Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalar



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalar 
huquqlarining davlat himoyasida ekanligi 
O’zbekiston Respublikasida aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy 
himoyaga muhtoj alohida qismini davlat o’z himoyasiga olgan. Bu esa 
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish hamda ijtimoiy 
jihatdan kafolatlangan davlat barpo etish kabi strategik maqsadlarni 
amalga oshirishning salmoqli asosi bo’lib hisoblanadi. 
Voyaga yetmaganlar
– bu O’zbekiston Respublikasi hududida 
yashovchi o’n sakkiz yoshga to’lmagan jismoniy shaxslar bo’lib, ular 
yoshiga ko’ra, muomalaga layoqatsiz yoki qisman layoqatli bo’lishi 
mumkin. 
Mehnatga layoqatsizlarga
–jismoniy nuqsonlari mavjudligi tufayli 
mehnat qobiliyatini yo’qotgan jismoniy shaxslar kiradi. 
Yolg’iz keksalar 
–deganda o’zgalar parvarishiga muhtoj, mehnat 
layoqatini to’la yoki qisman yo’qotgan holda o’z boquvchisiga ega 
bo’lmagan shaxslar tushuniladi. 
Voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat 
hokimiyati organlari tizimida maxsus tuzilmalar tashkil etilgan.
 
Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tarkibida “Yoshlar siyosati
va sog’lom avlodni tarbiyalash masalalari bo’yicha doimiy komissiya”lari 
tashkil etilgan. Ularning faoliyat yo’nalishlari sifatida yoshlar siyosati va 
sog’lom avlodni tarbiyalash sohasidagi dasturlarni dastlabki tarzda ko’rib 
chiqadi va ishlab chiqishda qatnashadi; 


278 

yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni ishga joylashtirish, yosh 
oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha muammolarni tahlil 
qiladi va bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga 
ko’maklashadi; 

yoshlarni estetik tarbiyalashdagi rolini oshirish bo’yicha 
takliflarkiritadi; 

yoshlar bilan ishlashning shakl va usullarini takomillashtirish 
bilan bog’liq masalalarni xalq deputatlari Kengashi tomonidan 
tayyorlashda va ko’rib chiqishda takliflar kiritadi; 

bola huquqlarini himoya qilish, voyaga yetmaganlar ustidan 
vasiylik va homiylik, yoshlarni kasbga yo’naltirish bo’yicha 
ishlarni nazorat qiladi. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar 
o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi 
to’g’risida”gi qonuni 2010-yil 29-sentabrda qabul qilindi. 
Qonunga binoan voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va 
huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 

voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan 
huquqbuzarliklar yoki boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir 
etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va
shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; 

voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; 

voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini 
shakllantirish; 

ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo’lgan voyaga yetmaganlar va 
oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish; 

voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa 
g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini 
aniqlash va ularga barham berish. 
Bundan tashqari, mahalliy ijro hokimiyati organlari tizimida voyaga 
yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyat yuritadi. Voyaga 
yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya mas’ul kotibi O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14- martdagi PQ–2833-son qarori 
bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo 
komissiyalar to’g’risidagi nizom talablari asosida faoliyat yuritadi. Mazkur 
komissiyalar tizimi Respublika komissiyasi, shuningdek, mintaqaviy 


279 
komissiyalar, tuman (shahar) komissiyalaridan iborat bo’lib, o’z faoliyatini 
jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organlar hisoblanib hamda ular: 

voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, 
huquqbuzarliklar va boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarning 
oldini olish, ularga imkon tug’diruvchi sabablar va sharoitlarni 
aniqlash hamda bartaraf etish; 

voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; 

ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo’lgan voyaga yetmaganlarni 
ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi. 
Hududiy komissiya majlisida bayonnoma tuziladi, unda majlis 
bo’lgan sana va joy, ko’rib chiqilayotgan ishning mazmuni, ishni ko’rishda 
qatnashayotgan shaxslarning majlisga kelgan-kelmaganligi to’g’risidagi 
ma’lumotlar, ular bergan izohlarining qisqacha mazmuni, ishga oid boshqa 
ma’lumotlar, shuningdek, qabul qilingan qarorni o’qib eshittirish va uning 
yuzasidan shikoyat berish tartibi va muddatlarini tushuntirish to’g’risidagi 
ma’lumotlar ko’rsatiladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va hududiy 
komissiyaning mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi. 
Ijtimoiy yordam va ko’makka muhtoj aholi qatlamini ayniqsa, 
keksalar va nogironlar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining va 
ko’p yillik taraqqiyot yo’li mobaynida amalga oshiriladigan ishlar
qatoriga kiritilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 7 fevraldagi PF 
– 
4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan
2017 -2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy 
sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida aholiga majburiy 
ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini 
ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni 
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat 
ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda 
davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish hamda pensionerlar, nogiron, 
yolg’iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli 
hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam 
ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish belgilab 
qo’yildi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha bir qator normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 2016-yil 26-dekabrdagi 


280 
O’zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa 
ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to’g’risida”gi 
qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq keksalar, nogironlar va 
aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ko’rsatiladigan 
ijtimoiy xizmatlar tarkibini bunday shaxslarning turmushi sifatini 
oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan 
teng bo’lgan imkoniyatlarini yaratishga va (yoki) o’zining asosiy hayotiy 
ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga 
qaratilgan xizmatlarga muhtoj shaxsga yordam ko’rsatish bo’yicha 
huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy, reabilitatsiya 
chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar majmui tashkil etadi. 
Shuningdek, ushbu qonunga ko’ra aholining ijtimoiy ehtiyojmand 
toifalariga quyidagilar kiritilgan: 
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj 
deb topilgan shaxslar, shu jumladan: 
-o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz keksalar va 
yolg’iz yashovchi keksalar; 
-I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar; 
-muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar; 
-ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar; 
-yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar 
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi 
“O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash «Nuroniy» 
jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Jamg’arma 
nomini O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash 
jamoat birlashmasi shaklidagi «Nuroniy» jamg’armasi etib o’zgartirildi
va jamg’armaning markaziy apparati va hududiy bo’limlarining yangi 
tuzilmalari tasdiqlandi. Shuningdek,quyidagilar jamg’armaning asosiy 
vazifalari etib belgilandi: 

faxriylarning O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning 
ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, mamlakatning 
ijtimoiy- siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratish, oqsoqollar, keksa yoshdagilar va nogironlarni yoshlarni Vatanga 
muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik 
singari xalqimizning ko’p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida 
tarbiyalashga yo’naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish; 
- keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining 
g’oyat muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda davlatga 


281 
ko’maklashish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy 
faolligini, shu jumladan ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi 
ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
amalga oshirishdagi ishtirokini qo’llab-quvvatlash; 
-keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo’yicha 
qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, 
ushbu masalada davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy ijro etuvchi 
hokimiyat organlariga ko’maklashish, ehtiyojmand keksalarni va aholining 
boshqa qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan 
ta’minlash, ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya 
tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish; 
-fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda 
oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, yolg’iz kishilar va 
ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qo’llab-quvvatlash, 
shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har 
tomonlama yordam berish; 
-keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda har xil 
ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, 
keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning 
boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etish. 
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2017-yil 3-iyuldagi «Muruvvat» va «Saxovat» internat uylarida 
yashaydigan nogironlar va keksalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni yanada 
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 455-son qarori bilan 
«Muruvvat» va «Saxovat» internat uylari faoliyatini qo’llab-quvvatlash 
Respublika vasiylik kengashi to’g’risidagi nizom, «Muruvvat» va 
«Saxovat» internat uylari faoliyatini qo’llab-quvvatlash hududiy vasiylik 
kengashi to’g’risidagi namunaviy nizom, O’zbekiston Respublikasi 
Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Muruvvat» va «Saxovat» internat 
uylari faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’larini 
shakllantirish va ulardan foydalanish to’g’risidagi nizomlar tasdiqlandi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 
15-martdagi “Keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar va aholining ijtimoiy 
himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish 
sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 203-son qarorida keksalar, nogironligi 
bo’lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa 
qatlamlarini hisobga olishning idoralararo axborot tizimini yaratish, 
shuningdek,, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida interaktiv davlat 


282 
xizmatlari («Ijtimoiy himoya» IAT) ko’rsatilishini tashkil qilish 
belgilangan. Shuningdek, Qaror bilan keksalar, nogironligi bo’lgan 
shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini 
tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasidagi faoliyatga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlangan. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish