1. Menejment usullarining mohiyati va ahamiyati. Rahbarlik faoliyatida menejment usullarini qo’llash. Boshqaruv usullarining shakllanishi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana23.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#578054
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13-мавзу



13-mavzu. Boshqarish usullari. 
Reja: 
1.Menejment usullarining mohiyati va ahamiyati. 
2.Rahbarlik faoliyatida menejment usullarini qo’llash. 
3.Boshqaruv usullarining shakllanishi. 
4.Boshqaruvning iqtisodiy usulining mohiyati. 
5.Tashkiliy – ma’muriy usulning mohiyati va ahamiyati. 
6.Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari.
1.Menejment usullarining mohiyati va ahamiyati. 
 
Usul -
bu tadqiqot qilish yoki tasir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub 
deganda boshqaruv ob’ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya’ni: 

sistema (tizim)li yondoshuv; 

kompleks yondoshuv; 

tarkibiy yondoshuv; 

integratsion yondoshuv; 

modellashtarish; 

iqtisodiy-matematik yondoshuv; 

kuzatish; 

eksperiment; 

sotsiologik kuzatuv kabi tahpilning ilmiy usullari tushuniladi. 
Ta’sir ko’rsatish nuqgai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish 
uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar 
kiradi: 

funktsional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli; 

boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari; 

boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari. 
Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalta oshiriladigan turli-tuman boshqaruv 
ishlarining majmui boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday qilib: 
Boshqaruv usullari -
bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir 
ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar 
va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. 
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud 
munosabatlardan ob’ektiv tarzda kelib chiqadi. 
Boshqaruv usullari bu bosharuv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maksadli yunaltirilgan 
ta’sir utkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshkarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga 
kuyilgan maksadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta’minlashdir. 
Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish katnashchilariga 
moddiy, moliyaviy, energiya, mexnat resurslarini imkoni boricha kam sarf kilib yukori natijalarga 
erishish maksadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan Boshqaruv usullari 
mukammalligi va to’g’ri shakllanligi bilan uzviy bog’liqdir. 
Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari 
bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun 
bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv ob’ektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng 
maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari 
bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. 
Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va 
ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotning 
texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohotlar


iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. Ichki 
omillarga: jumlasiga yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish 
kontsentratsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhdan 
ikkinchisiga o’tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika 
bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga 
solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va 
boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni 
avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va x.k.) kiritish mumkin.
Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish 
usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. Iqtisodiyot 
muvaffaqiyatli rivojlanishda boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega. 
Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo’llari 
orasidagi umumiy xodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha 
Boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, tsex, korxona, birlashma, mintaqani 
boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini 
boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. SHuningdek, turli sub’ektlri tomonidan 
qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib kursatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat 
tashkilotlarini boshqarish usullari. Yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv 
usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va ma’orifni boshqarish usullari)ni ham ko’zda 
tutish lozim. 
Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish 
uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda so’z vazirliklar, assosatsiyalar, aktsionerlar jamiyati
davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida so’z boradi. 
Va nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, 
bo’limlar boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. 
Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular 
boshqaruv usullarining har bir guruhi uz xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan. 
Iqtisodiyotni boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, 
psixologik va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning 
birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning normal borishi buzilishiga olib 
keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish