Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


-Mavzu: BOLALAR ADABIYOTI VA ADABIY JARAYON



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

-Mavzu: BOLALAR ADABIYOTI VA ADABIY JARAYON. 
 
Reja: 
1.
Bolalar adabiyotining o’ziga xosliklari. 
2.
Mustaqillik davri bolalar adabiyoti. 
3.
Bolalar adabiyotida hayot haqiqati va badiiy talqin. 
Tayanch so’zlar: o’zbek bolalar adabiyoti, tasvir uslubilari, yetakchi tamoyillar, 
taraqqiyot tendensiyalari, xalq og’zaki ijodi ruhi, epik obraz va motiv, epik tafakkur, mavzu va 
g’oya, ruhiyat tahlili. 
Tavsiya qilinuvchi adabiyotlar: 
1.
H.Karimov. Istiqlol davri nasri. –T.: 2007. 
2.
H.Karimov. Davr va inson –T.: Fan. 1992. 
3.
U.Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. –T.: 2001. 
4.
I.Mirzayev. Nasrimiz badiiy olami. –T.: 1991. 
5.
U.Normatov. Romanning yangi yo’llari. «Yozuvchi» gazetasi. 1997, 4 iyun. 
Har bir davr oz’ adabiyotini yaratgani kabi istiqlol davri bolalar adabiyoti ham tasvir uslubi 
hamda muammoga yondashilganligiga ko’ra o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Agar sho’ro davri 
bolalar adabiyotida to’g’ridan-to’g’ri nasihatbozlik keng ko’lamda yoritilgan bo’lsa istiqlol davri 
bolalar adabiyotida har qanday mavzuning estetik tarbiyaviy mohiyatiga alohida e’tibor 
qaratilayotganini ko’rish mumkin. 
Hozirgi adabiy jarayonda bolalar adabiyotining mavzu-mundarijasi 
Ifodada nozik piching va axloqiylikning etakchilik qilishi 
Bolalar tafakkurini o’stirishda turli xil o’xshatishlarning qo’llanilishi 
Tabiat hodisalari bilan bog’liq uyg’unlikda badiiy obrazlar yaratish 
Zamonaviy internet vositalarining bola tafakkuriga ta’sirini
 
yoritish
 
Milliy-ma’daniy-ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan mehrini oshirish 
Teran mushohada serqatlamligi zamirida didaktika kuchliligi


Kichik kitobxonni ijtimoiy muammolar bilan tanishtirish bolalar adabiyotida aslida 
nisbatan ertaroq – o’tgan asrning 80-yillarida boshlangan edi. Anvar Obidjonning «0099 raqamli 
yolg’onchi», «Ey yoru dunyo», «Alamazon va uning piyodalari» kabi qissalarida hamda 
«Botinkaning tufliga xati» tipidagi turkum she’rlarida mos masala qilib qo’yilgan edi. Istiqlol 
davrida jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq g’oyalar S.Barnoyevning publisistik chiqishlarida 
T.Adashboyev, K.Turdiyeva, A.Akbar, Q.Ismoil kabi shoirlarning she’riy asarlarida o’z ifodasini 
topmoqda. Ayniqsa, har xil shaklga oid she’rlar ijtimoiy munosabatlarning ta’lim-tarbiyadagi 
o’rnini aks ettirishga qaratilishi bilan alohida e’tiborga loyiqdir.
«Gulxan», «Tong yulduzi», «G’uncha», «Yosh kuch», «Sinfdosh» kabi vaqtli matbuot 
nashrlarida ham istiqlol g’oyalarini tarannum etishiga qaratilgan turli janrga xos asarlarning chop 
etilishi quvonarli holdir. 
Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlaboq yoshlarimizni sog’lom, barkamol 
qilib kamol toptirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi. Bu masala davlatimiz siyosatining 
o’zagiga aylandi, jahon andozasi darajasida dasturlar ishlab chiqildi. Ular hayotga tadbiq 
etilmoqda.
Har bir bolalar ijodkori uchun o’z asarlari bilan yosh kitobxon qalbini zabt etish, ularga 
xushnudlik onlarini baxsh etishdan ortiqroq baxt bo’lmasa kerak dunyoda. Anna shunday baxtga 
muyassar bo’lgan, kichkintoylar yuragidan joy olgan iste’dod egalari o’zlarining badiiy jihatdan 
barkamol, go’zal va betakror asarlari bilan o’zbek bolalar adabiyoti, she’riyatiga yangi ruh olib 
kirdilar. Keksa yozuvchilarimiz Obid Rasul ijodini ko’zdan kechirar ekanmiz, tasvirda 
qisqalikka intilish , ma’noni kuchaytirish yo’litdagi izlanishlari yaxshi natijalar berganini ko’rish 
mumkin. Shoir ijodiga xos yetakchi xususiyatlar uning «Ahmad va Ahad» she’rida o’z aksini 
topgan. 
Muallif shunday yozadi:
Ahmad keksa boboning
Qo’lidan yukini oldi. 
Ahad: - begona-ku, deb, 
Ohista jo’nab qoldi. 
Bs misralar bir qarashda jo’ngina tuyulsa-da, ularda jajji kitobxon tasavvuriga ma’naviy 
oziq bo’ladigan ma’no mavjud. Shoir asar qahramonlari Ahmad va Ahad xulq-atvorlarini 
turmushimizda tez-tez uchrab turadigan oddiy hayot hodisasidan katta tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo’lgan umumlashma xulosa chiqargan. Biroq Obid Rasul ijodida yuqoridagi asarning butunlay 
aksi bo’lgan, quruq va’z-nasihatgo’ylikdan iborat bo’lgan she’rlar ham uchraydi. Masalan, uning 
«Mehmon ulug’» she’rida shunday satrlarni o’qish mumkin.
Mehmon kelsa hurmat qilib,
Assalomu-alaykum, de. 
Dasturxon yoz, non ushatib, 
Ol-olishib o’zing ham ye. 
Shoir ushbu asari orqali o’quvchiga mehmonni hurmat qilish joizligi, o’zbek xalqi azaldan 
mehmondo’st xalq ekanligini uqtirmoqchi bo’ladi. Lekin mehmonga munosabat haqida yo’l-
yo’riq ko’rsatish bilangina kichkintoylarni mehmondo’st qilib tarbiyalash kutilgandek natija 
berishi qiyin.
Ma’lumki, bolalik – tabiatan, quvnoqlik, o’ynoqilik davridir. Kichkintoylar hayotini 
o’yinsiz tasavvur qilish qiyin, albatta. Ammo «yaxshi bola doimo xizmatda bo’lishi kerak» 
degan siyqa aqida ongimizga shu qadar o’rnashib olganki, Obid Rasul ijodida ham shu ma’no 
o’zini yorqin namoyon qiladi. Shoir «Yomon bola-ozori jondir» she’rida quyidagicha yozadi: 
Yomon bola ish desa qochar,
Aybin aytsang, zahrini sochar. 
Ijodkor nazarida yomon bola – dangasa, fanlarni o’zlashtirmaydigan o’quvchi. Yaxshi bola 
– hamisha oilada xizmatda bo’ladigan, kattalar nima desa albatta bajaradigan o’quvchi. 
Shoirning «Yaxshi bola – hayot naqshidir» she’rida shunday misralar o’qiymiz: 
Kattalarga izzatda –u, 


Oilada xizmatda – u. 
To’g’ri, dangasa, fanlarni o’zlashtirmaydigan o’quvchilarni «yaxshi bola» deb bo’lmaydi. 
Lekin kichkintoylar hayoti o’yin bilan chambarchas bog’liq ekanligini unutib qo’ymasligimiz 
kerak.
Kichkintoylarning 
orzu-umidlari, 
quvonchu 
armonlariini 
tilimizning 
cheksiz 
imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda aks ettira olgan, bu borada o’zbek bolalar 
adabiyotida o’ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri Anvar Obidjondir. Shu rang-barang 
mavzularda she’rlar yozadi, uning barcha asarlari kitobxonlar tomonidan sevib o’qilmoqda. 
Sir emaski, «Alifbo bayrami» - bolalar adabiyotidagi unutilmas, behad katta quvonch, 
shodliklarga to’la bayram. Bu mavzuda shu qadar bolalar ijodkorlari bir qancha she’rlar, 
topishmoqlar yaratdilar. Harflarning xususiyatlari haqida qalam tebratish o’zbek boalalar 
adabiyoti she’riyatida yangi hodisa emas. Biroq Anvar Obidjon shu sohadan ham yangilik 
izlaydi va kashf qiladi.
Voqyelikni idrok etish, uni o’ziga xos tasvirlashga bo’lgan intilish Dilshod Rajabov 
she’rlarida aks etadi. Shoirning «Kuz», «Poyezdning bolasi», «Qishki safar» she’rlarida bolalar 
uchun qadrdon bo’lgan manzaraga yosh kitobxonlar ko’zi bilan boqadi.
Kuz faslida yaproqlar sarg’ayib, qish kelayotganidan darak beradi. Biroq shoir kuz fasli 
tarovatini o’zgacha ranglarda, o’ziga xos uslubda namoyon qiladi: 
Kuzak yurish boshladi, 
Ya’ni urush boshladi. 
Sarg’ayib so’ldi ko’plab 
Yam-yashil barg-u o’tlar. 
Kuzning bu «yurishi»dan dastlab kitobxonda tushkunlik kayfiyati ustunlik qiladiganday. 
Lekin she’rning birdaniga dil ravshan tortadi: 
Tiqildi ko’p asirlar –
Sholg’om, piyoz, sabzilar. 
… Bu g’alaba Kuzniki, 
Endi maza bizniki! 
Yuqoridagi misralardan ham ko’rinadiki, istiqlol davri bolalar she’riyati uchun tom 
ma’noda izlanishlar, rivojlanishlar davri bo’lmoqda. Yangi-yangi shakllar, yangicha qarashlar 
o’z samarasini bermoqda. Faqat bugungi kun uchungina emas, balki kelajakka, yosh avlodni 
xalqparvar, vatanparvar, mehnatsevar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratilmoqda.
Bolalar adabiyotida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan ijodkorlardan yana biri Miraziz 
A’zamdir. Uning ijodida bolalarga bag’ishlangan she’r, qo’shiq, ertak-dostonlar asosan, 
maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga bag’ishlangan bo’lib, bu asarlarda bola ruhiyatiga xos 
xususiyatlarni talqin etishga initiladi. Uning «Yer aylanadi» she’rida xuddi ana shu xususiyatni 
talqinini kuzatamiz. Bu she’r murg’aq qalbni larzaga soluvchi xususiyatlarga ega. Masalan:
Asta-asta shamol esadi,
Asta-asta yer aylanadi, 
Asta-asta odam o’sadi, 
Asta-asta yer aylanadi, 
Asta-asta ulg’ayar aql, 
Asta-asta yer aylanadi, 
Bu misralarda bola ruhiyatiga ta’sir etuvchi badiiy takrordan unumli foydalanadi. Chunki 
ko’pincha kichkintoy bolalar hayot murakkabligidan bexabar bo’ladilar. Ular kattalarning 
ko’magida hayotiy ziddiyatlarni anglab boradi. Shu o’rinda ularning ma’naviy yuksalishida 
badiiy adabiyotning ham roli beqiyos ekanligi kuzatiladi. Shoir she’riyatida o’y-o’ylash, xayol 
surish, o’zining chuqur xayollari bilan odam va olamni anglash jarayoniga jiddiy diqqat qiladi. 
Xuddi shu xususiyatni «Xayol surish» she’rida ko’rish mumkin. Bunda bolalarga xos qiziqish, 
har bir narsani tezroq bilib olishga initilish, uning poyoniga yetishga harakat qilish bilan bir 
qatorda bola psixologiyasiga, aqliy tafakkuriga ta’sir etuvchi holatlar o’rin olgan. Yoki shoirning 


