Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul


Salib yurishlariniig sabablari va ularning qatnashchilari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/108
Sana28.05.2020
Hajmi0,87 Mb.
#57325
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanindan maruza matnlari (1)

Salib yurishlariniig sabablari va ularning qatnashchilari. 
Salib  yurishlarining  sabablari  qisman  XI  asrning  ikkinchi  yarmida  YAqin  SHarqda 
yuz  bergan  o’zgarishlardan,  qisman  feodal  o’arbiy  Yevropaning  o’zidagi  umumiy 
iqtisodiy taraqqiyot va keskin ijtimoiy  ziddiyatlardan  qidirmoq kerak. 
XI  asrda  SHarkda  Yevropa  feodallarinnng  hujum  qilish-uchun  juda  qulay 
bnr  vaziyat  maydonga  kelgan  edi.  Bir  vaqtlar  qudratli  deb  hisoblangan  Bag’dod 
xalifaligi  1055  yilga  kelib-batamom  tarqaldi.  Boshqa  yirik  davlat-Komninlar 
zamoni-dagi  Vizantiya  ham  og’ir  kunlarni  boshidan  kechirmoqda  edi.  Bolqon 
yarim  oroliga  bostirib  kirgan  pecheneglar  Vizantiya  imperiyaga  shimol  tomondan 
hujum  boshlagan  edilar.  Sitsiliya  normanlari  g’arbdan  Vizantiyaga  xavf  solmoqda 
edilar.  Ammo  saljuq  turklari  Vizantiya  uchun  ayniqsa  xavfli  edilar,  ular  Kichik 
Osiyoning  katta  bir  qismini  bosib  olgan  va  ayni  zamonda,  Konstantinopolga 
qo’shni  bo’lgan  Nika  shahrini  o’zlariga  poytaxt  qilib  olgan  edilar.  1071  yilda 
turklar 
Mantsinkert 
shahari 
yonida 
vizantiyaliklarni  qattiq  mag’lubiyatga 
uchratdilar.  YAngi  imperator  Aleksey  Komnin  (1081yildan  idora  qila  boshlagan 
edi)  garchi  turklarning  bir  necha  hamlasini  to’xtatgan  bo’lsa-da,  lekin  har  holda, 
imperiyaning  ahvolini  mustahkam  deya  olmasdi.  XI  asrning  80  va  90-yillarida  u 
turklarga  qarshi  yordam  berishni  so’rab  papaga  va  Germaniya  imeratoriga  bir 
necha  bor  murojaat  etdi.  Ilgari  yakkayu-yagona  bo’lgan  xristian  cherkovi  1054 
yildan  e’tiboran  ikkita  raqib  qismga  -sharqiy  (pravoslav)  va  g’arbiy  (katolik) 
cherkovlarga  qat’iy  ajralib  ketgan  bo’lsa  ham,  Aleksey  Komnin  siyosiy 
maqsadlarni  ko’zda  tutib,  papa  boshchiligida  bu  cherkovlarni  hatto  qaytadan 
birlashtirishga  ham  tayyor  edi.  SHunday  qilib,  SHarqning  ikkk  eng  yirik  davlati  — 
Arab  xalifaligi  bilan  Vizantiya  imperiyasi  —  salibchilarga  biror-bir  jiddiy 
to’sqinlik  ko’rsatishdan  ojiz  edilar.  Buning  ustiga,  ulardan  biri  (Vizantiya  hatto 
Yevropa  feodallarini  SHarq  mojarolariga  aralashishga  da’vat  etdi.  Turklarga 
kelsak,  XI  asrning  80  va  90-  yillariga  keliboq  ularning  nomustahkam  harbiy-qabila 
ittifoqi  tarqalib  keta  boshlagan  edi.  Feodallashib  borayotgan  ayrim  turk  bekliklari 
g’arb feodallarining  hujumini  to’xtata olmadilar. 
 
Ammo  salib  yurishlarining,  jumladan,  birinchi  salib  yuri-shining  asosiy 
sababi,  axir-pirovardi,  o’arbiy  Yevropaning  o’zi-dagi  ijtimoiy  ziddiyatlarning 
o’tkirlashib  ketganligi  edi.  XI  asrda  mayda  ritsarlarning  ko’pchiligiga  yer 
yetishmas  edi.  Savdo-sotiq  va  shaharlarning  rivojlanishi  natijasida  ehtiyojlarning 
o’sib  borishi  munosabati  bilan  feodallarning  mahalliy  dehqonlarni  ekspluatatsiya 
qilishdan  oladigan  daromadlari  ular  uchun  kifoya  qilmaydigan  bo’lib  qoldi.  Juda 
ko’p  ritsarlar  yerdan  butkul  mahrum  qilingan  edilar,  chunki  feodallarga  qarashli 


yer-mulk  va  daromadlar  (feod)  odatda  katta  o’g’ilga  berilar  edi  va  kichik  aka-
ukalar esa otadan qolgan merosdan biror narsa olishga haqlari yo’q edi. SHarqdagi 
yerlarni  bosib  olish  maqsadida  u  yerlarga  yurishlar  qilish  bunday  ritsarlarniig 
mushkul  ahvoldan  chiqishlarining  birdan-bir  yo’li  edi.  Yirik  feodallar  (knyazlar  va 
baronlar)  o’z  sinflari  ichidagi  mojaro  va  ixtiloflarning  oldini  olish  uchun 
ritsarlarning  diqqat-e’tiborini  boshqa narsalarga jalb  etish muhimroq edi. 
XI  asr  oxiri  -  XII  asr  boshpda  salib  yurishidagi  g’oyat  muhim  masala-
dehkonlar  masalasi  edi.  o’arbiy  Yevropaning  feodal  zulmi  natijasida  asoratga 
tushirilgan,  ezilgan  dehqonlari  dastlabki  paytlarda  SHarqqa  bajonu  dil  yo’l  oldilar. 
Krepostnoy  qaramlikdan  xalos  bo’lish,  qarzlarni  tugatish,  SHarqdan  yer  olish 
umidi  (shuni  aytish  kerakki,  dehqonlarning  geografik  tasavvuri  tamomila  xayoliy, 
amalga  oshmaydigan  bir  tasavvur  zdi)  o’n  minglab  kishilarning  tug’ilib  o’sgan 
shahar  va  qishloklarini  tashlab,  uzoq  yurtlarga  ketishga  majbur  etdi  va  ularning 
ko’plari  bu  joylarda  och-yalang’och  qolib,  xor-zorlikda  o’lib  ketdi.  Dunyoviy  va 
ruhoniy  feodallar  dehqonlarning  SHarqqa  qiladigan  yurishini  vujudga  kelgan  ogir 
ahvoldan  qutulishning  o’ziga  xos  bir  yo’li  deb  bilardilar.  Bu  narsa  tovar-pul 
munosabatlari  rivojlanishi  bilan  feodal-krepostniklik  tuzumi  keng  tarqalayotgan  va 
feodal  ekspluatatsiyasi  kuchayib  borayotgan  bir  sharoitda  Yevropada  dehqonlar 
urushining  to’g’ridan-to’g’ri  boshlanib  ketish  xavfidan  hukmron  sinflarni 
qutqargan bo’lardi. Ko’pdan-ko’p monaxlar va boshqa daydi voizxonlar dehqonlar 
orasida  targ’ibot  yurgizib,  ularni  SHarqqa  yurishdek  «ezgu  ishda»  qatnashishga 
da’vat  etardilar.  Biroq  dehqonlar  masalaning  mohiyatiga  darhol  tushunib  yetmagan 
bo’lsalar-da,  lekin  ohibat-natijada,  ular  gapning  nimada  ekanligini  ochiq-oydin 
payqab  oldilar.  SHarqqa  qilingan  dastlabki  ikki  yurishda  dexqonlar  ko’pchilikni 
tashkil  qilgan  bo’lsalar,  uchinchi  yurishdan  boshlab  ular  qatnashmay  qo’ydilar. 
Bundan  keyingi  salib  yurishlarining  hammasida  faqat  feodallarning  o’zlari 
qatnashdilar.  Yevropa  qirollari,  eng  yirik  feodallar  (graflar  va  baronlar), 
shuningdek,  ko’pdan-ko’p  ritsarlar  YAqin  SHarqda,  faqatArab  SHarqidagina 
emas,  balki  Vizantiyada  xam  yangi  feodal  davlatlar  barpo  etish  masalasiii  ochiq-
dan-ochiq  ko’zlay  boshladilar.  Quddus  va  Falastin  masalasi,  keyinchalik  ularning 
rejalarida  ikkinchi  darajali  masala bo’lib qolgan edi. 
Italiya  shaharlari,  ayniqsa  ulardan  ikkitasi  -  Genuya  bilan  Venetsiya  -  salib 
yurishlarida  juda  faol  katnashdilar.  Bu  shaharlarning  floti  salibchilarni  SHarqqa 
tashib  olib  .bordi,  salib  lashkarlarini  oziq-ovqat  maxsulotlari  bilan  ta’minlab  turdi. 
Bosib  olingan  xududlarni  taqsimlashda  bu  har  ikki  shahar qatnashib, birinchi galda 
SHarqning  portlari  va  bozorlarini  o’zlariga  monopoliya  qilib  olishga  harakat 
qildilar.  Lekin,  shunga  qaramay,  shaxarlar  salib  yurishlarida  harakatga  keltiruvchi 
asosiy  kuch  e.mas  edi.SHarqqa  qilingan  salib  yurishlarini  «muqaddas  urushlar» 
deb  e’lon  etgan  katolik  cherkovi,  tabiiy,  bu  yurishlardan  o’z  manfaatlari  yo’lida 
foydalanishga  intildi. 
Bu  vaqtga  kelib  papalik  zo’r  qudratga  ega  bo’ldi.  Dunyoviy  hokimiyat  bilan  olib 
borilgan  to’qnashuvlarda  papa  impera-torning  o’zini  bir  necha  marta. 
mag’lubiyatga  uchratdi.  Salib  yurishlari  papalikka  ko’pgina  real  foydalar 
keltirishni,  par-chalanib  ketgan  feodal  Yevropasiga  siyosiy  jihatdan  rahbarlik 
qilishi,  sharqiy  «sxizmatiklar»ni,  ya’ni  sharqiy  pravoslav  cherkovining  ajralib 


ketgan  xristianlarini  Rimga  bo’ysundirish  uchun,  katolik  ruhoniylari  katolitsizm 
mazhabiga  o’tkazishni  orzu  qilgan  SHarq  musulmonlari  orasidagi  missionerlik 
faoliyati  uchun  juda  katta  ionalar to’plashi mumkin edi. Ana shu vajdan,papaUrban 
II  1095  yilning  kuzida  Janubiy  Frantsiyaning  Klermon  shahrida.ko’p  kishilik 
cherkov yig’inini to’plab, unda so’zga chiqib «kofirlar»ga qarshi kurashmoq uchun 
SHarqqa  jo’nab  ketishga  da’vat  etdi.  Urbanning  asosiy  da’vati«Iso  payg’ambar 
qabrini»  xristianlarga  qaytarib  olib  berish  va  «muqaddao  Falastinni xalos qilishdan 
iborat  edi.  Papa  salib  qatnashchilarining  gunohidan  kechishni  va’da  .  qildi, 
shuningdek,  u  SHarqda  salibchilarni  kutayotgan  boy  o’lja  haqida  ham  ochiqdan-
ochiq  aytdi.  Yig’inda  qisman  frantsuz,  qisman  boshqa  mamlakatlardan  kelgan 
minglab  ritsarlar  hozir  bo’ldilar.  Feodallarning  ko’pdan-ko’p  yig’inlarini  o’tkazish 
faktining  o’zi  shu  narsani  yaqqol  ko’rsatadiki,  papa  bosh  ko’tarib  chiqmasdan 
ancha  burun  ritsarlar  orasida  keng  propaganda  olib  borilgan  va  ularning bir qismiii 
Falastinga  salib  yurishi  o’tkazish  rejasidan  manfaatdor  qilishga  ulgurilgan. 
Papaning  bu  chiqishi  ancha  ilgari  tayyorgarlik  ko’rila  boshlagan  ishni  tashkiliy  va 
ideologiya  jihatdan  rasmiylashtirishdan  iborat bo’ldi, xolos. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish