2-§. Suverenitet turlari
Fanda hozirgi kunga kelib “suverenitet” kategoriyasining uchta turi
alohida ajratiladi:
1)
Davlat suvereniteti;
2)
Xalq suvereniteti;
3)
Millat suvereniteti.
Suverenitet — ko‘p ma’noli tushuncha. Uning bir necha jihatlari
mavjud. Avvalambor, bu — xalq suvereniteti. So‘ng bu — millatlarning
o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqi. Va nihoyat bu — davlat suverenitetidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan tushunchalar qanchalik bir-biriga yaqin bo‘lmasin,
ularning har biri mazkur masalaning muayyan jihatlarini ta’kidlab, birinchi
darajaga chiqaradi. Shu bois, suverenitetni davlatga, xalqda va millatga
birday taalluqli bo‘lgan yagona tushuncha sifatida asoslab bo‘lmaydi.
Haqiqatan ham xalq suvereniteti, milliy suverenitet va davlat
suvereniteti aynan bir tushuncha emas. Ular turli ijgimoiy voqelikning
xususiyatlari bo‘lib, shu bilan birga, bu tushunchalar ma’lum bir
umumiylikka ega. Ushbu tushunchalar ichida xalq suvereniteti birlamchi
hisoblanadi. Milliy suverenitetga har doim millatga doir xususiyat sifatida
yondashib bo‘lmaydi, buni ko‘p millatlarning teng huquqiyligi nuqtayi
nazaridan tushunish kerak. Davlat suvereniteti — davlatning emas, balki
davlat hokimiyatining ustuvorligi va mustaqilligidir. “Davlat” va uning
“hokimiyati” turli tushuncha va kategoriya hisoblanadi.
45
Davlat suvereniteti.
Davlat suvereniteti mamlakat ichkarisida va
tashqarisidagi davlatning faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Davlat
suverenitetining ushbu ikki jihati, ya’ni: birinchidan, davlat
hokimiyatining mamlakat ichida ustuvorligi, ikkinchidan, boshqa
davlatlarning suveren huquqlari va umume’tirof etilgan xalqaro huquq
tamoyillari va me’yorlariga rioya qilgan holda tashqi aloqalarda
mustaqilligi — yaxlit va ajralmasdir.
Davlat suvereniteti kengaytirilishi ham, kamaytirilishi ham mumkin
emas, chunki unga nisbatan bevosita sanoq, mezonlarini umuman qo‘llab
bo‘lmaydi. Davlat suvereniteti davlatning suveren huquqi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin emas, biroq shu bilan birga, aynan suveren huquqlarning
to‘liqligi bilan ta’minlanadi.
Davlat suvereniteti bilan bog‘liq tarzda “iqtisodiy suverenitet” va
“siyosiy suverenitet” tushunchalaridan ham foydalaniladi. Davlatning
iqtisodiy suvereniteti deganda xalqning o‘z milliy boyliklarini mustaqil
tasarruf qilish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarida o‘z tabiiy
resurslaridan foydalanish usullarini erkin belgilash anglashiladi. U o‘z
tabiiy resurslari ustidan mutlaq nazoratni amalga oshirish va
iqtisodiyotning barcha sohalaridagi har qanday korxonalar faoliyati ichki
yurisdiksiyasiga olishini bildiradi.
Davlatning siyosiy suvereniteti mamlakat xalqining o‘z irodasini erkin
ifodalashni aks ettiradi. “Xalq” tushunchasiga albatta, millatidan qat’iy
nazar, ushbu mamlakatning barcha fuqarolari kiradi. Tabiiyki, bunday
ko‘pmillatli oilada davlatga o‘z nomini bergan millat belgilovchi
ahamiyatga ega. Umuman, aksariyat hollarda “siyosiy” va “davlat
suvereniteti” tushunchalari sinonim sifatida qo‘llaniladi. Shuni alohida
ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu tushunchalarga bo‘lgan munosabat
“unisiyoki bunisi” degan tamoyil bo‘yicha qaralishi mumkin emas.
Ulardan birining ilmiy muomala tilida ishlatilishi ikkinchi tushunchani
inkor qilish, deb hisoblanmaydi. Bu o‘rinda so‘z o‘zaro aloqador tushun-
chalar xususida ketmoqda, ulardan biri ikkinchisiga qaraganda birmuncha
tor ma’noda, lekin o‘zining mustaqil mazmuniga ega.
Davlat suverenitetini amalga oshirishda huquq yuqori rol o‘ynaydi,
shuningdek,, davlatlarning ichki huquqi va xalqaro huquq uni amalga
oshirishning ikki asosiy shakli hisoblanadi.
Milliy davlatlar tomonidan xalqaro huquq tamoyillarini tan olish va
shu bilan ularni davlatlarning ichki huquqiga kiritishning turli yuridik
shakllari mavjud. Xalqaro huquq me’yorlarini davlatlarning ichki
huquqiga implementasiya qilishning uch yo‘nalishini ajratish mumkin:
46
birinchidan, Konstitutsiyada xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
tamoyil va me’yorlarini tan olish;
ikkinchidan, davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro shartnoma va
bitimlar me’yorlari;
uchinchidan, mintaqaviy ittifoqdarning huquqlari a’zodavlatlarning
huquqiy tizimlariga nisbatan. Biroq ta’kidlab o‘tish joizki, xalqaro-
huquqiy me’yorlarning amaliy roli turli davlatlarning ichki davlat huquqi
tizimidagi ko‘rsatib o‘tilgan shakllarida har doim ham unchalik
ahamiyatga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |