202
kompyuter lingvistikasiga bo‗lgan ehtiyoj yana ham oshadi. Chunki aynan
kompyuter lingvistikasi o‗zbek tilining jahon miqyosiga chiqishida, o‗zbek
tilining dunyoviy tillardan biriga aylanishiga, uni o‗rganish va o‗rgatish
ishlarining optimallashuviga zamin yaratadi.
Jahon andazalari talablariga javob beruvchi, har tomonlama
mukammal, qulay va ommabop kompyuter uslubi yaratilganidan so‗nggina
yuqoridagi muammolarni hal qilish mumkin bo‗ladi.
Ma‘lumki, inson fikrini og‗zaki yoki yozma shakllantirishda turli
grammatik vositalardan foydalanadi, u o‗z nutqida frazeologizm,
har xil
iboralar, badiiy tasvir vositalarini qo‗llaydi, ya‘ni har bir insonning nutqi
o‗ziga xos va takrorlanmasdir. Ammo axborot va texnologiyalar asri
ma‘lumotlarning tezkor yetkazib berilishi va qisqa muddatlarda qabul
qilinishini talab qiladi. Axborot tezligini oshirish qisqalik, aniqlik,
muayyan qolip asosidagi jumlalarni taqozo qiladi. Axborot -kompyuter
uslubi sun‘iy tilga asoslanadi. Tabiiiy til muloqot vositasi bo‗lishi bilan bir
qatorda, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiyalarni ham bajaradi.
Tilning ijtimoiy funksiyalari tabiiy tilda to‗laligicha namoyon bo‗ladi.
Axborot uslubida kommunikativ funksiya birinchi darajaga chiqadi,
emotsional-ekspressivlik, deyarli, reallashmaydi. Tabiiy til va sun‘iy til
(kompyuter-axborot uslubi) o‗z o‗rnida ahamiyatlidir. Muayyan tabiiy tilni
kompyuter axborot uslubiga mos emas,
deyish yoki qayta ishlangan,
modellashtirilgan tabiiy tilni imokniyatlari cheklangan deb baholash
nisbiydir. Kompyuter- axborot uslubi nutq uslublari bilan parallel ravishda
shakllanib, rivojlanib boraveradi, ammo ular qo‗llanish sohasi bilan
farqlanadi. Bu uslublardan turli soha vakillari foydalanishadi: og‗zaki
muloqotda so‗zlashuv uslubidan, fan-texnika taraqqiyotiga oid
ma‘lumotlar berishda ilmiy uslubdan, ish yuritishda rasmiy uslubdan,
ijtimoiy-siyosiy,
ommabop ma‘lumotlarni yetkazishda publitsistik
uslubdan,
adabiyot, san‘at, madaniyat sohalarida badiiy uslubdan
foydalaniladi. Kompyuter uslubidan kompyuter mutaxassislari, reklama,
biznes, tabiiy soha vakillari va eng muhimi o‗zbek tilida ish yurituvchilar
(yurisprudensiya vakillari) foydalanishlari mumkin.
Kompyuter uslubi tabiiy tilning jahon andazalari talablariga monand
holda fikrni aniq, qisqa, ixcham, qoliplashtirilgan ko‗rinishda qayta ishlash
asosida shakllantiriladi.
O‗zbek tilining kompyuter uslubini shakllantirish milliy til mavqeyini
yuksaltirishga, ma‘lumotlarni ona tilida qabul qilish imkoniyatiga zamin
hozirlaydi. O‗zbek tili kompyuter uslubining mezonlari sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
203
a) aniqlik, qisqalik, lo‗ndalik; bir qiymatlilik;
b) jahon andazalariga moslik;
d) barcha uchun birdek tushunarli bo‗lish (muayyan bir fikrning
umum tomonidan bir xil tarzda qabul qilinishi);
e) turli badiiy tasvir vositalari,
modallik, sinonimlikdan xolilik
(sinonimlardan dominanta so‗zlar tanlab olinadi);
f) so‗zlar, asosan, bir ma‘nolilik kasb etadi , ko‗chma ma‘nolar
e‘tiborga olinmaydi (ya‘ni bu uslubda so‗zlarning faqat denonativ semalari
qamrab olinadi);
g) kompyuter talablari qat‘iy hisobga olinadi, simvollar, modellar,
kodlardan foydalaniladi.
O‗zbek tilining kompyuter uslubini yaratish ijtimoiy-iqtisodiy hayotda
ham muhim ahamiyatga ega. Bu quyidagilarda o‗z ifodasini topadi:
-o‗zbek tili axborot uslubining yuzaga kelishi shu tilda ma‘lumotlar
bazasini shakllantirishga xizmat qiladi;
-kompyuter tizimining o‗zbek tili asosida ishlashini ta‘minlaydi;
kompyuter tizmimidagi buyruqlarning shu tilda amalga oshirilishiga zamin
yaratadi;
-o‗zbek tilidan rus tiliga (rus tilidan o‗zbek tiliga), o‗zbek tilidan
ingliz tiliga (ingliz tilidan o‗zbek tiliga) tarjima dasturlari takomillashadi;
-o‗zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish imkoniyati yaratiladi;
ijtimoiy
sohalarga doir matnlarda yo‗l qo‗yilayotgan imloviy nuqsonlar bartaraf
etiladi;
-barcha soha mutaxassislarining savodxonligi ortadi.
Insoniyat tarixida ma‘lum davrlarda turli predmetlar - toshko‗mir,
tilla, tuz kabilar eng katta boylik hisoblangan. Insoniyat uchinchi ming
yillik boshlarida axborot asriga qadam qo‗ydi. Bugungi kunda axborot
olish hayotiy zaruriyatga aylanadi. Shuning uchun jahon bozorida
ma‘lumot oltindan ham qimmatliroq baholanmoqda. Axborotni topish,
saqlash, qayta ishlash va boshqalarga yetkazishning qulay usullariga
bo‗lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Dunyodagi eng badavlat kishi
kompyuter, ya‘ni axborotni qabul qilish, saqlash
va qayta ishlash sohasi
vakili Bill Geyts hisoblanadi. Bu holatni Bill Geytsning o‗zi shunday
izohlaydi:
«Kim axborotga ega bo
‗
lsa, u hamma narsaga ega bo
‗
ladi».
Uning yana bir mushohadasi dunyoga mashhur:
«Axborot dunyodagi eng
katta, eng qimmat moddiy boyliklardan ham ustun turadi, chunki ushbu
boyliklar axborot vositasida qo
‗
lga kiritiladi».
Kompyuter lingvistikasi
tilshunos, adabiyotshunos,
qolaversa, barcha soha vakillari uchun ham
ma‘naviy, ham moddiy boylik manbayidir. Kompyuter lingvistikasi
204
tillarni, xususan, rus va ingliz tillarini o‗rganishda ham asosiy vosita
hisoblanadi. Shuningdek, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalarida
ilmiy, badiiy, biznes va reklama bo‗yicha ixtisoslashgan tarjimonlar
tayyorlashni yo‗lga qo‗yishda, o‗zbek tilida ingliz tilini va ingliz tilida
o‗zbek tilini to‗liq o‗rgatadigan o‗quv qo‗llanmalari va kompyuter
dasturlarini yaratishda ham kompyuter lingvistikasi muhim o‗rin tutadi.
«Dunyoviy o‗zbek tili» kitobi o‗zbek tilidagi ma‘lumotlar
bazasini
yaratish yo‗lidagi birinchi qadamdir. Kitob muallifi fizika-matematika
fanlari doktori, professsor Abdumajid Po‗latov o‗zbek kompyuter
lingivistikasining asoschisi, o‗zbek tilidagi axborot uslubi modelining
yaratuvchisi hisobalanadi. «Dunyoviy o‗zbek tili» kitobi ko‗p jildli bo‗lib,
uning 1-jildida o‗zbek tilidagi fe‘l shakllari (fe‘lning leksik-gramatik
paradigmalari) va ularning rus, ingliz tillaridagi muqobillari keltirilgan.
Mazkur kitob fe‘l -kesim va fe‘lning xoslangan shakllari – sifatdosh,
harakat nomi, ravishdosh kabilarni uch tilda to‗liq o‗zlashtirishga yordam
beradi: kitob bilan tanishgan har bir o‗quvchi fe‘l shakllarini rus va ingliz
tillarida yozishni o‗rganib oladi. Eng muhimi, o‗zbek tilidagi fe‘l asosida
yaratilgan mazkur tadqiqot asosida butun jahon kompyuter lingvistikasi
assosiatsiyasida ma‘lumotlar bazasi yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: