Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul


Karl  Buyuk  diplomatiyasi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/108
Sana28.05.2020
Hajmi0,87 Mb.
#57325
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanindan maruza matnlari (1)

Karl  Buyuk  diplomatiyasi.Karl  Buyukning  shaxsan  o’zi  50  dan  ortiq 
yurishda  qatnashdi.  U  Yevropaning  turli  joylarida  urush  qildi.  U  avvalo 
laigobardlar  masalasiga  juda katta e’tibor berdi. Langobardlar Pipin tomonidan tor-
mor  qilingan  bo’lishiga  qaramay,  langobardlar  saroyida  franklar  bilan  ittifoqda 
bo’lishga  qarshi  turgap  guruh  bor  edi.  773-774  yillarda  Qarl  langobardlarga qarshi 


yana  urush  ochdi.  U  langobardlar  poytaxti  Paviyani  bosib  oldi  va  langobardlar 
qiroli  Dezideriyni  taxtdan  tushirdi.  Langobardiya  shundan  keyin  o’z  mustaqilligini 
yo’qotdi,  frank  qirolligiga  qo’shib  olinib,  graflar  tomonidan  idora  qilina  boshladi. 
Keyincha  Karl  Langobardiyaga  o’zining  o’g’li Pipinni  vitse-qirol  qilib  tayinladi. 
VIII  asrning  70-yillarida  Karl  arablar  bilan  ham  urush  kildi.  U  778  yilda 
Pireneya  tog’lari  orqasiga  yurish  qilib,  Saragosa  shahrini  bosib  olishga  harakat 
qildi.  YUrish  muvaffaqiyatsiz  chiqdi,  Saragosani  ololmadi.  Qaytishda  Ronseval 
darasida  franklar  arergardiga  mahalliy  aholi  basklar  hujum  qildi.  Bu  jangda 
franklar  otryadi  deyarli  butunlay  qirib  tashlandi.  Halok  bo’lganlar  qatorida  Bretan 
markasining  grafi  Roland  ham  bor  edi.  Keyincha  bu  epizod  «Roland  haqida 
qo’shiq»  nomli  mashhur  dostonga  tema  bo’ldi, bu doston ancha keyin yozildi (XI 
asrning  ikkinchi  yarmida  batamom  yozilib  bo’ldi).  773  yilda  Ispapiyada  qilingan 
yurish 
muvaffaqiyatsizlikka 
uchragai 
bo’lsada, 
franklarning 
Pireney 
tog’laridanoshib  o’tishlarining  o’zi  diqqatga  sazovordir.  Keyinchalik,  VIII  asrning 
oxiri  va  IX  asrning  xuddi  boshida  franklar  Pireneya  tog’lari  orqasiga  yana 
birnechamarta  harbiy  yurish  qildilar;  bu  yurishlar  natijasida  Pireneya  tog’lari  bilan 
Ebro  daryosi  o’rtasidagi  oblast  bospb  olindi.  Bu  yerda  Ispan  markasi deb atalgan 
alohida  bir  chegara  okrug  tuzildi,  bu  okrugga  keyincha  Barselona grafligi deb nom 
berildi.  Notinch  Akvitaniya  ustidan  nazoratni  kuchaytirish  uchun  Qarl  u  yerga 
boshqa  bir  o’g’li  Lyudovikni  noib  qilib  tayinlab,  unga  Akvitaniya  qiroli  unvonini 
berdi.  Lekin  Karl  Buyuk  urushlarning  ko’pini  sharqda  -  Markaziy  Yevropada  olib 
bordi.  U  sakslar  bilan  bo’lgan  urushlarga  ayniqsa  ko’p  kuch  sarf  qildi.  Bu  urush 
qattiq  bo’lib,  30  yildan  ortiq  (772  yildan  804  yilgacha)  davom  etdi.  Franklarni 
hisobga  olmaganda,  sakslar  o’arbiy  Germaniyada  yashagan  qabilalar  ichida  eng 
katta  qabila  edi.  Ular  Reyndan  Elbagacha  cho’zilgap  juda  katta  territoriyada 
o’rnashg’an  edi.  Sakslarning  Karl  zamonidagi  ijtimoiy  tuzumida  urug’chilik 
tuzumi  alovdatlari,  uning  barcha  yaxshi  va  yomon  tomonlari  hali  anchagina 
saqlanib  qolgan  edi.  Sakslarning  asosiy  ommasi  urug’chilik  aloqalari  va  qabila 
ichidagn  aloqalar  bilan  o’zaro  mahkam  bog’langan  erkin  dehqonlar,  shu  bilan  bir 
vaqtda  jangchilardan  iborat  edi.  Biroq,  ular  tarqoq  holda  bo’lib,  juda  ko’p 
qabilalarga  va  qabilaviy  guruhlarga  bo’lingan  edi,  bu  qabilalar  va  qabilaviy 
guruhlar  uzluksiz  ravishda  bir-biri  bilan  urushib  turardi.  Ularning  shllab 
chiqaruvchi  kuchlari  darajasi  (dehqonchilikda  asosan  partov  sistemasi  ho’llanardi, 
mollar  yaylovda  boqilar  edi),  shaharlar  va  savdo  mutlaqo  yo’q  edi,  shuningdek, 
ularning  qurol-aslahalari  va  urushish  usullari  (yaxshi  qurollanmagap  dehqon 
piyoda  lashkarlari  asosiy  o’rin  tutar  edi)  franklarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyot  darajasidan  past  edi,  franklar  bu  vaqtda  feodallashuv  va  romanlashuv 
sohasida  juda  olg’a  qarab  ketgan  edilar.  Feodallashib  borayotgan  frank 
zodagonlarining  sakslarga  qarshi  olib  borgan  urushi  feodallarga  xos  urush  edi. 
Franklar  o’z  oldilariga  sakslar  yerini  bosib  olish  va ularning o’zini krepostnoylarga 
aylantirishni  maqsad  qilib qo’ygan edilar. Saksoniyaga qarshi urushning sababi bor 
edi.  Karl  Boltiq  dengiziga  chiqishga  harakat  qildi,  Boltiq  dengizi  VIII  asrning  oxiri 
va  IX  asrning  boshlarida  katta  savdo  ahamiyatiga  ega  edi  (skandinavlar, slavyanlar 
va  arablar  savdosi  shu  Boltiq  dengizi  orqali  olib  borilar  edi).  Frank  qiroli  Boltiq 
savdosidan katta-katta xirojlar  olishni  mo’ljallar  edi. 


Karl  sakslarni  dastlab  VIII  asrning  70-  yillarida  bo’ysundirdi.  Avval  g’arbiy 
sakslar  -  vestfallar  (ular  Reyn  va  Vezer  daryolari  o’rtasida  yashar  edilar) 
bo’ysundirildi.  Ularning  ketidan  ostfallar  ham  bo’ysundirildi  (ular  Vezer 
daryosining  sharkida  yashar  edilar).  777  yilda  Paderbornda  bo’lgan  s’ezdda  saks 
qabilalari  ko’pchiligining  boshliqlari  Karlga  qasamyod  qildi.  Karlning  buyrug’iga 
binoan,  sakslariing  hammasi  majusiylik  dinidan  xristian  diniga  o’tishlari  kerak  edi. 
Saksoniyaga  ko’pdan-ko’p  frank  ruhoniylari keldi, hamma yoqda cherkovlar qurila 
boshladi,  sakslar  cherkovga  ushur  (hosilning  o’ndan  birini)  to’lashga  majbur 
etilgan  edilar.  Lekin,  shundan  keyin  tez  orada 778 yildan boshlab sakslar bir necha 
marta  katta  qo’zg’olon  ko’tardilar.  Bu  qo’zg’olonlardan  kuzatilgan  maqsad 
franklar  zulmidan  xalyus  bo’lish  edi.  Karl  bu  qo’zg’olonlarni  juda  ham  rahmsizlik 
bilan  bostirdi.  Minglab  sakslar  qatl  etildi.  Qo’zg’olonchilarning  ko’pi  qulga 
aylantirildi.  Dastlab  sakslarning  qo’zg’olonlarida  ularning  zodagonlari  ham 
qatnashdi.  Lekin  Karl  zodagonlarni  sekin-asta  o’z  tomoniga  og’dirib  olishga 
muvaffaq  bo’ldi.  Qo’zg’olon  ko’targan  sakslarping  asosiy  boshliqlaridan  biri  - 
vestfallar  gertsogi  Vigukind  qimmatbaho  in’omlarga  sotilib,  785  yilda  sakslarga 
xiyonat  qildi  va Qarl tomoniga o’tdi.)  
Sakslarning 
IX 
asr 
boshlaridagi 
so’nggi  hafakati  deyarli  nuqul  «oddiy  sakslar»  harakati  tusida  bo’lib,  asosan 
Saksonnyaning  shimolida  (Nordalbingiyada)  o’tdi.  Nihoyat,  sakslar  bo’ysundi  va 
Frank  qirolining  fuqarosi  sifatida  frank  graflari  tomonidan  idora  qilinadigan  bo’ldi. 
Sakslarning  itoatsizroq  qismi  Reyn  daryosining  chap  qirg’og’iga  -  franklar orasiga 
chekindi,  frank  kolonistlari  esa  qaytadan  Reyn  daryosining  kirg’og’iga,  ya’ni  bir 
vaqtlarda  frank  qabilalarining  ittifoqi  vujudga  kelgan  yerga  o’tib  joylashdi.  Sakslar 
bilan  urishish  vaqtida  Karl  SHarqiy  Yevropadagi  boshka  xalklar  bilan  ham  urush 
olib  borishga  majbur  buldi.  Polab  slavyanlari  bilan  urushdi  va  bu  qabilalardan 
ba’zilariga  -  lyutichlarga  va  lujichanlarga  -  xiroj  soldi.  Dunayning  o’rta  oqimidagi 
kuchli  Avariya  podsholigi  franklarga  qaram  bo’ldi.  Dunayning  yuqori  oqimidagi 
Bavariya  kopolligi  tamomila  bosib  olindi,  ilg’ari  bu  qirollik  franklarga  onda-sonda 
xiroj  to’lay  turar  edi.  Xarutan-slovenlardan  i,borat  janubiy  slavyan  qabilalari 
yashaydigan  Xorutaniya  (Karintiya)  shuningdek,  Bolqon  yarim  orolining  shimoli-
g’arbidagi  xorvat  yerlari  Bovariya  bilan  birga  Frank  davlatiga  qushib  olingan  edi. 
Xorutaniya  Frank  davlati  sostavida  uzoq  turmadi.  Istilolar  natijasida  Karl  Buyuk 
zamonida  Frank  davlati  juda  kengayib  ketdi.  Uning  chegaralari  g’arbda  Ebro 
daryosi,  Pireneya  tog’laridan  Atlantika  okeanigacha,  sharqda  Elba  va  Dunay 
daryolari  va  Adriatik  dengizi  qirg’oqlarigacha,  shimolda  Friz  (yoki  Nemis)  va 
Baltika  dengizlarigacha,  janubda  deyarli  janubiy  Italiyagacha  bordi.  Sal  ilgariroq 
vujudga  kelgai  Papa  davlati  ham  Karl  Buyuk  davrida  haqiqatda  unga  buisunuvchi 
vassal davlat  bo’lib qoldi. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish