Korxona operatsion faoliyati tahlili



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.07.2021
Hajmi3,64 Mb.
#107446
Bog'liq
KORXONA OPERATSION FAOLIYATI TAHLILI



KORXONA OPERATSION

FAOLIYATI TAHLILI

Tayyorladi:BHA-61 guruh talabasi Safarova D

Tekshirdi:Mavlonov N




Reja:

Kirish


1.

Korxona faoliyati turlari: operatsion, investitsion,moliyaviy

faoliyat.

2.

Korxona operatsion faoliyati samaradorligini (mehnat



unumdorligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning

innovatsion mahsulot, eksport hajmi ko‘rsatkichlarini)

baholash.

3.

Operatsion leveridj tahlili.Operatsion risklar va ularni



boshqarish.

     Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoyitda O’zbekiston Respublikasida mamlakat

taraqqiyotining barcha sohalarida, shu qatorda eng avvalo tadbirkorlik

sohasida islohatlarni yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi aniq

dasturlar ishlab chiqilgan va ularni hozirgi kunda yanada takomillashtirish

chralari ko’rib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga keng

eshiklar ochilgan, mamlakatimizning har bir fuqorosi tadbirkorlik bilan

shug’ullanish huquqiga egadirlar. Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda

banklarimizning tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida berilayotgan

eng kam foiz stavkalarda belgilangan kreditlarni misol qilishimiz mumkin.

Shunday ekan bu imkoniyatlardan foyalangan xolda mamlakatimizning

iqtisodiyotiga xissa qo’shish yoshlar hamda umuman barcha fuqorolarning eng

oily burchlaridan biri sifatida qarasak mubolag’a bo’lmaydi.



Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’anevich Karimov: “Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o’sish,

chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar bilan qayta

qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir”deb takidlagan

edilar.Bundan tashqari prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznis va tadbirkorlik

sohasini qo’llab – quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik,

ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan

iborat. Nega deganda,tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men takror bo’lsa ham,

aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa,davlat ham boy va qudratli bo’ladi” deb takidlagan edilar.




Korxona faoliyatining turlari: operatsion,

investitsion, moliyaviy faoliyat

Operatsiya – (lotincha “Operatsion” – so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan

harakatlarni anglatadi.Faoliyat – maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi

jarayoni.Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚

subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.Operatsion faoliyat-mahsulotlar

(ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan.

Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.

Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi

subyektning daromad

keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚

subyektning investitsiya va moliya

faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik

faoliyati tahlilidir.

Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining

moliyaviy natijalarining

ishlab chiqarish xarajatlari va tushum

hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir

Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar

va boshqa investitsiya

obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir.

Investitsion tahlil – investitsion faoliyat,

uning samaradorligi va

natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil

turidir.

Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik

yurituvchi subyektning o‘z

mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va

ular tarkibidagi o‘zgarishlari

bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.

Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik

subyektining moliyaviy

harakatlari, ularning samaradorligi va

natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan

tahlilidir.



Korxonlarning asosiy qismi ishlab

chiqarish va savdo faoliyati bilan

shug‘ullanadilar. Agar korxonalar

qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar,

ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi.

Bunday faoliyat turlariga investitsion va

moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin.

Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab-

quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga

kiradi. Opreratsion faoliyatning ustuvorligi

shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga

yo‘naltirilgan bo‘ladi.Operatsion faoliyat

asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul

tushumlariga nisbatan eng ko‘p

ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi.

Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari

asosan tadbirkorlik subyektining asosiy

daromad keltiruvchi faoliyatidan keladi.

Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni

aniqlashda ishtirok etadigan

operatsiyalar yoki boshqa hodisalar

natijasida kelib chiqadi.




Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan

quyidagi axborotlarga tayaniladi:

- Aylanma mablag‘lar miqdori;

- resurslarni safarbar qilish yo‘llari;

- moliyaviy mablag‘lardan samarali

foydalanish usullari;

- sarf-xarajatlarni optimallashtirish;

- asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib

olish;

- tovarlarni ishlab chiqarish uchun



sarflangan qiymat bilan sotish qiymati

o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;

- sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi

haqidagi ma’lumotlar.




Korxona operatsion faoliyati samaradorligini (mehnat

unumdorligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan

foydalanishning innovatsion mahsulot, eksport hajmi

ko‘rsatkichlarini) baholash.

