244
Mulk huquqining obyektlari: yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo
bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot do‘nyosi
hamda boshqa tabiiy resurslar,
korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob
uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa
mol-mulk, shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘ladi.
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari jamiyatning iqtisodiy
tizimida o‘z ifodasini topadi. Mulk huquqining
vujudga kelishi dastlabki
va hosila asoslarga bo‘linadi.
Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar
bo‘yicha mulkka nisbatan egalik huquqi ilgari hech kimga tegishli
bo‘lmagan mulkka nisbatan yoki avvalgi mulk egasining huquqi bilan
bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keladi. Bunda: tabiat ne’matlarini
o‘zlashtirish, ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish, xususiylashtirish,
natsionalizatsiya (milliylashtirish) qilish, musodara qilish, egasiz mulkning
sud qarori bilan davlat ixtiyoriga olinishi, egasi bo‘lmagan
mulkka yoki
egasi bo‘lsa ham xo‘jasizlik bilan saqlanayotgan mulkka, egalari
tomonidan belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu
jumladan topilgan ashyolar, xazinalarga nisbatan mulk huquqini olish
(boshqa usulda yashirilgan narsalar) asosida vujudga keladi. Shu singari
mulk huquqi bitim va shartnomalar tuzish, meros olish natijasida hosil
qilish yo‘li bilan ham vujudga keladi.
Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy sur’atda majburiyatni bajarishi,
mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan
bir tomonlama qaror qabul
qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan,
shuningdek, mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor
bo‘ladi. (FK 197-modda)
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik davlat va xususiy shakllarda
namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida xususiy
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi
hamda mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina
mulkdan mahrum etilishi mumkin, deb belgilangan. Xususiy mulkning
Asosiy qonunda mustahkamlanishi, uning bozor munosabatlarida huquqiy
tartibga
solinishini belgilaydi, hamda uni boshqa mulk shakllari bilan teng
sharoitda himoya qilinishini kafolatlaydi.
Xususiy mulkning mazmunini tashkil etuvchi norma “Xususiy mulk
huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan
mol-mulkka egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish
huquqidir”, degan qoida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
245
207-moddasida belgilangan
79
. Xususiy mulk huquqining obyektlari doirasi
juda keng bo‘lib, ular: uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar,
hayvon
va parrandalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari; aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa
qimmatbaho qog‘ozlar; ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo va
boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida korxonalar, mulkiy komplekslar,
binolar, inshootlar, uskuna, transport va boshqa
ishlab chiqarish vositalari;
ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatning
(mulkning) boshqa natijalari; iste’mol qilishga va ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan har qanday mol-mulk qonunlarga muvofiq, xususiy mulk
bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi FKning XIX bobi “Mulk huquqini va
boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish”ga bag‘ishlanib, unga ko‘ra
mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish
(vindikatsiya) hamda mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum
etish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish (negator
da’vo) usullari belgilangan.
Mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga
xilof ravishda egallab
olingan mol-mulkini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunlariga
muvofiq talab qilib, qaytarib olish huquqiga egadir. Mulkdor o‘z huquqini
har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish
huquqidan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bartaraf etishni talab
qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: