276
- fuqaro o’z huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan
kundan boshlab uch oy;
- fuqaro yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxsning shikoyatni
qanoatlantirishni rad etish haqidagi yozma bildirishini olgan kundan
boshlab bir oy;
- agar fuqaro o’z shikoyatiga yozma javob olmagan bo’lsa, shikoyat
berganidan keyin bir oy muddat o’tgan kundan boshlab bir oy.
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib
yuborilgan
muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Fuqaroning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zinio’zi boshqarish organlari,
mansabdor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyati sud
tomonidan fuqaroviy sudlov ishlarini yuritish qoidalari asosida ko’rib
chiqiladi.
Shikoyatni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha sud qaror chiqaradi.
Sud shikoyatning asosliligini aniqlagach, ustidan
shikoyat berilgan xatti-
harakatni (qarorni) qonunga xilof deb topadi, fuqaroning talablarini
qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi yoki uning buzilgan huquq va
erkinliklarini o’zgacha yo’l bilan tiklaydi.
Agar ustidan shikoyat berilgan xatti-harakatni (qarorni) sud
fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzmaydigan qonuniy xatti-harakat
(qaror) deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi. Sudning qarori
ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori sudga shikoyat
berilishi mumkin.
Sudning qonuniy kuchga kirgan
qarori barcha davlat organlari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar
uchun majburiy va uni bajarish shart.
Sudning qarori xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilgan
organ
yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, fuqaroga qaror qonuniy
kuchga kirgach kechi bilan o’n kun ichida yuboriladi. Qaror bajarilganligi
haqida sudga va fuqaroga sud qarori olingan kundan boshlab kechi bilan
bir oy ichida xabar qilinishi shart.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
PF – 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 – 2021-yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasining fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash yuzasidan sud, huquqni
muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va
277
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo’yicha
tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab qo’yildi.
Bu borada
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimida ma’muriy sudlar tashkil
etildi. Shu paytga qadar fuqarolik ishlari bo’yicha va iqtisodiy sudlar
tomonidan ko’rib kelinayotgan davlat organlari va ularning mansabdor
shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlarni ko’rib
chiqish ma’muriy sudlar zimmasiga yuklatildi. Ma’muriy sudlar faoliyatini
protsessual tartibga solish uchun O’zbekiston Respublikasining ma’muriy
sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksi qabul qilindi. Ushbu islohotlar
fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqini ta’minlashga oid yuridik
kafolatlar tizimini yanada takomillashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: