MATEMATIK POYEZD
300- DIUmaktabining matematika
o'qituvchisi, Xalq ta'limi a'lochisi
Shaniyazova M.M.
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qirg’ovul qizil ekan, dumlari uzun ekan,
chumchuq chaqimchi ekan, qarg’a qaqimchi ekan. Qadim-qadim
zamonda
“Matematika” mamlakatida, “Arifmetika”shahrida “Raqam”
lar oilasi yashar
ekanlar. Oila boshlig’i “9” ota bo’lib, u oila ichida eng kattasi, bosigi, aqllisi
ekan. Uning rafiqasi “8” otin o’z
farzandlarini sevuvchi, mehribon ona ekan.
Ularning bir-biridan shirin, asal farzandlari bor ekan. Farzandlarning eng kattasi
“7 jon” bo’lib, qaddi qomati kelishgan, yurganda qaddini g’oz
tutib yuradigan
yigit ekan. Qizlari “6 oy” esa to’lin oydek ekan. “5- suluv” ni aytmaysizmi,
kamtarin, kamsuqum, yuzidan nur yog’armish. Quvnoq ”4- bonu”
ni tanimagan
odam yo’q ekan, tezda hamma bilan kirishib ketar ekan. Ulardan tashqari qizi
“3-bibi”, o’g’illari “2-toy”, “1-xon”, “0-jon” lar bor ekan. “0-jon” hammasidan
kichik bo’lib, juda nozik ekan. “8-ona” unga har kuni alla aytib uxlatar ekan.
Uxla ko’zim, no’ljonim,
Tong ham yaqin oppog’im.
Yetti soat, yetti minut,
O’tar ketar toychog’im.
Uxlar 14 mushukcha
Qiriq sichqon ham uyquda.
Yuz
pudlik fil kuladi,
Ming birinchi tushida.
Uxla ko’zim, no’ljonim,
Tong ham yaqin oppog’im.
Yetti soat, yetti minut,
O’tar ketar toychog’im.
Istasang tez ulg’aymoq,
Bo’lma asti shoshqaloq.
Kamtarlik qilaversang,
Bo’lasan baquvatroq.
Uxla ko’zim, no’ljonim,
Tong ham yaqin oppog’im.
Yetti soat, yetti minut,
O’tar ketar toychog’im.
Onasi shuncha harakat qilsa ham “0 jon” xadeganda uxlayvermabdi. Bundan
norozi bo’lgan “8-ona” o’g’lini yengilgina shapatiladi:
- uxla-e, bemaza! Tong otishiga 7 soatu 4 yarim minut qoldi. Darrov uxlamasang
umrbod no’lligingcha qolib ketasan. Uxla! Kimga gapiryapman?
Shunday deb “8-ona” beshikka qaradi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, “0-jon”
birdaniga g’oyib bo’lib qolibdi.
- Voydod, voydod, bolam qani, bolam qani? Yordam bering, yordam bering!
Uni yana bitta o’quvchi unitib qoldirganga o’xshaydi. Shundan beri hali no’ljon
topilmabdi. Bizga ham yordam so'rab xat yuborishibdi. Xo’sh nima deysizlar,
yordam beramizmi?
Sinfda 4 ta guruh o’tiribdi : 5
a
,5
b
,5
g
,5
d
. Ular yordamida “no’ljon” ni izlashga
harakat qilib ko’ramiz. Buning uchun bizga “Matematik po’yezd " kerak. Bu
po’yezdga shunchaki o’tirib bo’lmaydi. Faqatgina bu yerdagi topshiriqlarni
to’g’ri bajargan o’quvchilargina o’tira olishi mumkin.
Matematik po’yezdning 3 ta vago’ni bo’lib, 1vago’n-kupeli, 2vagon- plaskard,
3-vago’n-umumiy. Kupeli vago’nga oliy darajali xizmat ko’rsatiladi: bemalol
uxlab ketish mumkin, ovqat-choy ham keltirib berishadi. Dam olayotgan paytda
hech kim xalaqit bermaydi.
2-vago’n plasko’rd-vago’n bo’lib, o’rtacha xizmat ko’rsatiladi: o’rindiqlarda
uxlab ketishmumkin, lekin eshigi bo’lmaganligi sababli u yerdan bu yerga
odamlarning shovqini eshtilib turadi. Joy beriladi, lekin ovqat berilmaydi.
3-vago’n umumiy vago’n bo’lib, unda uxlab ketish mumkin emas, faqat o’tirish
mumkin, joy ham, ovqat ham berilmaydi.
Bu erdagi topshiriqlarni qaysi guruh tez, aniq, to’g’ri topsa- kupeli
vago’ndan, 2-bo’lib bajarsa- plasko’rd vago’ndan, 3-bo’lib bajarsa- umumiy
vago’ndan joy olishi mumkin. “Algebra” shahriga yetib borgunicha qancha
stansiya bo’lsa, har bir stansityada yangi topshiriqlar beriladi. Har
bir guruhning
vago’ni almashishi mumkin. Shartlar tushunarlimi? Unda boshladik.
Do'stlaringiz bilan baham: