18
Avtomobilga akkumulatorlar batareyasini o‘rnatishda manfiy
qutb o‘tkazgichini «massa»ga ulash
oxirgi navbatda amalga oshi-
rilishi zarur.
Akkumulatorlar batareyasini ishlatishga tayyorlash.
Avto-
mobillarda ishlatishga mo‘ljallangan akkumulatorlar batareyasi
zavoddan, asosan, elektrolitsiz, quruq zaryadlangan plastinalar
bilan chiqarilmoqda. Bunday akkumulatorlarni bir joydan ik-
kinchi joyga ko‘chirib o‘tish qulay, ularni nisbatan uzoq muddat
davomida (2 yilgacha) avtokorxona
omborlarida saqlash va zaru-
rat tug‘ilganda tezda ishga tushirish mumkin. Quruq zaryadlangan
akkumulatorlarni ishga tushirishdan oldin, ularga elektrolit qu-
yiladi va zaryadlanadi.
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarda elektrolit
sifatida toza
sulfat kislotaning distillangan suvdagi eritmasi ishlatiladi.
Elektrolit
tayyorlash jarayonida suvni kislotaga quyish qat’iyan man
etiladi
.
Chunki bu holda suvning ustki qatlamlari juda katta tezlik bilan
isib ketadi va qaynaydi, kislota bilan birgalikda atrofga sachray
boshlab, kishi terisiga tushib og‘ir kuyish jarohatlariga olib kelishi
mumkin. Shuning
uchun
elektrolit tayyorlashda faqat kislota suvga
ingichka oqim ko‘rinishida jildillatib
quyiladi va maxsus shisha
tayoqcha yordamida uzluksiz aralashtirib turiladi. Elektrolit tay-
yorlash uchun ishlatiladigan idishlarning materiali
plastmassa-
dan yoki sopoldan bo‘lishi tavsiya qilinadi. Shisha idishlarning
elektrolit tayyorlash jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik ta’si-
rida yorilib ketish xavfi bor.
Elektrolit tayyorlashda yoki uni akkumulatorga quyishda te-
gishli xavfsizlik choralari ko‘rilishi zarur, xususan, ko‘zoynak ta-
qilishi, rezina qo‘lqop va etik, kislotaga chidamli materialdan tay-
yorlangan etik yoki kastum kiyilishi kerak.
Sof kislotani ishlatish va saqlash o‘ta xavfli bo‘lganligi sababli,
avtokorxonalarda, odatda, zichligi 1,4
∙
10 kg/m
3
. ga teng bo‘lgan
kislotaning distillangan suvdagi eritmasi
ishlatiladi va bu eritma
yordamida zarur zichlikka ega bo‘lgan elektrolit tayyorlanadi. 1.2-
jadvalda iqlim sharoitlari turlicha bo‘lgan mintaqalar uchun to‘la
zaryadlangan akkumulator elektrolitlarining zichligi keltirilgan.
Quruq zaryadlangan akkumulatorlarga quyilayotgan elek-
trolit harorati 30°C dan yuqori va 15°C dan past bo‘lmasligi zarur.
Elektrolitning 25°C ga keltirilgan zichligi O‘rta Osiyoning iqlim
sharoiti uchun yil davomida 1,25—1,27
∙
10
3
kg/m
3
oralig‘idagi
qiymatlarda bo‘lishi tavsiya qilinadi.
19
Quruq zaryadlangan akkumulatorlarga elektrolit quyishdan
oldin, hamma shamollatish tuynuklari ochilishi va akkumulatorga
havoni kiritmaslik maqsadida qo‘yilgan barcha narsalarni, xu-
susan, tiqinlar tagidagi rezina lappaklar, yopishqoq tasmalar olib
tashlanishi, ba’zi tiqinlarning shamollatish tuynugidagi plast-
massa quyilmalar qirqib tashlanishi zarur.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: