242
XII BOB. INSONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HUQUQLARI
1-§.Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqi tushunchasi va o‘ziga xos
xususiyatlari.
2-§.Insonning mulkdor bo‘lish huquqi.
3-§.Mehnat qilish,
erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida
ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqi.
4-§.Dam olish huquqi.
5-§.Qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda iqtisodiy ta’minot
olish huquqi.
6-§.Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi.
7-§.Bilim olish huquqi.
8-§.Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan
foydalanish huquqi.
1-§.Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqi tushunchasi va o‘ziga xos
xususiyatlari
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy
huquqi deganda, uning ma’naviy-
madaniy, ilmiy-ijodiy, lozim darajada turmush kechirishini ta’minlashga
xizmat qiladigan moddiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishni tartibga
soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi tushuniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, insonning muayyan
ijtimoiy-iqtisodiy boylikka nisbatan huquqqa ega bo‘lishini
nazarda
tutadi. Bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy boyliklar turli-tuman bo‘lib, ular
fuqarolarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining IX bobida (36-42-moddalari)da o‘rnatilgan bo‘lib,
ularga mulkdor bo‘lish huquqi (36-modda); mehnat qilish, erkin kasb
tanlash huquqi (37-modda); adolatli
mehnat sharoitlarida ishlash,
ishsizlikdan himoyalanish huquqi (37-modda); dam olish huquqi
(38-modda); qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda iqtisodiy ta’minot
olish huquqi (39-modda); malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi
(40-modda); bilim olish huquqi (41-modda);
ilmiy va texnikaviy ijod
erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi (42-modda)
77
kiradi.
Insonning yashashi, turmushi, jamiyatda umrguzaronlik qilishini bir
qator moddiy va ma’naviy boyliklarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ushbu
77
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.:
Ўзбекистон
, 2018
243
hayotiy ehtiyojlarni inson mehnat qilishi, o‘z mehnati natijasida ma’lum
mulkka ega bo‘lishi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, bilim olishi va ilm
bilan shug‘ullanishi,
ilmiy faoliyat, madaniyat va san’at yutuqlaridan
bahramand bo‘lish huquqlari orqali qondiradi hamda ta’minlaydi.
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqining o‘ziga xos xususiyati,
shundaki, ushbu huquq shaxsiy va siyosiy huquqlardan farqli o‘laroq,
asosan insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat
qiladi. Mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, ijtimoiy ta’minotdan
foydalanish
huquqlari insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa,
uning bilim olish, dam olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi,
madaniyat
yutuqlaridan foydalanish huquqlari ma’naviy dunyosini, ijtimoiy ongini
yuksaltirishga va qondirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: