Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari 
1. Suverenitet tushunchasi va uning belgilariga to‘xtalib o‘ting. 
2. Suverenitet turlariga to‘xtalib o‘ting. 
3. O‘zbekiston – suveren demokratik respublika deganda nimani 
tushunasiz? 
4. Suverenitetni ta’minlashning xalqaro huquqiy asoslarini sanab 
o‘ting. 
5. Davlat ramzlariga nimalar kiradi? 
6. Poytaxtning huquqiy maqomiga to‘xtalib o‘ting. 
 
 
 


58 
VBOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ 
HOKIMIYATCHILIGI 
1-§.Xalq – davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi. 
2-§. Konstitutsiya va o‘zbekiston xalqi. 
3-§. Referendum – bevosita demokratiya shakli. 
4-§. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatiningbo‘linish 
prinsipi. 
5-§. Siyosiy va mafkuraviy xilma-xillik – demokratiya sharti. 
6-§. Xalq hokimiyatchiligi va umuminsoniy qadriyatlar. 
7-§. Ijtimoiy adolat va qonuniylik – demokratiyaning muhim sharti. 
1-§. Xalq – davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi 
Ma’lumki, har qanday zamonaviy Konstitutsiya konstitutsiyaviy 
tuzumning asosiy shartlaridan biri bo‘lmish xalq hokimiyatchiligi 
prinsipini mustahkamlab beradi. Ilk bor yunon shahar-davlatida paydo 
bo‘lgan «demokratiya» atamasi butun dunyoga tarqalgan va siyosiy 
lug‘atdan mustahkam o‘rin olgan. Jahondagi demokratik davlatlarning 
Konstitutsiyalari «butun hokimiyat xalqqa tegishli» yoki «butun hokimiyat 
xalq tomonidan amalga oshiriladi», degan tushunchani o‘zida 
mujassamlashtirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Miriziyoyevning 
Konstitutsiya qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan so‘zlagan 
ma’ruzasida,“O‘tgan davrda ijro etuvchi hokimiyatni demokratlashtirish 
ishlari ham izchil olib borildi. Hukumatning vazifa va vakolatlar doirasi 
kengaytirilib, parlament oldida hisob berish darajasi va mas’uliyati 
kuchaytirildi. Bu Konstitutsiyaning 7-moddasida mustahkamlangan “Xalq 
davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir”, degan ulug‘vor g‘oyaning 
amaliy ifodasi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi”, degan fikrga alohida 
to‘xtalib o‘tgan edilar
1

1
Ш
.
М
.
Мирзиёев

Конституция
– 
эркин
ва
фаровон
ҳаётимиз

мамлакатимизни
янада
тараққий
эттиришнинг
мустаҳкам
пойдеворидир

Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
М
.
Мирзиёевнинг
Ўзбекистон
Республикаси
Конституцияси
қабул
қилинганининг
25 
йиллигига
бағишланган
тантанали
маросимдаги
маърузаси
. //
Халқ
сўзи
, 2017 
йил

декабрь


59 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-bobida “xalq 
hokimiyatchiligi” atamasi “hokimiyat manbayi” degan atama bilan uzviy 
bog‘langan. 
Demokratiyaning asl mohiyati o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z hayotini o‘z 
qobiliyatiga, o‘z tafakkuriga va o‘z vijdoniga ko‘ra qurishdir va buning 
oqibati uchun ma’suliyatini ham o‘ziga olishdir. 
Zero, o‘z hayotini erkin boshqarishgina insonni shaxs darajasiga 
ko‘taradi. Qolaversa, demokratiyaning avtoritar tuzum kabi shaxsni 
boshqarish bahonasida cheklash, bo‘ysundirish va ezish mexanizmi ham 
yo‘q. Shaxsning o‘ziga ko‘proq huquq bergani va mas’uliyat yuklagani 
sari tuzum demokratlashaveradi, davlatning yuki ham yengillashaveradi. 
Insoniyat tajribasi demokratiyaning ikki asosiy shaklini ishlab 
chiqqan: to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni bevosita demokratiya hamda vakillik 
demokratiyasi – organlar, avvalo, vakillik va boshqa saylab qo‘yiladigan 
organlar orqali amalga oshiriladigan demokratiya, ya’ni saylov 
demokratiyasi. Demokratiyaning mazkur shakllarini bir-biriga aslo qarshi 
qo‘ymaslik lozim, chunki bu ikkala shakl o‘ziga xos ahamiyatga ega va 
o‘zaro uzviy bog‘liqdir.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya – insonning davlat ishlarini hal 
qilishda yashirin ovoz berish orqali yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok 
etishi. Vakillik demokratiyasi, deb insonning davlat ishlarini hal etishda 
o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar yoki boshqa saylab qo‘yiladigan 
lavozimlar orqali orqali ishtirok etishiga aytiladi. 
Bevosita demokratiya (asosiy qarorlar fuqarolar tomonidan 
referendum, yig‘in kabi tashkiliy-huquqiy shakllarda qabul qilinadi) va 
bilvosita demokratiya (qarorlar saylab qo‘yiladigan muassasalar – 
parlament yoki boshqa organlar tomonidan qabul qilinadi) farqlanadi. 
Demokratiya institutlari huquqiy davlatda to‘la rivojlanadi.
Darhaqiqat, biz demokratiyani fuqarolarning saylovlarda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlari xohlagan nomzodlariga yoki partiyalariga ovoz 
berishlarida ko‘rishimiz mumkin. 
2005-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishida Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov shunday degan edilar: “

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish