O‘zbekiston Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy huquqning predme-
tiga aloqador bo‘lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni umumlashtiru-
vchi yagona manba bo‘lib hisoblanadi.
Konstitutsiya normalari
eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soladi. Boshqa huquq manbalarida ifodalangan normalar esa Konstitutsiya
normalarini rivojlantirishga va hayotga tatbiq etishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida davlatning ijtimoiy tuzum asoslari,
siyosiy tizimi, iqtisodiy negizi, tashqi siyosatining konstitutsiyaviy prin-
siplari o‘z ifodasini topgan. Unda fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlarini belgilovchi normalar aks ettirilgan.
Konstitutsiya normalari davlat hokimiyati organlarini tashkil
etish va ularning faoliyat prinsiplarini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimiga aloqador bo‘lgan asosiy
normalar ifodalangan. Shuningdek,mahalliy davlat hokimiyati asoslari, sud
hokimiyati organlari, prokuratura organlariga aloqador normalar ham aks
ettirilgan. Konstitutsiyaviy huquqning manbalari qatoriga davlat-huquqiy
normalari aks ettirilgan qonunlar ham kiradi. Masalan, “O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa qonunlar.
Konstitutsiyaviy huquqning manbalaridan bo‘lib, vakillik organlari
tomonidan qabul qilinadigan ish yuritish tartiblari; yo‘riqnomalar,
reglamentlar ham manba bo‘lib hisoblanadi. Masalan, 2003-yil 29-agustda
39
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik
palatasiReglamenti to‘g‘risidagi” qonunni ko‘rsatish mumkin.
Vakillik organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar ham
Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘ladi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy
huquq manbalari qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
qabul qilingan davlat-huquqiy xarakteriga ega bo‘lgan farmonlari,
qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va
farmoyishlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan va
tuziladigan shartnomalari bitimlari ham konstitutsiyaviy huquq manbasini
tashkil qiladi.
Va nihoyat, konstitutsiyaviy huquq manbalaridan bo‘lib, mahalliy
vakillik organlarining ba’zi bir normativaktlari ham hisoblanadi. Masalan,
“Xalq deputatlari Kengashlarining doimiy komissiyalari to‘g‘risida” gi
Nizomlari, Kengashining “Ish yuritish tartiblari” (reglamentlari),
hokimlarning qabul qilgan huquqiy aktlari va ular to‘g‘risidagi qonunda
belgilangan vakolatlarini amalga oshirish tartib qoidalari va boshqa davlat
organlarining faoliyat prinsiplari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq fanining asosiy
manbasi sifatida respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning risolalari,
nutqlarini alohida ta’kidlash lozim. Uning asarlarida Konstitutsiyaviy
huquq fanining predmetiga aloqador bo‘lgan davlat suvereniteti, xalq
hokimiyatchiligi, inson huquqlari va erkinliklari, Konstitutsiyaning
mohiyati va vazifalari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy g‘oyalari muhim o‘rin
egallagan.
Biroq, davlat organlari chiqargan har qanday hujjat ham
konstitutsiyaviy huquq manbayi hisoblanmaydi. Uning asosiy manbayi
bo‘lib, faqat O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishini,
konstitutsiyaviy hokimiyatini amalga oshirish va tashkil etish jarayonida
vujudga keladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
huquqiy holatini ifoda etadigan hujjatlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquq manbalarining tas-
nifi quyidagilardan iborat:
·O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqning bosh manbayi
bo‘lib, uning Konstitutsiyasi hisoblanadi.
·O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqiy normalarini
belgilaydigan qonunlari (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis
40
Senati to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunlar, Vazirlar Mahkamasi
to‘g‘risidagi, fuqarolik to‘g‘risidagi qonun, saylov to‘g‘risidagi qonunlar
va shu kabilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |