,kitob bozorini shu xildagi asarlar bilan to’ldirish emas,balki uning 
e’tiborini jiddiy adabiyot tomon yo’naltirish chora tadbirlarini ko’rish kerak.Shunday 
qilinganida,yengil-yelpi 
asarlar 
bunchalik 
bolalab 
ketmas 
edi.Achinarlisi 
shundaki,adabiyotimizning qiyofasini belgilab turgan ba’zi zabardast ijodkorlarimiz ham bunday 
holga befarq qaramoqdalar. 
“Xalqni ortidan ergashtiradigan”, uning saviyasini ko’taradigan noyob san’at durdonalari 
hamma davrlarda nisbatan oz yaratilgan. Saviyasi past, zaif asarlar hamma davrlarda, hatto 
milliy adabiyot rivojining “oltin” va” kumush” bosqichlarida ham mo’l-ko’l bo’lgan. Bugun 
“yengil-yelpi asarlar”nihoyatda bolalab ketayotgani rost. Ayni paytda, Zulfiyaning “Xotiram 
siniqlari”, Said Ahmadning “Qorako’z majnun”, “Oftob oyim”, O.Yoqubovning “Qaydasan 
Moriko”, O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan 
dalalar”, Sh.Xolmirzayevning “Dinozavr”, “Ozodlik”, Erkin A’zamning “Shoirning to’yi”, 
N.Eshonqulning “Shamolni tutib bo’lmaydi”, X.Do’stmuhammadning “Bozor”, Sh.Bo’tayevning 
“Qo’rg’onlangan oy”, U.Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat” singari badiiy yetuk, chin 
san’at namunasi deyishga loyiq asarlarining dunyo yuzini ko’rgani ham haqiqat! Bu ro’yxatni 
yana davom ettiraverish mumkin. Ayniqsa,bugungi yangilangan, yangilanayotgan milliy 
she’riyatimiz, dadil aytish mumkinki, zamonaviy jahon poetik tafakkuri bilan bemalol bo’ylasha 
oladigan she’riyatdir. 


NAZORAT SAVOLLARI; 
1. Istiqlol adabiy tanqidchilikka qanday imkoniyatlar berdi va yaratdi? 
2. Butungi kun adabiy tanqidchiligidagi yangaliklar nimalardan iborat? 
Z. Bugungi kun adabiy tanqidchiligi badiiy asarlarga qanday yondashishni taqazo qiladi? 
4. qatag’onga uchragan ijodkorlar ijodi qanday o’rganildi va o’rganilyapti? 
5. Bugungi kun adabiy tanqidchiligining o’tmishga va tarixga munosabati qanday?
TAYANCH IBORALAR: 
1. Genetik yondashish - badiiy asarning yuzaga kelish jarayoni, variantlari, asarning 
yozilishiga turtki bo’lgan sabab, aynan yexud bu badiiy shaklga solinganining boisi singari 
щolatlar yoritilishiga e’tibor ko’proq qaratiladi. 
2. Tipologik yondashish - taщlil qilinayotgan asar muallifi bilan o’zga adiblar orasidagi 
ijodiy vorislik, mazkur adib ijodiga ta’sir ko’rsatgan yozuvchilar ijodidagi tipologik 
umumiylikka diqqatni qaratish. 
Z.Funksion taщlil - o’rganilayotgan badiiy asar yaratilgan davr kishilar ongiga qanday ta’sir 
ko’rsatdi, badiiy tafakkurda qanday yangilik yuz berdi kabi masalalarga e’tiborning 
kuchayishi. 
ADABIYOTLAR; 
1. T.Boboyev . She’r ilmi ta’limi. T., 1996 y.
2. N.Karimov. Cho’lpon. T., 1992 y.
Z. U.Normatov. Abdulla Qodiriy bog’i. T., 1995 y.
4. A.Rasulov. Tanqidchilik ufqlari. T., 1985 y.
5. A.Rasulov. Ilmi g’aribani qo’msab. T., 1998 y.
1.
O.Sharafiddinov. Cho’lpon. T., 1991 y.
2.
Cho’lpon. Adabiyot nadur? T.', 1994 y. 
3.
D.Quronov. Cho’lpon hayoti va ijodiy merosi. T., 1997 y.
4.
E.M.Qo’shjonov. O’zbekning o’zligi. T.. 1994 y. 
5.
A.Hojiahmedov. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. T., 1998 y.
6.
A.Hojiahmedov. Mumtoz badiiyat malohati. T., 1999 y.
7.
A.Hojiahmedov. She’riy an’analarni bilasizmi?. T., 1999 y. 


14

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish