Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul


Xlodvig  davri  diplomatiyasi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/108
Sana28.05.2020
Hajmi0,87 Mb.
#57325
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanindan maruza matnlari (1)

Xlodvig  davri  diplomatiyasi.  Xlodvigning  podsholik  tarixi  (481-511) 
yepiskop  Grigoriy  Turskiyning  «Franklar  tarixi»  degan  kitobida  mufassal  bayon 
qilingan  bo’lib,  Turskiy  bu-kitobni  apcha  keyinroq,  VI  asrning  ikkinchi  yarmida 
yozgan.  Franklar  hayotida  ro’y  bergan  katta-katta  voqealar  Xlodvig  nomi  bilan 
bog’langandir.  Xlodvig  486  yilda  butun  shimoliy  Galliyani  istilo  qildi.  Rimning  bu 
oblasti  hali  varvarlar  tomonidan  zabt  etilmagan  bo’lib,  Rim  imperiyasi  qulagandan 
keyin  SHimoliy  Galliyaning  amalda  qiroli  bo’lib  qolgan  Siagriy  degan  rimlik  bir 
mahalliy  magnat  tomonidan  idora  qilinar  edi,  bu  oblastning  markazi  Parij  edi. 
Siagriy  franklarga  sal  bo’lsa-da,  jiddiy  bir  qarshilik  ko’rsata  olmadi.  Suasson 
shahriga  yaqin  bir  joyda  qat’iy  jang  bo’ldi.  Rim  qo’shini  franklar  tomonidan  tor-


mor  etildi.  Siagriy  vestgotlar  qiroli  huzuriga  qochdi,  lekin  vestgotlar  qiroli  uni 
Xlodvigga  tutib  berdi.  Xlodvig  asirni  o’ldirishga  buyruq  berdi.  U  Katta  va  muhim 
bir  territoriyani  -  Sena  va  Luara  daryolari  havzasini  zabt  ztib  olib,  Xlodvig 
franklarga  juda  mo’l-ko’l  yer  bo’lib  berish  imkoniga  ega  bo’ldi.  Daryolari  juda 
ko’p,  yeri serhosil, dehqonchilik uchun qulay bukzor va qayinzor o’rmonlarga boy 
bo’lgan  keng,  lekin  rimliklar  vaqtida  huvullab  qolgan  bu  rayonga  boshdan-oyoq 
franklar  ko’chib  keldi.  Bu  rayonga  ko’chib  kelib  joylashgan  franklar  soni  hali 
Reynning  narigi  tomonida  yashab  kelayotgan  franklar  ichidan  yana  ahen-ahyonda 
ko’chib  kelib  turgan  kishilar  hisobiga  ko’payib  bordi.  Xlodvig  o’z  podsholiginipg 
oxirgi  davrida  Luaraning  janubiga  ancha  jilib  borib,  Goronna  daryosigacha  yetdi. 
Vestgotlar  Galliyaning  janubidagi  yerlardan  bir  oz  qisminigina  saqlab  qoldi,  xolos. 
Xlodvig,  Burgundiyani  ham  bosib  olishga  harakat  qildi,  lekin  bu maqsadini amalga 
oshirmadi,  burgund  qiroli  saroyiga o’z ta’sirini o’tkazish bilangina cheklanib qo’ya 
qoldi. 
90-yillar  o’rtasida  Xlodvig  xristianlikni  qabul  qildi.  Dastlab  xristianlikni 
Xlodvigning  o’zi  va  drujinasi  qabul  qildi.  Keyin  oddiy  franklar  va  ularning  oila 
a’zolari  ham  qabul  qildilar.  Varvarlarning  xristian  dinini  qabul  qilishining  o’zi 
muhim  bir  fakt  edi,  chunki  bu  narsa  ularning  romanlashuvidan  dalolat  berar  edi. 
Lekin  franklarning  xristianlashuvi  ikkinchi  bir  yanada  muhimroq  ahamiyatga  ega 
edi.  Varvarlarning  ko’pchiligi  (vestgotlar,  ostgotlar,  vandallar,  burgundlar, 
langobardlar)  xristianlikni  arianlik  deb  atalgan  formada  qabul  qilgan  bir  vaqtda 
(arianlik-katolik  cherkoviga  nisbatan  bir  mazhab  edi)  franklar  arianlikni  qoldirib, 
xristianlikni  to’g’ridan-to’g’ri  galliya-rim  katolik  ruhoniylaridan  qabul  qildi.  Bu 
narsa  Frank  korolligining  yanada  rivojlanishi  uchun  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi. 
Galliya  va  Rimdagi  e’tiborli  mahalliy  ruhoniylar  Xlodvigni  va  boshqa  Frank 
qirollarini  zo’r  berib  qo’llab-quvvatladilar.  Bu  narsa  franklarning  Galliya 
janubidagi  qolgan  yerlarni  Bestgotiya  va  Burgundiyani  bo’ysundirishlarini  ancha 
osonlashtirdi  hamda  franklarning  o’z  orasida  ham  qirol  hokimiyati  ta’sirining 
ortishiga  ancha  yordam  berdi.  Xlodvig  qolgan  barcha  sali  va  ripuar  qirollarini 
sekin-asta  qira  borib,  yangi  juda  katta  qirollikn-ing  yakkayu  yagona  qiroli  bo’lib 
oldi,  bu  qirollik  (reynning  narigi  tomonidagi  yerlardai  tashqari)  Galliyaning 
to’rtdan uch qismini o’z ichiga olar edi. 
Xlodvigning  o’g’il  va  nevaralari  qirollikni  tez-tez  bo’lib  va  qayta  bo’lib 
turishlariga  o’zaro  urushlar  olib  borib  turishlariga  qaramay,  qirollikning 
chegaralarini  kengaytirshshgi  davom  ettirdilar.  534  yilda  ular  Burgundiyani  zabt 
etdilar,  542  yilda  Vestgotlarnipg  Galliyadagi  oxirgi  yerlari  ham  bosib  olindi. 
Reynning  narigi  tomonida  zsa  Alemaniya,  Tyuringiya,  Bavariya  hamda  saks 
qabilalarining  ba’zilari  franklar-ga  bo’ysundi.  VI  asrnipg  ikkinchi  yarmida  Frank 
korolligi  barcha  varvar  qirolliklari  ichida  eng  katta  qirollik  edi.  Ilgari  Teodorix 
davrida ostgotlar qo’lida bo’lgan gegemonlik  eidi franklar  qo’liga o’tdi. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish