S + V + O: S = ega, O = to„ldiruvchi, V = kesim.
Я пишу диссертацию. Он читает книги.
I have done my work. I am collecting apples.
O‗zbek tilida sodda gap qurilishi:
S + O + V:
Sen she‘r bitding. Men she‘r yod oldim.
S = ega, O = to‗ldiruvchi, V = kesim.
O‗zbek tilida qo‗shma gapning eng kichik modeli quyidagicha
bo‗ladi:
S1
+
V1 S
2
+ V
2
:
Bahor keldi, qalblar huzurga to‗ldi.
T –H
so‗z birikmasi modeli ( tobe – hokim ).
WPm
minimal sodda gap modeli. M:
O„qidim. Yozding.
Analogiya.
Kompyuter lingvistikasida eng ko‗p qo‗llanilayotgan
metodlardan biri analogiya metodi hisoblanadi.
Analogiya
(yunoncha
«moslik», «o‗xshashlik» ma‘nosini anglatadi) – munosabatlarning tengligi,
muvofiqligi; hodisa va jarayonlarning muayyan xossalarini qiyoslash yo‗li
bilan anglashda o‗xshash jihatlari. Qiyoslanayotgan obyektlar o‗rtasida
o‗xshashlik va farqlanish kuzatiladi, bu qiyoslashning asosi sanaladi.
Bunda ma‘lum obyektga xos bo‗lgan aniq belgining qiyoslanayotgan
obyektlarda kuzatilishiga tayanib ularning identifikatsiyasi asosida
mushtarak jihati aniqlanadi. Masalan, sifat va ravish so‗z turkumiga
mansub so‗zlar berildi. Ular bir qarashda bir-biriga juda yaqin, so‗roqlari
o‗xshash, shuningdek, farqli tomonlari ham mavjud. Analogiyaga tayanib
berilgan so‗zlarning mushtarak jihatlarini ajratish mumkin. Analogiya
induksiya
(umumiylikdan xususiylikka; qoidadan misolga borish) va
deduksiya
(xususiylikdan umumiylikka; misoldan qoidaga borish)
metodlari bilan uzviy aloqadorlikda bo‗ladi. Bilish jarayonida ular
o‗rtasiga qat‘iy chegara qo‗yib bo‗lmaydi. Analogiya deduksiya va
induksiya o‗rtasida bog‗lovchi «halqa» vazifasini o‗taydi.
Bilishda analogiya metodining ahamiyatini mashhur matematik Dyord
Poya shunday izohlaydi:
«Analogiyaga asoslanmasdan na elementar, na
1
Modellarning o‗zbek tili grammatikasi asosidagi muqobillari A.Rahimov tomonidan ishlab
chiqilqan. Qarang:
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
67
oliy matematikada, na fanning boshqa sohalarida hech qanday kashfiyot
qilib bo
‗
lmaydi».
Stefan Banax esa shunday yozadi:
«Matematik isbotlar
o
‗
rtasidagi analogiyani topa olgan odam, eng yaxshi matematik; isbotlar
o
‗
rtasida analogiya o
‗
rnata olgan odam, bundan ham ko
‗
ra kuchli
matematik
–
nazariyalar analogiyasini sezgan odam; biroq odam o
‗
zini
eng kuchli
hisoblashi uchun analogiyalar o
‗
rtasidagi analogiyani ko
‗
ra
olishi kerak»
1
.
Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda aytish
mumkinki, analogiya lingvistikadagi, xususan, kompyuter lingvistikasidagi
tadqiqotlar uchun ham o‗ziga xos kompas vazifasini bajaradi.
Akademik L.V.Sherba bir ma‘ruzasida yozuv taxtasiga shunday
jumlani yozadi:
«Глокая куздра штеко будланула бокра и кудрячить
бокренка».
Talabalardan uning grammatik tahlilini talab qiladi. Mazkur
jumla aslida hech qanday mazmunga ega emas, lekin u rus tilidagi
mazmunga ega bolgan qaysidir jumlani eslatadi. Bu jumlaning grammatik
tahlilini amalga oshirish mumkin. Masalan, «kuzdra» so‗zi – birlik, bosh
kelishik, jenskiy rod shaklidagi ot bilan ifodalangan ega, «budlanula» so‗zi
– o‗tgan zamon shaklidagi fe‘l bilan ifodalangan kesimlardan biri,
«kudryachit» so‗zi – noaniq shakldagi fe‘l bilan ifodalangan boshqa bir
kesim. Masalaga bunday yondashish analogiya metodi asosida amalga
oshadi. Mazkur yondashuv, ayniqsa, kompyuter lingvistikasidagi matnning
avtomatik analizi yo‗nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda
so‗zlarning grammatik tavsifi va so‗zlarning oxiridagi harf tarkibi
o‗rtasidagi kuchli korrelyatsion aloqaga tayaniladi.
2
Oxirgi harfi bir xil bo‗lgan so‗zlarning derivatsion va relyatsion
modellari (so‗z yasalishi va shakl yasalishi) hamda grammatik
ma‘lumotlari (qaysi so‗z turkumiga mansubligi, qanday grammatik
kategoriyalarga egaligi) bir xil bo‗lishi tabiiy. Masalan, ingliz tilida
-er, -
ness, -dom
kabi, rus tilida
-nost, -щik, -nik
kabi, o‗zbek tilida
-shunos, -chi,
-lik
qo‗shimchalariga ega bo‗lgan so‗zlar ot (noun) so‗z turkumi
hisoblanadi. Demak, tezaurusda (lug‗at bazasida) mavjud bo‗lmagan
so‗zlarning avtomatik analizini mavjud bo‗lganlarining harf tarkibidagi
moslikdan, so‗zlar analogiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirish
mumkin. Bu jarayonda tizimning lingvistik ta‘minoti chappa (ters)
lug‗atlar bilan ham to‗ldirilgan bo‗lishi lozim.
1
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
2
Белоногов Г.Г.
Об использовании принципа аналогии при автоматической обработке
текстовой информации // Проблемы кибернетики. 1974. №28. -С.ЗЗ. Bu haqida qarang:
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2009.
Rahimov A.
Kompyuter
lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
68
Modellashtirish lingvistik qoidalarni tushuntirishda eng qulay
vositalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |