1
O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
AVTOMOBIL ELEKTR
JIHOZLARINI ISHLATISH,
DIAGNOSTIKA QILISH VA
TA’MIRLASH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
6-nashri
Toshkent — «ILM ZIYO» — 2016
2
UO‘Ê: 629.331 (075)
KBK 39.33–08
A15
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
M u a l l i f l a r :
A. Abdurahmonov, G‘.
Mahmudov, E. Yo‘ldoshev
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining avtomobil transport vositalariga
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan
talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda avtomobillarning elektr jihozlarini
ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan. Kitobda avto-
mobillarning elektr jihozlaridagi nosozliklarni aniqlashning asosiy tamoyil-
lari, elektr jihozlariga taalluqli asbob va agregatlardagi nosozliklarni aniqlash
uslublari, ularni ta’mirlash tartiblari keng yoritilgan. Nosozliklarni aniqlash va
diagnostika qilishda ishlatiladigan qurilma va asboblar tuzilishi hamda ishlati-
lishiga alohida e’tibor berilgan.
O‘quv qo‘llanmaning I bobi, II bobi 2.1-bo‘limi, IV bobi, VI bobi G‘. Mahmudov,
II bobi 2.2-bo‘limi A. Abdurahmonov, III, V boblar E. Yo‘ldoshev
tomonidan
yozilgan.
ISBN 978-9943-16-289-1
© A. Abdurahmonov va boshq., 2016-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y.
B. ÒULAYEV
— Òoshkent davlat texnika uni-
versiteti «Energomashinasozlik» kafedrasining
mudiri, dotsent.
T a q r i z c h i :
3
KIRISH
Òransport vositalarini ishlatish va unumli foydalanishda ularda
qo‘llanilayotgan barcha tarkibiy qismlarining sifati, unumdorligi,
ishlash muddatining uzoqligi bu qismlarga ko‘rsatilayotgan texnik
xizmatning me’yoriy tarzda olib borilishi kabi omillarga uzviy bog‘-
liq. Shu bilan birga, ekspluatatsiya jarayonida yuzaga kelgan nosoz-
liklarni tez va ortiqcha detallarni ajratishsiz nosozlik turini va bu
nosozlik bilan bog‘liq bo‘lgan tizim yoki apparatlarni aniqlash
transport vositasidan unumli foydalanishga salmoqli hissa qo‘-
shadi. Bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
nosozliklarni tur-
kumlarga bo‘lish nosozlikni aniqlashda yuqori samara beradi. No-
sozliklarning nimalarga taalluqli ekanligi va ularni aniqlashda tashqi
belgilardan foydalanish ish unumini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Òransport vositalarining elektr jihozlari tizimi barcha boshqa
agregat va mexanizmlarning ishlashini ta’minlashi bilan birgalikda,
elektr jihozlar tizimida uchraydigan nosozliklar boshqa agregat
nosozliklariga qaraganda murakkabroq va ularni aniqlashda qiyin-
chiliklar tug‘dirishi mumkin. Bu muammoni yechish
va nosozlik-
larni aniqlashda transport vositalari elektr jihozlari tizimini bir
necha qismlarga bo‘lish maqsadga muvofiq. Nosozliklarni tashqi bel-
gilari orqali aniqlash va shu nosozlik turiga xos profilaktik yoki
ta’mirlash ishlarini olib borish elektr jihozlari tizimining boshqa
apparatlari ishlash rejimlarining normal holda
saqlanishiga sabab
bo‘ladi.
Òransport vositalarining elektr jihozlarini diagnostika qilish va
ta’mirlashda hozirgi paytda turlicha oddiy diagnostik qurilmalardan
tortib murakkab avtomatlashtirilgan elektron qurilmalar mavjud.
Bunday qurilmalardan foydalanish yuqori malakani talab etadi.
Shu bilan bir qatorda bu qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinsipi
ma’lum biror usul bilan amalga oshiriladi. Shunga asoslanib, ko‘p
avtokorxonalarda mavjud bo‘lgan qurilmalarning qisqacha
tuzilishi
va ular yordamida transport vositalari elektr jihozlarining nosozlik-
larini aniqlash va ularda ta’mirlash ishlarini olib borishni o‘rganish
kollej talabalari va mutaxassislariga turli diagnostik qurilmalarni
ishlatish hamda ulardan unumli foydalanishga asos bo‘la oladi.