KONTAKTORLAR
Reja:
1. Kontaktorlarning belgilanishi va ularga qo‘yiladigan talablar.
2. O‘zgarmas tok kontaktorlarining xususiyatlari.
3. O‘zgaruvchan tok kontaktorlari.
Tayanch so‘zlar va iboralar
Kontaktor;
mexanik
emirilishga
bardoshlilik;
elektr
emirilishga
bardoshlilik; kontakt tizimi; kontaktorning nominal toki; yoy o‘chirish tizimi;
magnitli puflash; yoy o‘chirish g‘altagini ketma-ket ulangan tizimi; yoy o‘chirish
g‘altagining parallelp ulangan tizimi; doimiy magnitli tizimlar; kontaktorning
elektromagnit tizimi; o‘zgaruvchan tok kontaktorlari.
Kontaktorlar deb, katta tok kuchiga ega elektr zanjirlarini (kuch zanjirlarini)
masofadan turib tez-tez ulab-uzish uchun belgilangan, bir bosqichli ikki pozitsiyali
apparatga aytiladi. amaliyotda elektromagnitli, gidravlik va pnevmatik yuritmali
kontaktorlarning turlari mavjud bo‘lib, ulardan eng ko‘p tarqalgani elektromagnitli
yuritmaga ega kontaktorlardir. Tok turiga ko‘ra esa kontaktorlar o‘zgarmas tok
kontaktorlari va o‘zgaruvchan tok kontaktorlariga bo‘linadi.
‘ozirgi paytda elektr yuritma tizimi sxemalarini ulab-uzish chastotasi soatiga
3600 tagachani tashkil etadi. Bunday rejim juda ‘am og‘ir
rejim hisoblanadi,
chunki ‘ar bir ulab-uzish jarayonida kontaktlar emirilib boradi. SHunga ko‘ra
kontaktorlar umumiy ‘olda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishlari talab qilinadi:
mexanik emirilishga bardoshlilik – ushbu xususiyat kontaktorning xech
qanday ta’mirsiz, shuningdek birorta ‘am e’tiyot qismini almashtirmay amalga
oshirgan ulab-uzish miqdori bilan o‘lchanadi (bunda tok kuchi nolpga teng
bo‘lib, zamonaviy kontaktorlar uchun ushbu miqdor (10-20)
.
10
6
ga tengdir);
elektr (kommutatsion) emirilishga bardoshlilik –
ushbu xususiyat esa
kontaktorning shunday miqdordagi ulab-uzishlar soniki, bundan keyin
kontaktorning ta’mirlanishi talab qilinadi (zamonaviy
kontaktorlar uchun
ushbu miqdor (2-3)
.
10
6
tani tashkil etadi).
imkon darajasida kichik o‘lchamlarga ega va vazni engil bo‘lishi kabilar talab
qilinadi.
Kontaktorlar quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: kontakt tizimi;
yoy o‘chirish qurilmasi; elektromagnit; yordamchi (blok) kontaktlar tizimi.
O‘zgarmas tok kontaktorlarining xususiyatlari.
a) Kontakt tizimi –
kontaktorning mexanik va elektrik ji’atdan eng ko‘p emiriladigan qismidir.
Emirilishni kamaytirish maqsadida
chiziqli-yumalab ulanuvchan
kontaktlardan
foydalaniladi. Bunda kontaktlar tebranishini imkon
darajasida kamayishiga
erishish mu’im a’amiyatga ega.
Kontaktorning nominal toki uning asosiy parametrlaridan biri hisoblanib, u
kontaktorning kattaligini belgilaydi. Misol uchun,
II-kattalik kontaktorining
nominal toki 100A, III-kattalik kontaktori uchun 150A va ‘okazodir.
Qaytariluvchan uzoq muddatli rejim uchun belgilangan tok kontaktorning nominal
toki deb hisoblanadi (ushbu rejimda kontaktor 8 soat davomida ulangan ‘olatda
bo‘ladi, so‘ngra esa kontakt yuzalarini mis oksididan tozalash maqsadida bir necha
marta uzib, ulanadi). Agar kontaktor boshqarish shkafining ichki qismiga
o‘rnatilgan bo‘lsa, nominal tok miqdori 10% ga kam deb belgilanadi (ish sharoiti
yomonlashgani sababli) va agar kontaktorning ulangan ‘olatda bo‘lishi 8 soatdan
ortiq bo‘lsa, nominal tok 20% ga kam qilib belgilanadi.
Qayta qisqa muddatli ish rejimida (PV=40%) tokning ru’sat etilgan qiymati
nominal tokning 120% ga teng bo‘ladi. Tokning qayta qisqa muddatli rejim uchun
ruxsat etilgan qiymatini quyidagi tenglamaga ko‘ra aniqlash tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: