Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Konstitutsiyadaxotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§. Konstitutsiyadaxotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi 
Xotin-qizlar va erkaklar tengligi – ularning teng huquq va 
majburiyatlar sohibi ekanligini anglatadi. Xotin-qizlar va erkaklar tengligi 
– demokratiyaning muhim elementidir. Bu tenglik fuqarolarning davlat, 
qonun va sud oldida rasmiy tan olinadigan huquqiy tengligi bo’lib, u har 
bir fuqaroning qaysi jinsga mansubligidan qat’iy nazar teng huquq va 
erkinlikka ega ekanligini anglatadi. 
“Ayollar bilan erkaklarning teng huquqligini ta’minlash uchun davlat 
keng miqyosda qo’shimcha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlat 
ayollarga bilim olish, kasb egallash, mehnat qilish, unga haq olish, siyosiy 
hayotda faol ishtirok etish uchun erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratish 
bilan birga, ayollarning oiladagi o’rni, jismoniy imkoniyatlarini hisobga 
olib, ularga mehnat qilishda, sog’lig’ini mustahkamlashda yaxshi 
sharoitlar va imtiyozlar yaratib berishi ham zarurdir. Chunki, teng 
imkoniyat va qo’shimcha sharoit, imtiyozlar o’rnatish bilangina 
ayollarning teng huquqliligi ta’minlanishi mumkin. Bundan tashqari, 
oiladagi ishlarning asosiy qismi ayollar zimmasiga tushadi, buning 
natijasida ayollar o’zlarining to’la huquqliligi imkoniyatidan foydalana 
olmaydilar. Shuning uchun davlat ayollar bilan erkaklarning tengligini 
e’lon qilar ekan, buni ta’minlash uchun ayollarni qo’shimcha ravishda 
moddiy va ma’naviy rag’batlantirish choralarini ko’rmoqda”
131

O’zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga beriladigan e’tibor milliy 
qonunchiligimizda ham o’z aksini topmoqda. Jumladan, “O’zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi (yangi 
tahrirda) 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunda siyosiy partiyalar 
tomonidan deputatlikka qo’yiladigan nomzodlarning 30 foizi 
xotin-qizlardan bo’lishligi mustahkamlandi. 
131
Қаюмов
.
Р

Ўзбекистон
Республикасининг
Конституциявий
ҳуқуқи
.
Т
.: “
Адолат
”, 1998. 181-
б



283 
O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarga qo’shimcha 
imtiyozlar to’g’risida”gi qonuni 1999-yil 14-aprelda qabul qilindi. 
Unga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga 
qo’shimcha 228-1-modda kiritilib, uch yoshga to’lmagan bolalari bor, 
byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va 
tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnatga to’lanadigan haqni 
kamaytirmasdan, ish vaqtining haftasiga o’ttiz besh soatdan oshmaydigan 
qisqartirilgan muddati belgilandi hamda kamida yigirma yillik ish staji 
bo’lgan ayollar ellik to’rt yoshga to’lganda pensiya olish huquqiga ega 
bo’ldilar. 
Bugungi kunda ham ayollar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, 
ularning jamiyatda tutgan o’rni yanada mustahkamlash borasida bir qator 
qonun hujjatlari qabul qilindi. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
7-fevraldagi 
PF – 4947-sonli 
Farmoni bilan tasdiqlangan 
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy 
sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida aholini ijtimoiy 
himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, 
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va 
jamiyat boshqaruvidagi o’rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar 
kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik 
faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash vazifasi 
belgilab qo’yildi. 
Bu borada qabul qilingan asosiy qonun hujjatlardan biri O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2 fevraldagi PF 
– 
5325-son 
“Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash 
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Farmoni bo’lib, mazkur Farmonga muvofiq O’zbekiston 
Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyati yanada takomillashtirilib, faoliyatining 
ustuvor yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 
–birinchidan, xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashga doir davlat 
siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat 
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish; 
–ikkinchidan, xotin-qizlarning muammolarini o’z vaqtida aniqlash, 
yordamga muhtoj bo’lgan va og’ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan
xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo’lgan ayollarning manzilli 


284 
ro’yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy 
yordam ko’rsatish; 
–uchinchidan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat 
sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh 
qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb 
etish masalalarida har tomonlama manzilli qo’llab-quvvatlash; 
–to’rtinchidan, xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt 
oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo’lganlar bilan 
yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod 
qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo’yicha 
chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati 
institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash. 
O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasining tashkiliy tuzilmasi, qo’mitasi 
markaziy apparatining tuzilmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar, viloyat markazlari bo’lgan shaharlar, 
tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qo’mitalari ijro apparatlarining 
namunaviy tuzilmalari, Xotin-qizlar qo’mitalari ijro apparatlari 
xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan viloyat markazlari 
bo’lgan shaharlar, tumanlar (shaharlar) ro’yxati tasdiqlandi. 
X
otin-qizlar qo’mitasi – 
xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-
quvvatlash, ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, 
hudud xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining xotin-qizlarning sotsial, 
ijtimoiy-siyosiy va mehnat faolligini oshirish, ularning huquqiy va 
iqtisodiy bilimlari darajasini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvolini yanada yaxshilash va extiyojlarini to’laroq qondirish bo’yicha 
puxta va samarali faoliyatini ta’minlash, ularning oilada ma’naviy–axloqiy 
muhitni shakllantirishdagi rolini kuchaytirish, xotin-qizlarning diniy 
ta’limiga ko’maklashish, ularning ma’naviy, intellektual va kasbiy 
o’sishini ta’minlaydi. 
Bundan tashqari yuqorida keltirilgan O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Farmoniga ko’ra Xotin-qizlar va oila masalalari bo’yicha 
FHDYo organi, «Oila» markazining tuman (shahar) bo’limi hamda boshqa 
tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shahar) 
hokimi o’rinbosari — xotin-qizlar qo’mitasi raisi zimmasiga yuklatildi. 
Shuningdek, mazkur Farmonda o’smir qizlar va fertil yoshidagi 
ayollar uchun «ayollar maslahatxonalari»ni tashkil etish va ular quyidagi 
vazifalarni bajaralishi belgilab berildi: 


285 
–oilani rejalashtirish, kontratsepsiya usullari, homilani sun’iy 
ravishda tushirish va jinsiy yo’llar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini 
olish bo’yicha, shu jumladan anonim tarzda, maslahatlar berish; 
–onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish to’g’risidagi 
qonunchilikka muvofiq akusher-ginekologik va ijtimoiy-huquqiy yordam 
ko’rsatish; 
–reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, onalik va perinatal 
kasalliklarining va o’lim holatlarining oldini olish sohasida aholining 
bilimi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni 
o’tkazish. 
Shu bilan birga, ushbu Farmon bilan «Mo‘tabar ayol» ko’krak 
nishoni ta’sis etilganligi munosabati bilan jamiyat va davlat hayotida 
faollik va tashabbuskorlik ko’rsatgan, o’zining samarali mehnati bilan 
oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va 
bolalik muhofazasiga munosib hissa qo’shgan, shuningdek, sog’lom va 
barkamol avlodni voyaga etkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol 
g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy 
muhitni sog’lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ’ib etish 
borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
2-apreldagi 257-son qarori bilan «Mo‘tabar ayol» ko’krak nishoni 
to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. 
Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda mazkur 
konstitutsiyaviy normaning amaliy hayotga tatbiq etilishida yuqoridagi 
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar misolida ko’plab ishlar amalga 
oshirilmoqda. Shularga asosan xotin-qizlar haq-huquqlarni himoya qilish, 
ularga qulayliklar yaratish davlat siyosatning ustuvor yo’nalishlaridan biri 
desak mubolag’a bo’lmaydi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish