O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti “Himoyaga tavsiya etilsin”



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/30
Sana24.04.2022
Hajmi1,18 Mb.
#579170
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
xaytboyeva manzura xarakter - xususiyat asosidagi metaforalarni o\'rganish usullari ( o\'zbek va ingliz tillari materiallari asosida ) bmi

Personal Analogy
) – bunda ba’zi o‘quvchilarning 
tortishuvi kuzatiladi. Ularda obyekt va uning analogiga oid fikrlar uyg‘ongan 
fikr aytiladi. (“Learning – I feel shunned and very unappreciated at times.”
Circus– “I feel excited because I’m the life of the party!” – O‘rganish –o‘zimni 
olib qochgandek his qilaman va hozirda qadrsiz; Sirk – o‘zimni rohatda 
sezaman, chunki shu kechaning hayotiman). Bu jarayonda sinfda yuzaga 
keluvchi bahslar ham foydalidir.
3. Analog qarama-qarshilik (
Analog Contrast
) –o‘quvchilar muayyan 
obyekt va uning analogini o‘zaro qiyoslaydilar va zidlaydilar. Qiyoslash 
jarayonida o‘quvchilar turli ijodkorona va bir-biridan farqlanadigan fikrlarini 
bayon etadilar. (“Learning is not like a circus because it’s not always 
entertaining and exciting!” – O‘rganish sirkka o‘xshamaydi, chunki u har doim 
ham ajoyib emas).
4. Yangi analog (
New Analogy
) –o‘quvchilar o‘zlarining yangi 
analoglarini yakka yoki guruhli tarzda yaratishga harakat qiladilar. Bu 


32 
modelning so‘nngi bosqichi bo‘lib, o‘quvchilar o‘zlari yaratgan modellarini 
taqdim etadilar. Bu ularda yangi analogning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 
(“Learning is like a box of chocolates.” – O‘rganish bir quti shokoladga 
o‘xshaydi).
Bu metodni qo‘llash orqali o‘quvchilarning fikrlashi o‘sadi, dunyoqarashi 
kengayadi, obrazli tafakkuri shakllanadi. 
Xarakter-xususiyat metaforalarini o‘qitishda bu usul yaxshi samara beradi. 
O‘quvchilarga insonlarga xos bo‘lgan biror xususiyatni aytamiz. O‘quvchilar 
esa shu xususiyat qaysi hayvon orqali ifodalanishini aytadilar va o‘qituvchi 
to‘g‘ri variantni aytadi. Masalan, “mard” leksemasiga mos bo‘lgan metaforalarni 
topadilar: mard-xo‘roz, bo‘ri, ayiq, tulki va hokazo bo‘lishi mumkin. Bunda 
“mard”- analog asosi, “xo‘roz, bo‘ri, ayiq, tulki”-anolog. O‘qituvchi bo‘ri, ayiq, 
tulki variantlari noto‘g‘ri javobligini izohlab, to‘g‘ri javob xo‘rozligini 
tushuntiradi. O‘quvchilar javob topishda ijodiy yondoshadilar. Ular bor narsani 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki metaforik usulda nomlaydilar. Bu usul 
o‘quvchilarning miyada bor “qoliplar”dan chiqishga va ijodiy yondoshishga 
o‘rgatadi. Natijada insonlar xarakter-xususiyatini hayvonlar obraziga solib 
ifodalaydilar. Xarakter-xususiyat metaforalari nafaqat hayvonlar orqali, balki 
sifatlar orqali ham ifodalanishi mumkin. Bunga og‘ir, nozik, yengil 
leksemalarini misol qilishimiz mumkin. Og‘ir-vazni katta bo‘lgan, tosh 
bosadigan; vaznli
32
. Ma’no ko‘chganda esa insonga xos bo‘lgan bosiqlik, 
vazminlik xarakterini bildiradi. Masalan: Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda 
pishiq, og‘ir, g‘ayratli. (A. Qahhor ).
Bu misoldagi “og‘ir” leksemasi Aminjonning vazmin, bosiq bola 
ekanligini ko‘rsatadi.
Sinetika metodini qo‘llashda o‘quvchilarni guruhlarga bo‘linadi va har 
bir guruhga quyidagicha sxema beriladi: 
32
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энсикилопедияси, 2006. -Б. 188. 


33 
Sxema ichiga analog asosi yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar analog asosiga 
qarab analog, ya’ni metafora topadilar. Ikkita guruhga hayvonlar asosidagi 
metaforalarni, bitta guruhga sifatlar orqali ko‘chgan metaforani topish beriladi. 


34 
“Ayyor” leksemasi uchun “ayiq, bo‘ri, tulki, ilon, mushuk, olmaxon, sher” kabi 
analog, “o‘g‘ri” leksemasi uchun “kalamush, kaltakesak, sichqon, mushuk”, 
“vazmin” leksemasi uchun “yovvoyi, og‘ir, nozik, yengil” va boshqa analoglar 
misol bo‘lishi mumkin. Demak, bitta leksemaga bir nechta analogni misol qilib 
keltirish mumkin. Har bir guruh a’zolari o‘zlariga berilgan leksemaga misol 
aytadilar, o‘qituvchi esa har bir misolni doskaga yozadi va guruh a’zolari mos 
keladigan analogni topadilar. Nima uchun shu analogni tanlaganlarini izhohlab 
beradilar. Bu orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi rivojlanadi, dunyoqarashi 
kengayadi, obrazli tafakkuri shakllanadi.
Ingiz tilidagi badiiy matnlarda ham xarakter-xususiyatga doir misollar 
talaygina. Masalan, Skott Fitzgeraldning “
The Great Gatsby” (Buyuk Gatsbi) 
asaridagi “Gatsby believed in the green light, the orgastic future that year by 
year recedes before us. It eluded us then, but that's no matter—tomorrow we will 
run faster, stretch out our arms farther.... And then one fine morning—So we 
beat on, boats against the current, borne back ceaselessly into the past” parchada 
green light
metaforasi Daisining muloyimligini anglatadi.
Kurt Vonnegutning 
“Cat's Cradle”
(Mushuk beshigi) asaridagi “The 
woman, which in the yard is so jealous, she is storm. Her jeolosity is more much 
anything. She always control him, do not allow to go to the abroad never and 
ever” parchada ayolga xos injiq tabiat bo‘ron metaforasi bilan izohlanadi

Demak, yuqoridagi tajribadan kelib chiqadiki, xarakter-xususiyat 
metaforalari 
ko‘proq 
hayvonlar orqali ko‘chadi. Xarakter-xususiyat 
metaforalarini o‘rgatishda sinektika metodidan foydalanish o‘quvchilarda 
mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini tarkib toptiradi, guruhlarda ishlashga o‘rgatadi, 
ko‘pchilik oldida o‘z fikrini bayon qilish, o‘z nuqtayi nazarini asoslash mala-
kalarini hosil qiladi. Bu esa o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantiradi.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish