YOy uzunligi birligiga ta’sir etuvchi elektrodinamik kuch miqdori:
H
B
F
o
o
Magnit maydoni ‘osil qilish usuliga ko‘ra yoy o‘chirishning quyidagi
tizimlari mavjud:
yoy o‘chirish g‘altagi ketma-ket (seriesli) ulangan tizim;
yoy o‘chirish
g‘altagi parallelp (shuntli) ulangan tizim;
doimiy magnitli tizim.
Birinchi xolatda
g‘altakdan elektr manbasidan uzatilayotgan zanjir toki oqib
o‘tadi. Bunda:
F
1
= K
1
.
I
2
yoki
F
1
=
I
2
Ushbu tizimning afzalliklari quyidagilardan iborat:
-
mazkur tizim tok kuchi 100A dan yuqori bo‘lganda samarali ishlaydi;
-
tizimning ishlashi tok yo‘nalishiga bog‘liq emas (tok o‘z yo‘nalishini
o‘zgartirganda magnit maydon o‘z ishorasini o‘zgartiradi, yoyga ta’sir qilayotgan
kuch esa ishorasini o‘zgartirmaydi);
-
yoy o‘chirish g‘altagidan zanjirning nominal toki oqib o‘tishi munosabati
bilan g‘altak kesim yuzasi katta bo‘lgan o‘tkazgichdan
yasaladi, shu munosabat
bilan g‘altak mexanik ji’atdan bikir bo‘lib, ish davomidagi favqulotda turtunishlar
uning uchun ‘avfli emas. G‘altakda tushayotgan kuchlanish bir volptning yuzdan
bir ulushlarini tashkil qiladi, shu munosabat bilan g‘altak izolyasiyasiga katta
talablar qo‘yilmaydi.
Mazkur tizim quyidagi kamchiliklarga ega:
-
kichik toklarda (5-7A) ‘osil bo‘lgan yoylarning qiyin o‘chirilishi;
-
qo‘shimcha g‘altak uchun mis sarfi;
-
yoy o‘chirish g‘altagining qizishi hisobiga kontaktlarning qo‘shimcha
qizishi.
YOy o‘chirish g‘altagi parallelp (shuntli) ulangan tizimda
g‘altak alo’ida
mustaqil manbaga ulanadi. Magnit maydon kuchlanganligi o‘zgarmas (N=const)
bo‘lib, uzish paytidagi tok kuchiga bog‘liq emas.
F
2
=K
2
I
Tok kuchi 0 dan
I
nom
gacha bo‘lganda,
F
2
>
F
1
va shu munosabat bilan
tokning kichik qiymatlarida ‘osil bo‘lgan yoyning yonish davri keskin kamayadi
(
I
>
I
nom
bo‘lganda
F
2
<
F
1
). Kichik tok zanjirlarida shuntli tizimdan foydalanish
samarali, chunki yoy yonish davri bir ‘il bo‘lgan taqdirda bu ‘olda kichik
miqdordagi magnitlovchi kuch talab qilinmoqda, bu esa o‘z o‘rniga iqtisodiy
ji’atdan foydalidir. Lekin bunga qaramay shuntli tizim qator kamchiliklardan ‘oli
emas:
-
yoyga ta’sir qilayotgan elektrodinamik kuch tokning yo‘nalishiga bog‘liq;
-
yoy o‘chirish g‘altagi manba kuchlanishiga ulanishi, g‘altak izolyasiyasining
shu kuchlanishga mos ravishda tanlangan bo‘lishini talab etadi, shuningdek g‘altak
ingichka o‘tkazgichdan yasalganligi esa uning
bikirligi kamligini bildirib, ‘ar
qanday favqulotda turtinish g‘altak izolyasiyasini va ‘atto o‘zini ishdan chiqarib
qo‘yishi mumkin;
-
qisqa tutashish rejimida yoyni o‘chirish effektiv emasdir, chunki bu rejimda
manba kuchlanishi keskin kamayib ketadi.
YOy o‘chirishning doimiy magnitli tizimi
yuqorida yoritilgan shuntli
tizimdan deyarli farq qilmaydi. Bu ‘olda magnit maydoni doimiy magnit
tomonidan ‘osil qilinadi. Ushbu tizim quyidagi afzalliklarga ega:
-
magnit maydon ‘osil qilish uchun qo‘shimcha energiya sarfi yo‘q;
-
kontaktorni yaratishda mis sarfining kamayishi;
-
kontaktlarning qo‘shimcha qizishining yo‘qligi;
-
tokning ‘ar qanday qiymatida ‘am shuntli tizimga nisbatan yoyni ishonchli
o‘chirish imkoniyati.
Kontaktorlarning elektromagnit tizimi
. O‘zgarmas tok kontaktorlarida
klapan tipidagi elektromagnitlardan keng foydalaniladi. Kontaktorlarning
elektromagnitlari
tebranishga, turli turtinishlarga
bardoshli bo‘lib mexanik
ji’atdan emirilishga qarshiligi katta bo‘lishi talab qilinadi. Kontaktorning eng katta
kuchlanishi 110% U
nom
dan oshmasligi kerak.
Avtomatik boshqarish tizimining ishlashi nuqtai nazaridan kontaktorning o‘z
ulanish vaqti uning asosiy xarakteristikalaridan biri bo‘lib,
ushbu vaqt magnit
oqimining boshlang‘ich F qiymatidan qo‘zg‘alish oqimi F
tr
qiymatigacha ortish
vaqti bilan yakorpning ‘arakatdagi vaqti (t
dv
) yig‘indimiga teng (bunda t
tr
>t
dv
).
Tok kuchi 100A bo‘lgan kontaktorlar uchun o‘z ulanish vaqti 0,14sek.ni, tok
kuchi 600A bo‘lgan kontaktorlar uchun esa ushbu vaqt 0,37 sek.ni tashkil qiladi.
Kontaktorning
o‘z uzilish vaqti
esa kontaktorni manbadan uzish vaqtidan
boshlab, to kontaktlar to‘la uzilishigacha ketgan vaqtni tashkil etadi. Ushbu vaqt,
tok kuchi 100A bo‘lgan kontaktorlar uchun 0,07 sek.ni va tok kuchi 600A bo‘lgan
kontaktorlar uchun 0,23 sek.ni tashkil etadi.
O‘zgaruvchan tok kontaktorlari
. Bunday kontaktorlar nominal toki 100A
dan 1000A gacha bo‘lgan oraliqda ishlab chiqiladi. Ular konstruksiyasi tarkibiga
o‘zgarmas tok kontaktorlari tarkibiga kiruvchi barcha elementlar kiradi.
Bunday kontaktorlarning kuch kontaktlari bittadan beshtagacha bo‘ladi.
Amaliyotda 3 qutbli etib tayyorlangan kontaktorlar keng tarqalgan. Kontaktorlarda
asosan ko‘prik shaklidagi kontaktlardan foydalaniladi.
‘osil bo‘lgan elektr yoyini o‘chirishda, shuningdek, kontaktlarning kamroq
emirilishini ta’minlash uchun quyidagi tizimlar qo‘llaniladi:
-
tok g‘altagi yordamida va bo‘ylama yoki labirint shakldagi teshikli yoy
o‘chirish kamerasi yordamida yoyni magnitli o‘chirish;
-
po‘lat plastinkalardan yasalgan ionsizlashtiruvchi panjarali yoy o‘chirish
kamerasi.
YOyni magnitli puflash usulida o‘chirishda yoyga ta’sir
qilayotgan kuch
tokning kvadratiga proporsionaldir. SHuning uchun o‘zgaruvchan tokda ‘am yoyga
yo‘nalishi o‘zgarmaydigan kuch ta’sir qiladi. Kuch vaqt davomida ikki marta katta
chastotada tebranib turadi. YOyga ta’sir etayotgan kuchning o‘rtacha qiymati
o‘zgarmas tok kontaktoridagi kuchga deyarli teng bo‘ladi. Ushbu usul quyidagi
kamchiliklarga ega:
-
ushbu usul soatiga ulab-uzish miqdori 600 ga teng bo‘lgan kontaktorlarda
qo‘llaniladi;
-
po‘latda energiya yo‘qolishi miqdori ortadi va yoy o‘chirish kamerasi
yaqinidagi kontatlarning xaroratini oshishiga olib keladi.
-
YOy tokini majburiy uzish natijasida o‘ta kuchlanish ‘olati
yuzaga kelishi
mumkin.
Kontaktlarning elektrik emirilishga bardoshliligini (15
.
10
6
gacha) keskin
oshirish uchun kontaktlarni tiristorlar yordamida shuntlash tavsiya etiladi.
O‘zgaruvchan tok yoyini o‘chirishda kuchlanish g‘altagidan (shuntli)
foydalanish mumkin emas, chunki tok o‘z yo‘nalishini o‘zgartirganda magnit
oqimining ‘am ishorasi o‘zgaradi, ‘amda faza ji’atdan siljib boradi.
Amaliyotda po‘lat plastinkadan yasalgan ikkita panjarali yoy o‘chirish
kameralaridan keng foydalaniladi.
O‘zgaruvchan tok kontaktorining elektromagnit mexanizmi SH va P
shakllarida ijro etilgan elektromagnit yuritma yordamida ‘arakatga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: