Maktabda Jismoniy tarbiya darsining samaradorligini oshirishning yangicha talqini
Shamuratov Jasur Jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi
Kalit sózlar: jismoniy tarbiya, maktab, o`quvchi, tizim, sport, darslik
Ключевое слова: Физичиское воспитания, школы, ученик, система, спорт, учебник
Key words: Physical education, school, pupil, system, sport, textbook
Ma’lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo’lishi lozim, afsuski, kishilar o’zida ruhiy, ma’naviy va jismoniy sifatlarni mujassamlashtirgan xolda tug’ilmaydilar. Bu sifatlarni kamol topishi, o`sha ijtimoiy sharoitga va mavjud madaniyat tizimiga bog’liq. Jismoniy madaniyat esa madaniyatning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir. Ijtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni, inson organlari va sistemalarining biologik rivojini har doim va har yerda ichki talab tarzida ifodalaydi. Shuning uchun xam inson madaniyatida qo’llaniladigan har qanday tarbiyaning turli shakllari jismoniy madaniyat jarayoni bilan ilojsiz bog`langandir. U yoki bu kasb egalari o’zaro muloqot davomida o’z kasbi va xunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalaniladilar. Fanning ma’lum soxasini o’rganish va uni o’zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmunida yotadi. Ularning mazmuni va xajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiyaning ayrim xodisalari va masalalarini to’g’ri tushunib olish qiynalishadi, shu sababli jismoniy tarbiya fanini o`rgatish bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. Umumiy tarzda olib qaraydigan bo`lsak O’zbekistonda jismoniy madaniyatning maqsadi quydagicha - O’zbekiston xalqini jismoniy kamolotga erishgan, huquqiy davlatning aktiv quruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib madaniyatlashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy madaniyatni amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Maqsadning umumiyligi jismoniy madaniyat tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir. Ko’rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sog’ligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullaniladigan kasbi hisobiga olinadi va jismoniy madaniyatda konkret vazifalar xal qilinadi. Jismoniy madaniyat tizimiga umumiy vazifalar qo’yilgan bo’lib, ular quydagilardan iborat:
a) Odam organizmi forma funksiyasi garmonik rivojlantirish. Jismoniy qobiliyatni har tomonlama kamolga yetkazish, sog’likni mustahkamlash va xalqning uzoq umr ko’rinishini ta’minlashga yo’nalish berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |