Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Androsteroma.
Buyrak usti bezi qobig’ining to’rsimon sohasida 
rivojlanadi. Klinik manzarasi androgenlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan 
bog’liq. Kasallik navqiron va etilgan yoshda paydo bo’ladi. Ko’proq ayollar 
kasallanadilar. Bolalik yoshida qizlarda gipertrixoz paydo bo’ladi, bo’y o’sishi 
tezlashadi, mushaklari haddan tashqari rivojlanadi, tovushi past, dag’al bo’lib 
qoladi. O’g’il bolalarda barvaqt voyaga etish kuzatiladi, bo’yi baland emas, 
oyoqlari kalta. Ayollarda erkaklarga xos jinsiy belgilar paydo bo’lib 
maskulinizatsiya belgilari yuzaga keladi – teri ostidagi yog’ qatlami kamayadi, 
mushaklari tez rivojlanadi, ko’krak bezlari atrofiyaga uchraydi, hayz ko’rish 
faoliyati buziladi; ko’pincha girsutizm paydo bo’ladi. Bemorning gormonal 
faoliyati tekshirilganda siydikda 17-KS miqdorining juda ko’pligi namoyon 
bo’ladi. O’smaning joylashuvini aniqlash uchun UTT va KT qo’llaniladi. 
Davolashda xirurgik usul ishlatiladi – bemorlarga adrenalektomiya 
operatsiyasi bajariladi. 


132 
AORTA VA MAGISTRAL ARTERIYALAR TARMOQLARI 
KASALLIKLARI
 
Xozirgi zamon angiologiyasi o’z ta’sirini kardiologiya, terapiya, 
gastroenterologiya, seksologiya, nefrologiya, transplantologiyaning bir qator 
muammolariga yo’naltiradigan fandir. Angiologiya tufayli yurak ishemiyasi
miya, arterial gipertenziya kabi xastaliklarning patogenezini qayta ko’rib chiqish 
imkoniyati yaratildi. Tomirlarning ilgari ma’lum bo’lmagan yangi kasalliklari – 
nospetsifik aorto-arteriit va fibroz-mushak displaziya diagnostika qilinyapti va 
o’rganilyapti. 
Anatomik-fiziologik xususiyatlar 
Shunday qilib, tomirlar xirurgiyasining ta’siri xozir g’oyatda katta va undan 
go’yo uzoqda turgan tibbiy ixtisosliklarga ham tarqaladi. Shularning hammasi 
tibbiyot oliy bilimgohi talabalarini angiologiya va angioxirurgiyaning xozirgi 
holati: uning diagnostik va operativ imkoniyatlari bilan tanishtirishni taqozo 
etadi. 
Bemorlarni tekshirish usullarini yoritishdan oldin arterial tizimning ba’zi 
bir asosiy kasalliklari ustida to’xtalib o’tish zarur. Bular: ateroskleroz, 


133 
nospetsifik aorto-arteriit, fibroz-mushak displaziyasi, obliteratsiyalovchi 
endarteriit. 
Ateroskleroz atamasini 1904 yilda Marshan taklif qilgan, bu aorta va 
arteriyalarning o’ziga xos kasalligidir. Bu kasallik arteriyalar intimasi ostida 
lipidlarning o’choqli yig’ilib biriktiruvchi to’qima atrofi o’sib qalinlashuvi, 
kaltsiy yig’ilishi va mediyaning o’zgarishi bilan bog’liq: asosiy sabablari – 
tashqi omillar (xolesteringa boy ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish), 
genetik moyillik, endokrin buzilishlar, modda almashinuvi buzilishlaridir. 
Ateroskleroz patogenezining eng tarqalgan nazariyasi N.N. Anichkov, G.F. 
Lang, A.L. Myasnikovlar taklif qilgan neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil 
xolesterin kompleksi yaratilishida beqaror lipoprotein komplekslariga – 3/4 
qismi lipidlardan iborat beta-lipoproteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo’lgan 
xolesteringa katta ahamiyat beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish 
usuli ishonchli emas, komplekslar erimaydigan lipidlar cho’kishi bilan oson 
parchalanadi. Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida 
arteriyalar intimasida to’xtalib qoladi va asta-sekin yig’ilib, uning devoriga 
o’tadi. 
Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik nazariyasi nuqtai 
nazardan ateroskleroz sistolik qon to’lqini zarblarining arterial devorni surunkali 
shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalarning himoya sistemasi o’z 
vazifasini ado etolmaganda ro’y beradi. 
Aterosklerozning trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif 
etgan. Uning tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g’ovak, so’ngra 
kontakt fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi, 
shunga ko’ra u go’yo tomir devorining tarkibiy qismiga o’xshab, intimaga 
joylanib olganday bo’ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil 
bo’lishi yuz beradi. Fibrin yig’ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz bersa, 
fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi. 
Nospetsifik aorto-arteriit – tomirlarning tizimli kasalligi bo’lib, asosiy 
xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi, anevrizmatik yoki 


134 
aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori tasvirlagan. Nospetsifik 
aorto-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi M. Takayasuning 1905 yilda aorta 
ravog’i tarmoqlari zararlanishining klinik tasvirini bayon etishidan boshlangan. 
Aortitning allergik tabiatini hisobga olib, qator mualliflar uning autoimmun 
kelib chiqishi to’g’risidagi taxminni bayon qiladilar. Ayrim mualliflar uni 
kollagenozlar qatoriga kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos yallig’lanish 
reaktsiyalari, subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm, ayrim musbat 
laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda, arteriyaning 
birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so’ngra jarayon tomirning birmuncha 
chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan ikkilamchi yallig’lanish 
xodisalari yuz beradi. 
Obliteratsiyalovchi endarteriit – oyoq distal arteriyalarining yallig’lanish 
kasalligi bo’lib, tromboz va o’tkazuvchanligining buzilishi bilan o’tadi.
Etiologiyasi va patogenezi.
 
Xozircha noaniq, uning rivojlanishini 
tushuntiradigan nikotin, infektsion, endokrin, buyrak usti bezi, trombogen 
nazariyalar rad etiladi. Arteriospazm rivojlanishida nikotin intoksikatsiyasining 
ishtiroki yaxshi ma’lum, biroq so’nggi yillarda chekadigan ayollar sonining 
ko’payishi ayollar o’rtasida endarteriit bilan kasallanish darajasini oshirgani 
yo’q. Bugungi kunda endarteriit rivojlanishida allergik komponentning 
ahamiyatini inkor etib bo’lmaydi. Neyrogen omil diqqatni tortadi. Endarteriitda 
nerv sistemasi zararlanishini ko’pgina mualliflar isbotlab berganlar, bunda 
morfologik o’zgarishlar oyoqdagi obliteratsiyaga uchramagan arteriya nervlarida 
ham topiladi. Arterial devorning maxalliy o’zgarishlari allergik komponentni 
ham o’z ichiga oladi. Autoantigenlar, autoantitelalar hosil bo’ladigan murakkab 
immun biologik reaktsiyalar ro’y beradi, arteriya devorlarida morfologik 
o’zgarishlar sodir bo’ladi. 
Arteriyalarning fibroz displaziyasi – jarayon etiologiyasi xali to’liq 
o’rganilmagan. Birinchi martta De Kamp va Birxall tasvirlagan. Gistologik 
tekshirishda o’rta parda normal elementlarining gipertrofiyasi aniqlanadi, 
natijada arteriya bo’shlig’i kontsentrik torayadi, u anevrizmatik kengaymalar 


135 
bilan navbatlashadi. Katta anevrizmalar hosil bo’lishi ham mumkin. Asosan 
navqiron yoshdagi ayollar kasallanadilar. Fibroz displaziya ilgari faqat buyrak 
arteriyalarida uchrar edi. So’nggi vaqtlarda jaxon adabiyotida uning umumiy 
tomir kasalligi bo’lib, buyrak arteriyalaridan boshqa tomirlarni kasallantirishi 
haqida ilmiy ishlar paydo bo’ldi.
Endovazal sabablardan tashqari, aorta va uning tarmoqlaridagi qon oqimi 
ularning turli ekstravazal omillardan bosilishi sababli buzilishi ham mumkin. 
Aorta tarmoqlarining rivojlanish nuqsonlari, arteriyalarning uzayishi va 
patologik egri-bugriligi, umurtqa arteriyasi og’zining surilishi shular jumlasiga 
kiradi. Suyak kanalida umurtqa arteriyasining kompressiyasi buyrak 
osteoxondrozida osteofitlardan, umurtqalararo diskalar tushib qolganda va 
umurtqalar oldinga surilganda yuz berishi mumkin. 
Braxiotsefal arteriyalarda qon oqimi buzilishiga ularning karotid tana 
o’smalaridan va bo’yin chandiqlaridan bosilishi kamdan-kam sabab bo’ladi. 
Qorin stvoli anatomik joylashuviga ko’ra diafragma medial oyoqchasining 
fibroz boylami, quyosh chigalining gangliyalari va nerv tolalaridan bosilishi 
mumkin. Uning me’da osti bezi o’smasi, periarterial fibrozdan kompressiyaga 
uchrash hollari tasvirlangan. Tomir kasalliklarini aniqlash qiyinligiga qaramay, 
ularning ko’pchiligini bemorni odatdagi klinik tekshirishda bilib olsa bo’ladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish