Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


 Generatorlarning asosiy nosozliklari



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/57
Sana26.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#583860
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish diagnostika qilish va tamirlash

2.2.3. Generatorlarning asosiy nosozliklari
va ularni bartaraf qilish
Soz elektr ta’minoti tizimida o‘t oldirish kaliti (yoki iste’mol-
chilar) ulanganda, ampermetr razryad tokini ko‘rsatadi. Dvi-
gatelning ishga tushish paytida startyor akkumulator batareya
(AKB)sini razryadlaydi. Dvigatel o‘rta va katta aylanishlar chastotasida
ishlaganda, generator AKBni zaryadlaydi va uning zanjiridan za-
ryad toki o‘tadi. AKB zaryadlangan sari zaryad tok kuchi kamayib
boradi va to‘la zaryadlangan holda uning kuchlanishi generator
kuchlanishiga teng bo‘ladi, shuning uchun ampermetr strelkasi
«nol» shkalasiga tushadi.
Agar avtomobilga voltmetr o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘t oldirish kaliti
ulanganda, u AKB kuchlanishi (12 V)ni, dvigatelni ishga tushi-
rishda AKBni yuklama ostidagi (10 V ga yaqin), ishlab turgan
dvigatelda esa generator kuchlanishi (14 V ga yaqin)ni ko‘rsatadi,
bularning hammasi elektr ta’minoti tizimi benuqson ishlayot-
ganidan darak beradi.
Elektr ta’minotida avtomobilning ekspluatatsiya jarayonida
har xil nosozliklar sodir bo‘ladi va ular elektr energiyasi iste’mol-


37
chilari, avtomobil elektr jihozlarining boshqa tizimlarining nuq-
sonli ishlashiga olib keladi.
Generator AKB jihozlarida quyidagi nosozliklar uchraydi: ak-
kumulator batareyasi zaryadlanmaydi; akkumulator batareyasi
to‘la zaryadlanmaydi; AKB o‘ta zaryadlanadi.
Akkumulatorlar batareyasi zaryadlanmaydi.
Dvigatel har qanday
aylanishlar chastotasida ishlaganda, ampermetr razryad tokini ko‘r-
satadi, voltmetr esa AKB kuchlanishini ko‘rsatadi. Asosiy nosozlik-
lar: generator uzatmasi tasmasi uzilgan yoki sirpanadi; zaryad zanjiri
(+ «G» — «+» AKB)da uzilish bor; generator uyg‘otish zanjirida
uzilish bor va generator ishlamaydi; kuchlanish rostlagichi ishlamaydi.
Òasma bo‘sh tortilgan bo‘lsa sirpanadi va yeyiladi hamda ge-
nerator rotori aylanishlar chastotasi kamayadi, buning evaziga ge-
nerator quvvati kamayadi. Uzatma tasmasi me’yordan ortiq tor-
tilgan bo‘lsa, generator podship-
niklarining yeyilishiga olib keladi
va uni muddatidan oldin ishdan
chiqarishi mumkin. Ekspluatatsiya
sharoitida uzatma tasmasining ta-
rangligini generator va ventilator
yoki dvigatel vali shkivlari o‘rtasida
19 N dan 50 N.gacha bo‘lgan kuch
bilan bosilganda uning egilishiga qa-
rab tekshiriladi (2.9-rasm), tasmaga
bosiladigan kuch qiymatlari 2.4-
jadvalda keltirilgan.
2.4-jadval
Generator uzatmasi tasmasiga bosiladigan kuch va ularga mos
tasmaning egilish qiymatlari
Dvigatel turlari
Kuch, N
Bukilish, mm
ÇÈË-130
38
6—14
KàìÀÇ-740
48
15—22
ÇÌÇ-53
38
10—15
ÂÀÇ-2101, 2103, 2105, 2108
98
10—15
ÂÀÇ-2110
98
6—10
ÇÌÇ-4021
40
8—10
ÇÌÇ-4061, 4062, 4063
80
10—15
2.9-rasm. 
Generator uzatmasi
tasmasining tarangligini
tekshirish.
B-10
m m


38
Generator bilan AKB zaryad zanjirini tekshirishda ishlamay
turgan dvigatelda lampaning bir simini avtomobil korpusiga, ik-
kinchisini generator «+» (ÂÀÇ avtomobillarida «+30») klemma-
siga tekkizib amalga oshiriladi (2.10-rasm). Zanjirda uzilish bo‘l-
masa lampa yonadi. Agar lampa yonmasa, qisqichlarning zaryad
zanjiri asboblarining holatini tekshirish kerak.
Generator uyg‘otish zanjirli lampaning simi bir uchi genera-
tor uyg‘otish «Ø» («67») klemmasidan bo‘shatib olingan simga
(2.11-rasm) tekkizilib va o‘t oldirish kalitini yoki dizel avtomobi-
lining asboblarini ulab tekshiriladi. Zanjirda nosozlik bo‘lmasa,
lampa yonadi. Generator uyg‘otish zanjiri va chulg‘amni uzilishga
tekshirishning boshqa usulida generator uyg‘otish chulg‘ami klem-
masidan sim yechilib, uning ushlagichi bilan chulg‘am klemmasi

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish