Savol va topshiriqlar
1.―Grammatika‖ termini mohiyatini yoriting.
2.Tilshunoslik tarixidagi grammatikaga nisbatan yondashuvlar haqida
ma'lumot bering.
3.An‘anaviy sintaktik qarashlar haqida ma‘lumot bering.
4.Transformatsion grammatikaning formal tavsif uchun ahamaiyatli
jihatlari va cheklangan tomonlari haqida mulohaza yuriting.
5.Formal grammatika iyerarxiyasining mohiyatini tushuntiring.
6.Grammatik qonuniyatlarning kompyuter lingvistikasidagi ifodasini
yoriting.
7. ―Grammatika‖ tushunchasini klaster usulida ifoda eting.
87
III. KOMPYUTER LINGVISTIKASINING MA‟LUMOTLAR
BAZASI
9-§. KORPUS LINGVISTIKASI
Reja:
1.Matnlar korpusi – elektron holda saqlanadigan ma‘lum hajmdagi til
birliklari.
2. Korpus lingvistikasi masalalari.
3. Miiliy korpus va uning ahamiyati.
Asosiy tushunchalar:
kompyuter leksikografiyasi, elektron matnlar
korpusi, parallel matnlar korpusi, korpus lingvistikasi, empirik yondashuv,
korpuslarning nazariy va amaliy ahamiyati, korpuslar yaratish, lingvistik
tadqiqotlar, tilning leksik qatlami, fanlar integratsiyasi, umumiy
tilshunoslik, leksikologiya, stilistika, lingvokulturologiya, madaniyatlararo
kommunikatsiya, korpuslar tizimi va asosiy tavsifi, Milliy korpus, maxsus
korpuslar.
Kompyuter leksikografiyasini elektron matnlar korpusi yoki parallel
matnlar korpuslarisiz tazavvur qilish mumkin emas. Matnlar korpusi
(«corpus» lotincha «tana» degan ma‘noni anglatadi) – bu elektron holda
saqlanadigan ma‘lum til birliklari bo‗lib, ular tilshunoslar uchun turli xil
muammolarni hal etish maqsadida va turli yo‗nalishdagi tadqiqotlar uchun
zaruriyatga qarab turli shakllarda tuziladi. Bular fonema, grafema,
morfemalardan tortib undan kattaroq birliklar – leksema, gap va matnlar
(badiiy yoki ilmiy asar, gazeta va jurnal matnlari)dan tashkil topishi
mumkin. Ularning qay tarzda saqlanishiga qarab maxsus dasturlar yorda-
mida har bir kerakli so‗z yoki so‗z birikmasining misollari, imlo bo‗yicha
variantlari, sinonimik qatorlari topilishi mumkin. Matnlar korpusiga oid
ilmiy tadqiqotlar salmog‗ining ko‗payishi natijasida tilshunoslikda korpus
lingvistikasi yo‗nalishi shakllandi.
1
Korpus lingvistikasining maqsadi til o‗rganishda empirik yondashuv
negizidagi korpus lingvistikasi bilan bir qatorda korpus texnologiyalari
asoslari bilan ham tanishtirishdan iborat. Shuningdek, korpuslar bilan
ishlash malakalarini hosil qilish, tom ma‘noda ilmiy lingvistik tadqiqot
1
Баранов А.Н.
Введение в прикладную лингвистику. - М.: Эдиториал УРСС, 2001;
Po„latov
A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. - T., 2007.
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi
asoslari.-T., 2011.
88
olib borishda korpuslarning nazariy va amaliy ahamiyatini ko‗rsatish,
lingvistik sohalarga oid fanlar tizimida korpus lingvistikasining o‗rnini
aniqlash vazifalari belgilanadi. Korpus lingvistikasi korpuslarni yaratish va
ular asosida lingvistik tadqiqotlarni amalga oshirish, lisoniy tizimlarni
obyektiv va lingvistik yo‗nalishlar: leksikografik tadqiqotlar, tilning leksik
qatlami tavsifi, u yoki bu so‗zlarning qo‗llanish nisbati, tildagi leksik-
semantik, struktur o‗zgarishlar, tabiiy tillar grammatikasining o‗rganilishi,
til tizimi mohiyati va uning qo‗llanish tavsifi bilan shug‗ullanadi.
Fanlar integratsiyasida korpus lingvistikasining o‗rni katta va u
kompleks xarakterga ega. Korpus lingvistikasi fanini o‗rganishda
fundamental lingvistik bilimga ega bo‗lish, umumiy tilshunoslik,
leksikologiya,
stilistika,
lingvokulturologiya,
madaniyatlararo
kommunikatsiya asoslari, til tarixi, ingliz tili grammatikasi, tarjima
nazariyasi va amaliyoti kabi gumanitar sohalarni ham o‗zlashtirish talab
etiladi.
Korpus lingvistikasi doirasida quyidagi masalalar ham qamrab
olinadi:
- korpuslarning tizimi va asosiy tavsifi;
- korpuslarning asosiy turlarini bilish;
- lingvistik korpuslar tarixi: kartotekadan korpusgacha;
- korpus texnologiyalari asoslarini bilish;
- asosiy terminlarga ta‘rif berish;
- korpuslar tasnifi. Vazifasiga ko‗ra korpuslar turi. Formal omillarga
ko‗ra korpuslar turi. Birinchi tipdagi korpuslar. Ikkinchi tipdagi korpuslar;
- korpuslar texnologiyasi;
- turli xil turdagi korpuslar sharhi. Milliy korpus. Maxsus korpuslar.
Korpus va korpus menedjerlarining qiyosiy tahlili. Braun korpusi.
Britaniya milliy korpusi. Hozirgi amerika ingliz tili korpusi. S. Sharovning
ruscha-inglizcha korpusi. Korpuslar yaratish texnologiyasi. Turli xil
asoslarga ko‗ra korpuslar tasnifi tipologiyasi;
-
qidiruv vositalaridan (konkordanserlar va korpusli menedjerlardan)
foydalana bilish;
- korpuslar asosida qidiruvni amalga oshirish va tadqiq qilish;
- korpus lingvistikasi shakllanish tarixi va zamonaviy holati.
Rossiyadagi korpus lingvistikasi. Elektron lingvistik korpuslar tarixi.
Korpus lingvistikasi maktablari. Korpuslarning birinchi avlodi: manbalar.
Korpuslarning ikkinchi avlodi. Xomskiy lingvistikasiga empirik
yondashuv;
89
- korpus lingvistikasi shakllanishiga asos bo‗lgan lingvistik
yo‗nalishlar;
- korpus lingvistikasining asosiy tushunchalari;
- korpus – qidiruv tizimi sifatida;
- korpuslar kompilyatsiyasi metodologiyasi;
-internet qidiruv tizimi va lingvist orasidagi korpussifat interfeyslar;
- korpuslarga asoslanadigan lingvistik tadqiqotlar;
- korpuslarning reprezentativ masalalari;
- granulyarlik tushunchasi;
- tasniflash (korpuslar tipologiyasi);
- belgi qo‗yish tushunchasi; belgi qo‗yish jarayoni mohiyati va asosiy
standartli korpusli belgi qo‗yish. Belgi qo‗yish turlari. Belgi qo‗yilgan
korpuslar, belgilash vositalari. Avtomatik morfem va sintaktik tahlil.
Metalingvistik belgi qo‗yish. Parallel korpuslar. Tekislash masalasi.
Belgilangan matnlarni taqdim etishdagi lisoniy vositalar. Ekstralingvistik
belgilangan korpuslarni yaratish metodlari, vositalari;
-lingvistik razmetka; ekstralingvistik razmetka;
- korpus lingvistikasidagi standartizatsiya;
-korpusdan axborotni toppish – chiqarish metodlari. Topilgan axborot
turlari. Chastota (qo‗llanish miqdori) bo‗yicha axborot. Metaaxborot;
- konkordans. Konkordans korpus bilan ishlash dasturlari:
korkordanslar va parallel korpuslar. Boshqa fanlarda korpuslarning
qo‗llanishi. Sotsiologiya va tarixda korpuslardan foydalanish;
-korpuslarga asoslangan lingvistik va nolingvistik tadqiqotlar. Korpus
asosidagi lingvistik tadqiqotlar: leksikaning, grammatikaning o‗rganilishi.
Belgilangan matnlarni qayd qilishdagi lisoniy vositalar. Grammatik
kategoriyalar bo‗linishi. Korpuslarga asoslangan leksikografik tadqiqotlar;
- tavsiya qilingan adabiyotlardagi ma‘lumotlarni tahlil qilish,
qiyoslash va baho berish ko‗nikmalariga, korpus lingvistikasining dasturiy
vositalari va axborot resurslari bilan ishlash malakasiga ega bo‗lish.
Lingvistlar, dastavval, 1960 yillarda kompyuterlashtirilgan matnlar
korpusini to‗pladilar. ―Kompyuterda yaratilgan birinchi matnlar korpusi
Braun korpusi (BK, inglizcha
Do'stlaringiz bilan baham: |