Tahlil etishda eng murakkab jarayon bu operatsion faoliyat samarali baholash masalasidir. Operatsion faoliyat samaradorligida

resurslardan  darajada foydalanish darajasiga baho beriladi.Opreatsion faoliyat samaradorligi xomashyo va materiallarni ishlab

chiqarishga yetkazib berish, raqobatchilarning sarfidan kam bo‘lgan   chiqimlar hisobiga mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni sotish

afzalliklariga egaligi bilan tavsiflanadi.Operatsion faoliyat samaradorlikning umumiy ko‘rsatkichi sotishdan tushumni sotilgan mahsulotlar

ishlab chiqarish tannarxiga bo‘lish asosida topiladi:

Ko=St/Mt


St–sotishdan sof tushum;Mt –sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi.

Operatsion faoliyat samaradorligi baholashda birlik ko‘rsatkichlar sifatida mahsulot ishlab chiqarishda qatnashuvchi, kelgusida iqtisodiy

naf keltiruvchi aktivlar (moddiy, nomoddiy, intellektual mulk)ning, mehnatning samaradorlik ko‘rsatkichlari olinadi. Operatsion faoliyat

samaradorligini baholashda:

- moddiy resurslar sarfi (samarasi)ga

- mehnat sarfi (unumdorligi)ga;

- mehnat vositalari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi (sa-

marasi)ga;

- innovatsion mahsulotga (raqobatdoshligi);

- eksport qilingan mahsulot hajmiga alohida ahamiyat qaratiladi

(eksport salohiyatiga);



Xulosa: korxonada mahsulot ishlab

chiqarish hajmi 2017-yilda

2016-yilga nisbatan 360117 ming

so‘mga, 2015-yilga nisbatan 476520

ming so‘mga ortgan. O‘z navbatida

2017-yildagi moddiy resurslar

qiymati 2016-yilga nisbatan 10299

ming so‘mga, 2015-yilga nisbatan

5487 ming so‘mga ortgan.Moddiy

resurslar sig‘imining eng quyi natijasi

2017-yilda kuzatilgan.Moddiy

resurslar rentabelligi bo‘yicha

natijaviylik esa aksincha bo‘lgan. Eng

yuqori natijaga 2015-yilda erishilgan.




Operatsion leveridj tahlili

Har bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida,

albatta moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Foydani ko‘paytirishga

yo‘naltirilgan aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda

leveridj kategoriyasi bilan harakatlanadi.

Leveridj


 bu

 – tom ma’noda

og‘ir narsalarni o‘zgartira oladigan ma’lum bir kuch (yelka) bo‘lib, uning

yordamida nisbatan og‘ir yuklarni joyida ko‘chirish mumkin.

Iqtisodiyotga tatbiq qilganda u uncha katta bo‘lmagan o‘zgarish

natijaviy ko‘rsatkichning sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keluvchi

omil sifatida qaraladi.

Mahsulot tannarxining asosiy elementlari

o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil

bo‘lishi mumkin. Bu farq korxonaning texnika va texnologiya siyosati

bilan bevosita bog‘liqdir. Mahsulot tannarxining o‘zgarishi umumiy

soha daromadni o‘zgartirishga olib keladi. Asosiy vositalarni

moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‘sishiga va o‘z vositalarni

xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq bu o‘zgaruvchanlik to‘g‘ri

chiziq orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun ham doimiy va

o‘zgaruvchan harakatlarning optimal nuqtasini talab etiladi. Ushbu

bog‘lanish ishlab chiqarish leveridjini tashkil etadi.Operatsion leveridj –

bu mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish hajmini tuzilmalarini

o‘zgarishi natijasida yalpi foydaga ta’sir ko‘rsatishning potensial

imkoniyatidir.Operatsion leveridj ko‘pincha ishlab chiqarish leveridji

deb ham yuritiladi.Qiymat bo‘yicha operatsion leveridj quyidagi

formula orqali hisob kitob-qilinadi:

Or=V/P;

Or=(F+Xo‘+Xd)/F=1+Xo‘/F+Xd/F. Bu yerda: Or-operatsion richag;F-

sotishdan foyda;Xo‘-o‘zgaruvchan xarajat;Xd-doimiy xarajat.Natura

shaklidagi operatsion richag quyidagi bog‘lanishda topiladi:Or=T-Xo‘/

F.



Operatsion risklar va ularni

boshqarish.

Ishlab chiqarish leveridji faqatgina bir xil ishlab

chiqarishningzaxiraviy darajasiga ega bo‘lgan korxona uchun

ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkichning ko‘proq ahamiyati yuqori

texnika-texnologiya bilan qurollangan korxonalar uchun

xarakterlidir. Aniqroq qilib aytganda, korxonaning o‘zgaruvchan

xarajatlariga qaraganda qanchalik doimiy xarajatlarning yuqori

bo‘lishi, ishlab chiqarish leveridjining yuqoriligidan dalolat beradi.

Shunday qilib, o‘zgaruvchan xarajatlarni kamaytirish maqsadida

o‘zining texnika-texnologiya bilan qurollanganlik darajasini

yaxshilashda, korxonada texnika-texnologiya ishlab chiqarish

leveridjini o‘sishiga olib keladi. Yuqori darajadagi tijoriy leveridjga

ega bo‘lgan korxona ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan ko‘proq

tavakkalchilikka (riskka) ega bo‘ladi. Bu risk-umumiy foydani to‘liq

ola olmaslikni ifodalaydi.Shu sababli, bugungi kunda risklarni

aniqlash va ularni boshqarish yuzasidan aniq metodika ishlab

chiqilmagan va u har bitta korxonaning faoliyat, boshqaruv

funksiyalari ijrosidan kelib chiqqan holda u yoki bu darajada

yuritilmoqda.Risklarni modellashtirish yuzasidan turli modellari

ishlab chiqilgan. Ularning tarixiy qiymatga bog‘langan, statistik

tahlil, tajriba modellarini tarkiblash mumkin.




Operatsion risklar bo‘yicha axborotlarni yig‘ish

va tahlil qilish;

- risklarning muhim indikatorlari monitoringi;

- baholash;

- biznes jarayonlar reglamenti;

Qonunchilik normalariga amal etilishi nazorati;

- informatsion texnologiyalarning risk nazorati;

- xodimlarni o‘qitish, rag‘batlantirish va

motivlashni tako-

millashtirish;

- biznes jarayonlarni avtomatlashtirish;

Operatsion risklar bo‘yicha ichki hisobotni

tartibi;

- faoliyat uzluksizligini ta’minlash rejalarini

tuzib chiqish;

- operatsion risklar sug‘urtasi;

- alohida funksiyalarning autsorsingi.

Operatsion risklarni boshqarish

yuzasidan quyidagi usullardan

foydalaniladi:




Xulosa

Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy

daromad olib keluvchi faoliyat turidir.Operatsion faoliyat

tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim

obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat

resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega

bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.Xo’jalik yurituvchi

subektlarda operatsion faoliyat daromadlari samaradorligini

oshirish xalqaro standartlar tizimi asosini tashkil qilish asoslari

ko’rib chiqildi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarining jaxon

amaliyotida qabulqilingan uslubiy tamoyillari uyg’unligini

taminlash, bu bevosita xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim

zamin bo’lib xo’jalik yurituvchi subektlar salohiyatin yanada

oshirishga olib keladi.Biznesni harakatga keltiruvchi kuch

faoliyatning (esubektlar ko‘rinishdagi harakatlar) yakunida

erishiladigan foyda hisoblanadi. Shu sababli, foyda mulk

shaklidan qat’i nazar barcha korxonalarning faoliyatini

baholashning yagona ko‘rsatkichi sifatida qaraladi.

Shuningdek, foyda bu – maqsadli harakatning rag‘bati

hamdir. Tijorat faoliyati va uning davomiyligi ko‘pincha ushbu

unsurning hajmiga, to‘g‘ri taqsimotiga va ishlatilishiga bog‘liq.

Foyda o‘z-o‘zidan iqtisodiy aktivlarni oldingi harakatlarining

mutanosibligidan kelib chiqadi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :

Raximov M. Iqtisodiyot sub`ektlari moliyaviy holatining tahlili. O‘quv qo‘llanma.



T.; Iqtisod-Moliya, 2015.

Pardayev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil. O‘quv qo‘llanma. T.:Print



Line Group, 2017.

Shagiyasov T.Sh., Sagdillaeva Z.A., Urmanbekova I.F. Ekonomicheskiy analiz. /



Uchebnik –T.: Iqtisod-Moliya, 2017

M.Y. RAXIMOV, N.N. KALANDAROVA. Moliyaviy tahlil. O‘quv qo‘llanma. T;



Iqtisod-Moliya, 2017

www.mf.uz



www.eltfi.uz




E‘tiboringiz uchun

rahmat!

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish