boshlig’i qirol Alboin edi. YAngi davlatning poytaxti Paviya shahri bo’ldi.
Italiyada langobardlarning nomi shu mahalgacha ham saqlanib qolgan-hozirgi
shimoliy Italiya Lombardiya deb ataladi.
Langobardlar istilosining o’ziga xos bir qancha xususiyatlari bor edi.
Birinchidan, langobardlar shimoliy va qisman o’rta Italiyani batamom ishg’ol
qildilar, mahall.iy quldor zodagonlar bilan hech qanday bitimga kelmadilar. Ular
Apennid yarim oroliga rimliklarning federatlari sifatida emas, balki ularni istilo
qiluvchilar sifatida keldilar. Ikkinchidan, langobardlar Rim quldorlarining juda
ko’p mol-mulkini musodara qildilar. Masalan, biz yuqorida ko’rib o’tganimizdek,
vestgotlar, ostgotlar yoki burgundlar yerning uchdan bir yoki uchdan ikki qismini
musodara qilgan bo’lsalar, langobardlar esa bunga qoniqmay, badavlat
rimliklarning pomestelarini butunlay tortib oldilar. Ko’pdan-ko’p rimlik quldorlar
qulga aylantirildi, bir qismi oila a’zolari bilan boshqa mamlakatlarga sotib
yuborildi.
Langobardlar
istilosining
uchinchi xususiyati ulardagi ijtimoiy
tuzumning o’ziga xos xislatidan kelib chiqdi. Langobardlar Italiyaga kelgan
vaqtlarida ularda urug’chilik aloqalari birmuncha mustahkam edi. Ularda Rim
madaniyatining ta’siri hali juda kuchsiz edi. Ularning Italiyada joylashuvining o’zi
ham hali xiyla darajada urug’chilik tusida edi. Buni «fara» (yoki «fari») degan so’z
ko’rsatib turadi, bu so’z^langobardchasiga «urug’» degan ma’noni bildirib, hozirgi
SHimoliy va Urta Italiyadagi jo’pchilik shahar va qishloqlar nomida saqlanib
kelmoqda. Langobardlar istilosi natijasida xiyla katta va kuchli varvar qirolligi
vujudga keldi; bu qirollikda juda ko’p dehqonlar va ancha erta tashkil topgan ko’p
yerli, kuchli zodagonlar bor edi. VII asrda langobard zodagonlari o’zlarining eng
nufuzli vakillari bo’lgan gertsoglar orqali o’z qirollari bilan qattiq kurash olib
bordilar, qirollar esa yer magnatlariga qarshi shimoliy Italiya shaharlariga
tayanishga harakat qildilar, u vaqtda bu shaharlar iqtisodiy jihatdan hali bir qadar
ahamiyatga ega edi.
Langobard qirolligi bilan bir vaqtda Italiyada VI-VII asrlarda yana bir
siyosiy tashkilot papalik vujudga keldi. Italiyaga langobardlar kelgandan keyin
ham rimlik yepiskoplar-papalar rasman o’zlarini SHarqiy Rim imperatorlarining
oliy hokimiyati qo’l ostida deb hisoblab keldilar. Haqiqatda esa Konstantinopolga
bo’lgan bu qaramlik kundan-kun yo’qola bordi. Papalar asta-sekin O’rta
Italiyaning mustaqil hukmdorlariga aylana boshladilar, Rimning va Rim
oblastinnng ham diniy, ham dunyoviy hokimi bo’lgan birinchi papa Grigoriy I
(590-604) bo’ldi. Langobard qirollari keyincha papa oblastini o’z-hokimiyatlariga
bo’ysundirishga harakat qildilar, lekin bu harakat natija bermadi. Papalar frank
qirollaridan iborat ittifoqchilarga ega edilar. VIII asrning yarmida ular shu frank
qirollarinipg yordami bilai o’zlarining papa cherkovi davlatini uzil-kesil tashkil
etdilar, bu davlat ham, shunday qilib, ilgarigi Rim imperiyasining o’ziga xos bir
qoldig’i edi.
Do'stlaringiz bilan baham: