b) Hayotiy zaruriy harakat malakalarini va ko’nikmalarini, kundalik turmushda kerak bo’ladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;
v) Har tomonlama jisman va ruhan rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni madaniyatlash;
Yuqorida keltirib o`tilgan maqsadlarga erishish uchun hozirgi ta`lim sistemamiz talabga javob bermasligi allaqachon o`z isbotini topgan. O`zbekistonning qaysi viloyatiga bormang jismoniy tarbiya darsligi ikkinchi darajali fan hisoblanadi sababi o`qituvchilarning darsga bo`lgan munosabati eski Sovet (SSR) davridagi tushuncha bilan qotib qolgan. Juda jadal sur`atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda Jismoniy tarbiya darsligining yillik rejasini qaytadan ko`rib chiqish vaqti keldi deb o`ylayman. Sportning har bir turi kun sayin rivojlanib borayotgan bir paytda bizning kelajagimiz bo`lgan yosh avlodning maktab stadionlari va zallarida faqat koptok o`ynab yoki har hil mashqlarni bajarib biror bir arzirli natijaga erisha olmasligimizni bizning yaqin o`tmishimiz o`zining achchiq xaqiqatlari bilan yaqqol namoyon etib turibdi. Maktablarda jismoniy tarbiya darsligining nufuzini oshirish uchun shuni taklif qilgan bo`lar edimki bir yilda 68 soat ajratilgan bo`lsa Jismoniy tarbiya darsligi uchun shung kamida 40% ni nazariy bilim berish kerak deb hisoblayman. Sababi, o`quvchilarga har bir sport turini mukammal o`rgatish mushkul ish (amaliyotda)lekin ularga nazariy bilim berish orqali (asosan yozgi va qishgi Olimpiada sport turlari) ularning bilim darajasini orttirishimiz kerak. Buni qay yo`sinda olib borish kerak deganda shaxsan men quyidagi taklifni bergan bo`lar edim:
Har bir o`quvchi jismoniy tarbiya darsiga hamma darsliklar qatori daftar qo`yib uni mavzular bilan to`ldirib borishi kerak, bilamizki amaliy darslarning ko`pchiligi hozirda (maktablarda) bir hil tarzda o`tiladi ya`ni jurnalga mavzu yoziladi lekin mavzu bo`yicha dars o`tilmaydi. O`quvchilar esa futbol yoki shung o`xshash qandaydir bir o`yin bilan vaqtlarini o`tkazishadi. Shundan keyin kim Jismoniy tarbiya darsiga jiddiy qaraydi? Nazariy darslar paytida sport turlarining qonun qoidasini, uning paydo bo`lish tarixini umumiy tushintirilib, daftarga uy vazifasi uchun bajaradigan topshiriqlar berilsa(masalan: tennis korti yoki futbol stadionlarining xalqaro normaiv hujjatlardagi o`lchamlarini chizmada chizib tayyorlash) ana shunda darsning sifatini ham obrosini ham ancha ko`targan bo`lamiz. Tan olishga majburmizki hozirda 90% maktablarda jismoniy tarbiya darslariga xatto maktab rahbariyati ham past nazarda qaraydi. Shuning uchun nafaqat o`quvchilar balki butun ommaning hurmatiga loyiq fan bo`lishi uchun albatta Jismoniy tarbiya dars sistemasini qaytadan isloh qilish kerak. Ishonamanki SSR davridan qolgan muhit yaqin besh, o`n yillikda butgul yo`qoladi sababi yangi mustaqillik davri tabiyalanuvchilari safidan o`z so`zini ayta oladigan kasbini or nomusi darajasida himoya qiladigan kasbiga sadoqatli mutaxasislar albatta yetishib chiqadi. Har bir jarayonning boshlanishi kabi tugashi ham bor. Hozirgi aynan, Jismoniy tarbiya darsidagi bu sistema yangi zamonaviy sistemaga o`tish vaqti keldi. Agar bu sistema o`zgarmas ekan qanchalik kuchli o`qituvchi dars o`tsa ham bari-bir darslik ikkinchi darajali fan bo`lib qolaveradi.
Hulosa o`rnida shuni aytishim mumkinki Jismoniy tarbiya darsining samaradorligi faqat o`qituvchiga bog`liq emas. Maktab rahbariyati, darslikning yillik rejasi, mavzularning o`zaro bog`liqligi (ya`ni bir darsda jamoaviy sport turi haqida mavzu o`tilsa-yu, keyingi darsda yakka tartibdagi sport turlari o`tilsa bu o`zlashtirishda qiyinchiliklarga olib keladi o`quvchida. Oldin yakka tartibdagi sport turlar keyinchalik murakkab sanalgan jamoaviy sport turlari haqida nazariy bilimlar berilishi kerak)ga ham qaraydi. Har qanday sohada avval bilim berilmas ekan u yerda rivojlanish bo`lmaydi. Shuning uchun o`quvchilarga amaliyot bilan birgalikda nazariy bilimlarni ham o`rgatib borish kerak