«Biz yengamiz bo’ronlarni» she’rida bugungi mustaqillikka juda qiyinchilik bilan kurashlar 
orqali yetib kelganligimiz badiiy talqin etiladi.
Umuman, istiqlol davri bolalar adabiyotida jiddiy o’zgarishlar vujudga keldi. Bolalar 
adabiyoti bugungi yoshlarni iymon-e’tiqodli, shaxs sifatida vatanga muhabbat ruhida, ota-
onalarga hurmat bilan qarash kabi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirmoqda. Shuningdek, 
kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar, ularning yosh xususiyatlariga, 
saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o’y-fikrlar uyg’otadigan yorqin obrazlarga boy yuksak 
g’oyalarga, ulkan ishlarga ilhomlantirishi bilan alohida ajralib turadi. Shuningdek, badiiy tilning 
aniqligi, voqyelikni asosli ochib berishi, aniq, ravon obrazli tarzda aks ettirishi bilan ham 
xarakterlidir 
MAVZU: KIYINGI YILLAR DOSTONCHILIGI TARAQQIYOTI. 
Reja: 
1.
Dostonchilikdagi badiiy xususiyatlar. 
2.
Dostonchilik taraqqiyoti. 
3.
Mustaqillik davri dostonchiligi. 
Ming yillar davomida Sharq adabiyoti an’analari ta’sirida rivojlanib kelgan o’zbek 
adabiyoti so’nggi yillarda mazmunan va shaklan qator yangilanishlar jarayonini boshdan 
kechirdi. Bu davr o’zbek ijodkorlari mumtoz adabiyot an’analarini davom ettirish bilan birga, 
jahon adabiyotning hayotbaxsh tajribalarini ham o’z ijodlariga singdira boshladilar. Istiqlol 
arafasi va undan keyingi davr adabiyotida bu xususiyat yanada kuchayganligini doston janri 
namunalari misolida ham ko’rish mumkin. 
Doston deyilganda, eng avval, bizning ko’z o’ngimizda “Alpomish”, “Go’ro’g’li”,
“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” singari xalqimizning betakror san’at durdonalari 
gavdalanadi. Biroq bugungi doston o’ziga xos xusisiyatlari bilan xalq eposlari sanalgan
“Alpomish”, “Go’ro’g’li”lardan farqlangandek, o’zining yaqin o’tmishdagi namunalaridan ham 
ajralib turadi. Har bir tarixiy davr, muayyan ijtimoiy voqyelik doston tabiatida o’z izini qoldirib 
kelmoqda. 
XX asrning 20 -50 – yillardagi doston namunalari markazida muayyan qahramon 
hayotining xarakterli bir davri turardi (G’. G’ulomning “Ko’kan”, H. Olimjonning “Zaynab va 
Omon”, Uyg’unning “Jontemir”, A. Muxtorning “Po’lat quyuvchi” asarlari kabi). 60-70- yillarga 
kelib esa dostonlarga bir konkret voqea, real bir hayotiy hodisa asos qilib olinadigan bo’ldi va 
lirik qahramon o’sha voqea-hodisadan mutaassirlanish natijasida ko’nglida tug’ilgan ehtiroslari, 
his-hayajonlari, xitoblari bilan doston syujetini harakatga keltiradigan bo’ldi (Mirtemirning 
“Surat”, S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat”, E.Vohidovning “Nido” dostonlari va boshqalar).


O’tgan asrning 90-yillarida yaratilgan dostonlarda esa muayan bir qahramonnning hayot tarixi 
yoki muayyan bir voqea-hodisani asos qilib olish unchalik ham muhim bo’lmay qoldi 
(I.Otamurodning “Sen”, “Istarim”, Faxriyorning “Ayolg’u”, “Muchal yoshi”, S.Ashurning 
“Tunchiroq”singari dostonlari). Asar markazida muayyan voqealar tizimi yoki ma’lum bir voqea 
turmaganligi bois bugungi dostonlar lirikaga yanada yaqinlashdi, o’zining dostoniy 
ko’lamdorligini saqlash ehtiyoji esa mushohadakorlikning tasavvufiy-falsafiy, modernstik 
ohanglarini talab eta boshladi. Xatto xalq, vatan kabi epik muhtashamlikni toqozo etadigan yirik 
mavzular talqini ham subyektiv tarzda hal etiladigan bo’ldi. Tafakkur va ong osti qatlamlariga 
chuqurroq kirish natijasida doston qahramoni o’zlikni taftish qilishga qaytdi, o’zlikni barkamol 
etish tadorigini ko’ra boshladi. Zamonaviy shakl mumtoz mohiyatni shu tariqa qabul qila 
boshladi. Dostonnig har bir yetuk namunasi o’z davrining, o’z zamondoshlarining ma’naviy-
psixologik olamidan darak beradi. Mabodo “Ruh bilan suhbat” dostoni bugun yozilganida, 
kitobxonda o’z vaqtidagidek katta qiziqish uyg’ota olarmidi?! Bizningcha, yo’q. Chunki unda 
XX asrning 50-60 yillari uchun muhim sanalgan masalalar, muammolar, tarix elab ulgurmagan 
voqyelikning harakat-holati aks etgan. Huddi shuning kabi Zulfiya “Xotiram siniqlari”ni yigirma 
yil, o’tiz yil ilgari yozishi mumkinmidi?! Bunga ham yo’q deb javob beramiz. Chunki “Xotiram 
siniqlari” aynan istiqlol davrining mahsuli. Zotan, endigi qahramon o’n besh yil, yigirma yil 
oldingi qahramon emas.
Taqdir, taqdir dedim yashadim uzoq 
Taqdir peshonaga yoziq, deyishdi 
Yoziqni devorga urdimu biroq 
Men sindim, qonimdan g’ishlari p ishdi. 
Inson umri davomida ishonib, etiqod qilgan g’oyasidan, yupanchidan judo bo’lsa,

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish